Go’zal baxtga erishgan ayol
Gazalkentlik Mohina Ashurovaning "O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotida ishlay boshlaganiga ham salkam 40 yil bo‘libdi. 2001 yilda "Mexnat shuhrati" ordeni bilan takdirlangan opani "Ensiklopediya kirolichasi" deb ham ehtirom qilishadi.
Moxina opa bilan suhbatlasharkanmiz biz shunchaki oddiygina qilib "Ensiklopediya" deydigan kitob o‘nlab kishilarning qattiq mexnati mahsuli ekanligiga guvox bo‘lamiz.
- 12 tomlik "Ensiklopediya" xalkimizga takdim etildi. Kimlar bilan hamkorlikda ish- lashga to‘g‘ri keldi?
- Bilasizmi, bu kitoblarga nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosidagi ma'lumotlar kiritiladi. Bu ma'lumotlar juda anik, ilmiy tasdiqlangan bo‘lishi shart. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan insonlarga zarur bu ki- tobdan istagan savolingizga javob topishingiz mumkin.
Har bir sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan tekshirilib, shundan keyin o‘qilib, tasdiqlan gachgina kitob chop etishga topshi- |riladi. Bitta harf noto‘g‘ri yozilishi bilan so‘zning ma'nosi bu- tunlay o‘zgarib ketishi mumkin. Shu bois har bir satr ustida ishlaymiz, kerakli manbaalar bilan solishti- rib ilmiy tomondan tekshiramiz. Ota-onangiz, oilangiz haqida xam gapirib bersangiz..
- Otam og‘ir, vazmin, jiddiy va mexnatkash inson edilar. Agar xato ish kilayotgan bo‘lsak ko‘z qarashla- ridan buni tushunib olardik. Onam esa dilkash, mehmondo‘st va juda pazanda ayol edilar. Tandirni to‘ldi- rib patir nonlar yopib berardilar. Onam shirin so‘z ayol bo‘lgani uchun Dugonalarim bizning uyimizga ke- lishni yaxshi ko‘rishardi.
Turmush o‘rtog‘im Ziyodilla aka Panjiev bilan farzandlarimizni YaXShI insonlar qilib tarbiyalashga harakat qildik. Behzodjon o‘g‘lim Sharqshu- noslik institutining arab tili mutaxassisligini, Furqatjon esa shu institutning Xalqaro munosabatlar fakulьtetini bitirgan. Kelinlarim Durdonaxon va Ziyodaxonlarning ik- kisi ham xitoy tili bo‘yicha mutaxas- sis, Xilolaxon kelinim esa kelin larimning malikasi...
Kelinlarim bir-biridan dil- bar, oqila, pazanda, ozoda. Hamma kelinlar menikidek bo‘lsin!
- Buvi bo‘lish ona bo‘lishdan ham shirin deyishadi, shundaymi?
- Chindan ham shunday. "O‘rigi- dan danagi shirin", - deb bekor- ga aytishmagan ekan. Sakkiz nafar nabiralarim bor. Bularning shirinligini bir ko‘rsangiz! Ishdan toliqib kelganimda qar-| shimga yugurib chiqqan asaltoyla- rimni bag‘rimga bosarkanman, ko‘nglim quvonchga to‘ladi. Ollox shularning baxtini ko‘rishni nasib etsin, iloyo!
Ayol baxti haqida ko‘p gapiriladi. Baxt nima o‘zi? U avvalo farzandlarning sog‘-salomatligi, kamoli, totuv, fayzli oilada yashash, qolaversa, halol nasiba beradigan sevimli kasbda ishlashdir. Mohina opa o‘z hayotida shularning barchasiga erishgan baxtli ayol.