Bolaning begonasi bo’lmaydi

By D. Ibrohimov, in 2007

"Soglom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi direktori Dilbar Alimjonova bilan jamg‘arma tomonidan o‘tgan yili amalga oshirilgan xayrli ishlar, "Ijtimoiy himoya yili" rejalari haqida suhbatlashdik.
Ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlash, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasini yaxshilash, kam ta'- minlangan oilalarni, nogi- ronlarni ijtimoiy muhofaza qilish jamg‘armamiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridandir, - deydi suhbatdoshimiz. Birgina "Homiylar va shifo- korlar yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar ij- rosi uchun jamg‘armamiz tomonidan sarflangan mablag‘ salkam 286 million so‘m, 373500 AKSh dollari va 25 ming yevroga teng bo‘ldi. Shuningdek, o‘tgan yili Vazirlar Mahkama- sining "Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘litini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini baja ra borib, 675 million so‘mlikdan ortiq ish bajarildi. Qolaversa, 12 million AQSh dollari va 422879 yevro ham shu maksadlarga sarflandi.
Germaniyaning "Fridensdorf Interneyshnl" tashkiloti bilan hamkorlikda lab va tanglayida tug‘ma nuqsoni bor bo- lalarni jarrohlik yo‘li bi- lan davolash yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan yili 27 nafar bemor bo- lalar davolanish uchun Germa- niyaga yuborildi, yana 340 bola xorijlik va mahalliy mutaxas- sislar ishtirokida yurtimizdagi klinikalarda operasiya qilindi. Xorijiy hamkorlari- mizdan biri-Turkiya davlati- ning O‘zbekistondagi xalqaro tarakkiyot va rivojlanish ido- rasi, ya'ni "TIKA"ning ko‘ma- gida Ftiziatriya va pulьmano- logiya ilmiy-tadqiqot institu- tining bolalar bo‘limiga 15 ming AQSh dollari va 365 mil lion so‘mlikdan ziyod kompьyuterlar, o‘quv jihozlari, kiyim-kechaklar, sanitariyagigiena vositalari va multivitaminlar yetkazib berildi."Kamalak jilosi" nomli ko‘rik tanlovimizda "Mexri- bonlik uylarining 1500 na- far tarbiyalanuvchilari o‘zla- ri chizgan rasmlar bilan ish- tirok etishdi. "Maftunkor ranglar jilosi" nomli Xalqaro tanlovimiz qatnashchilari esa nogiron bolalar bo‘lishdi. Ye Rinata Karimova nogiron bo‘lsa-da, san'at sohasida xo- rijda ham tanilib qolgan. Jamg‘armamiz uning Moskva shaxrida bo‘lib o‘tgan "Filant- pon" 4-xalkaro mukofoti taq- dimotida ishtirok etishiga yor- dam berdi. Rinata tanlov lau- reati bo‘lib qaytdi.
Toshkent shaxridagi 2-"Muruvvat uyida nogiron bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan III Paraolimpiya o‘yinlari, Navoiy shahrida aqli zaif bolalar ishtirokidagi maxsus Olimpiya o‘yinlari, O‘zbekiston Qah- ramoni Ozod Sharafuddinov xotirasiga bag‘ishlangan "Xotira turniri" kabi sport muso- baqalarini tashkil etishda ham jamg‘armamiz faol ishtirok etdi.Bugungi kunda joylardagi bo‘limlarimiz "Ambulans" ma- shinalari bilan ta'minlangan. Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari oilalarning ij- timoiy-ruhiy sharoitini, ona- lar va bolalar, tug‘ish yoshida- 1 gi ayollar va qariyalarning so- gligini ko‘rikdan o‘tkazishmokda. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra kam ta'minlangan oilalar va nogironlarga dori-darmon, sanitariya-gigiena vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimkechaklar shaklida jami salkam 37,5 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatildi."Sog‘lom ona sog‘lom bola" Degan shior ostida katta e'tibor bilan boshlagan xarakatimizni davom ettirish va unga tom ma'noda yangi turtki berish, bu muammoga zamonaviy ko‘z bilan qarash va yetarli darajada mablag ajratish masalalari doimiy dikkat markazimizda turi- shi darkor",-degan edilar yurtboshimiz Konstitusiyamiz- ning 14 yilligi tantanalarida so‘zlagan ma'ruzasida. -Ijtimoiy himoya yili» uchun belgilangan barcha reja- larimiz, sa'yi-harakatlarimiz, boshlagan ishlarimiz zamirida ana shu maqsadga intilish yotibdi...
Demak, 2007 yilda ham kam ta'minlangan oilalar, nogi- ronlar, onalar va bolalar doimiy e'tiborimizda bo‘lishadi.