E’zozga loyiq
Nodiraning yoshlikdan ki- tobga ixlosi baland edi. Maktab kutubxonasining faol aʼzosi sifatida koʼp kitob olib oʼqirdi. Kitobga oshnolik uni Tosh- kent Madaniyat institutiga yetakladi. Oliygohning kutub- xonachilik fakulьtetini aʼlo baholar bilan tamomladi. Oliy maʼlumotli mutaxassis- ni Аsaka tibbiyot kolleji jamoasi oʼz bagʼriga oldi. Mana shunga ham oʼn besh yil bulibdi. Bu davr ichida Nodira oliygoxda olgan bilimlarini amalda qoʼlladi. Talabalarning kitobga boʼlgan qiziqishlarini oshirdi. Kutubxonaning dastlab 380 nafar kitobxoni bor edi, xolos. Hozir ular soni 2 ming- dan oshib ketdi.
Bu yerga qadam ranjida qil- gan kishi xonadagi tartib, sa- ranjom-sarishtalikni koʼrib kuvonadi. Kutubxonaning yorug va shinam oʼquv zalida boʼlajak shifokor yigit-qizlar kerak- li kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega.
- Kutubxonamizning 40 oʼrinli oʼquv zalini 70 oʼringa kengay- tirdik, - deydi Nodira Turgʼu- nova. Yotokxonaga ham 10 oʼrin- li oʼkuv zali qildik. Chunki, ta- labalar boʼsh vaqtlarida kitob oʼqishlari kerak. 1,5 yil ichida bu yerga 6 million soʼmlik yangi kitoblar keltirildi. Kutubxo- naning umumiy kitob fondini 15 ming donaga yetkazdik.
Biz Munisa Аkbarova, Nigora Komilova, Sevara Hakimo- va, Zulfiya Iminova singari Zukko va kitobsevar qizlar bilan ham suhbatlashdik. Ular kutubxona bekasi haqida iliq soʼzlar aytishdi.
Kollej tob mutolaasida oʼkuvchilarga ib rat ekanligi tahsinga loyiqdir. Salimaxon Ostanakulova, Zami- raxon Sodiqova, Venera Kusho- kova, Nargiza Kodirova, Rozaxon Kojbaxtievalar har oyda kami- da 3-4 tadan badiiy asar oʼqish- masa koʼngillari tinchimaydi. Kollej direktori, tibbiyot fan- - lari nomzodi Аvazbek Аbdurax- monovni ham aksariyat kutubxo- nadan topasiz. Nodiraxon bilan kitob fondini koʼpaytirish, oʼqishli nashrlar keltirish ma- salalarida fikrlashadi. Kitobdan bir umr zerikmaydi- gan insonlarga, bu yoʼlda fidoy-| ilik bilan mehnat qilayotgan Nodiraxonga havasim keladi.