Bankdagi Kemiruvchilar
O'zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan ilk kunlardanoq milliy davlatchilikni shakllantirish, demokratik islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda aholining kam taʻminlangan qatlamlarini ijtimoiy muhofa za etishga ham alohida eʻtibor qaratib kelmoqda. Chunki barcha islohotlar zamirida, u xoh iqtisodiy, xoh siyosiy yoxud maʻnaviy- maʻrifiy bo'lsin, oxir- oqibatda jamiyatda farovonlik, tenglik, totuvlik, tinchlik, barqarorlik o'rnatilishiga intilish yotadi. Islohotlar samarasi esa ko'p jihatdan jamiyat a’zolarining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga ham bog'liq. Aynan ko'p bolali va kam taʻminlangan oilalar, nogironlar , qariyalar, taʻlim olayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalash natijasida yosh davlat timizda ijtimoiy kelishmovchiliklar va noroziliklarning oldi olinishiga erishildi, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik qaror topdi.
Ammo shunday odamlar ham borki, ular o'z manfaatlari yo'lida nogironlar, qariyalar, yetim-yeesirlar va farzandlarimiz haqiga xiyonat qilishdan xam toyishmaydi….
Bekmurod Xolmonov Xank bankining Do’stlik tuman bo'limiga qarashli 09-sonli shahobchaga xazinachi
vazifasiga ishga qabul qilinganda xursandchilikdan o'zini qo’yarga joy topolmay qoldi. Chunki u “endi
pichog’im moy ustida bo’ladi” deb ishonardi. Ammo B. Xolmonov sabrli yigit edi. Shu bois avvaliga ishda o'zini ko’rsatish yo'lidan bordi. Qobiliyatli, intiluvchan, halol xodim sifatida hamkasblarining, rahbariyatining ishonchini qozondi, hurmatiga, e’tiboriga sazovor bo'ldi. Natijada 2004 yilning mart oyida uni hisobchi-nazoratchi vazifasiga tayinlashdi. Shundan keyin u “qimirlash payti yetdi” degan xulosaga keldi. U o'z javobgarligida bo'lgan, 2 va 18 yoshgacha bo'lgan bolalar nafaqasiga mo'ljallangan 530009 so’mni tarqatmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi. Qilmishini yashirish maqsadida haqiqatda mana shu pullarni olishlari kerak bo’lgan oltmish kishining nomiga kassa chiqim orderlari to'ldirib, ularning imzolarini qalbakilashtirib qo’ydi va hech narsa ko'rmaganday ishlab yuraverdi.
Ammo mazkur shahobchada nafaqa oluvchilarning nasibasiga ko’z olaytirgan birgina B.Xormonov emas ekan. Shu yerda 2003 yil dekabr oyidan 2004 yilning 22 aprel kuniga qadar xazinachi bo’lib ishlagan Ahror Ibragimov ham olg'irlikda B.Xolmonovdan qolishmasdi. U xazinachi bo’lib ishlagan to'rt oy ichida 171 nafar nafaqa oluvchilar nomiga chiqim kassa orderlari to’ldirib,
imzolarni qalbakilashtirdi va ko'p emas, kam emas, naq bir million 659 ming so'mni o'zlashtirib yubordi. Akmal Musaev esa mana shu shahobchada hisobchi bo’lib ishlar edi. U 2004 - yil yanvar oyida vaqtincha
Ahror Ibragimovning o'rniga xazinachi bo'lib ishladi. Ro’zg’orning kami ko'stini butlab olish uchun nafaqa puliga ko’z tikib turgan ko'pgina oilalarning rizqini qiyish uchun Akmal Musayevga mana shu bir oy ham yetarli bo'ldi. U qisqa vaqt ichida 248880 so’mni qalbaki chiqim kassa orderlari to'ldirib o'zlashtirib oldi. G. Qulaxmedova chiqim orderida o'z imzosini ko'rib, hayratdan yoqa ushladi. Ayol nafaqa pulini olmaganligini, qog'ozdagi imzo uniki emasligini isbotlashga harchand urinmasin, harakatlari zoye ketdi. Shu kuni Akmal Musayev uni quruq qaytardi. Haqiqat izlab fevral oyida yana shahobchaga kelgan G.Qulaxmedova xazinachi o'zgarganligini ko’rib quvondi, “zora endi mushkulim oson bo'lsa”, deb umid qildi. Afsuski, uning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Xazinachi B.Xolmonov ayolning nima maqsadda kelganini bilgach, shirin jilmayib “opa, siz farzandlaringizning nafaqa pulini allaqachon olib bo’lgansiz”, deya qalbakilashtirilgan imzo qo'yilgan chiqim orderini ko'rsatdi. Hafsalasi pir bo'lgan G.Qulahmedova tortishish va baqir-chaqir, asabbuzarliklar befoyda ekanini tushunib yetdi. Vijdonsiz xazinachilar yanvar oyida uning 2 yoshga to'lmagan farzandi uchun beriladigan 10880 so'mni, mart oyida 16 yoshgacha bo'lgan farzandlari uchun to'lanadigan 5440 so'mni jami 16320 so'mni o'zlashtirib yuborishdi.
B.Xolmonov, A.Ibragimov va A.Musaevlarning kirdi- korlari Do'stlik tuman prokuraturasi huzuridagi SVOJQQB xodimlari tomonidan fosh etildi. Sud jinoyatchilarga qilmishlariga yarasha tegishli jazo tayinladi.