Avstriyada Ayollar masalasi….
Yaqinda Federal vazirligi o'rinbosari janobi Toliyalari Hoffmanning taklifiga ko'ra o'zbekistonlik (ayollar delegasiyasi Avstriya davlatida bo'lib qaytishdi. Davlatimiz delegasiyasiga Bosh Vazir o'rinbosari, O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi raisi Svetlana Inamova rahbarlik qildi. Reproduktiv saloImatlik sohasi vakillari, O'zbekiston huquqshunas ayollar assosiasiyasi va olimalardan bir guruhi bu safarda ishtirok etdilar. Tashrifdan maqsad: O'zbekiston va avstriyalik ayollarning madaniyat, maʻrifat, tibbiyot, huquqshunoslik va tadbirkorlik borasida o'zaro tajriba almashish edi. Federal Iqtisod Palatasi, Federal Sog'liqni saqlash vazirligi va 7 xotin-qizlar ishlari bo'yi cha Avstriya Milliy kengashining 2-prezidenti B.Prammer janobi oliyalari va Avstriya Milliy Kengashi deputatlari bilan bo'lgan uchrashuvlar yuqori darajada o'tdi.
Har ikki davlat ayollarining ham xizmat darajasida qo'llab-quvvatlanishi va gender tengligi muvaffaqiyatli amalga oshayotganligi Pekin harakat Platformasiga muvofiq asoslangan. Ming kishidan iborat Avstriya Federal iqtisod Palatasida ayollar qanoti tashkil qilingan. Uning maqsadi tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash va biznesni tashkil qilishda ko'maklashishdan iborat. 1983 yildan palata qoshida tashkil etilgan tadbirkor ayollar departamenti harakat natijasi o'laroq, ishlab chiqarish tashkilotlarining 30 foizida ayollar bandligi mamlakat bo'yicha 62 foizni tashkil etadi. Iqtisodiyot universiteti va maktablarda 50-56 foiz qizlar ta’lim olmoqda. 56 foiz ayol oliy va o'rta maxsus ta’lim attestatlariga ega. Ayollarning 50 foizi fan nomzodlari, 30 foizdan ortig’i fan doktorlaridir. Internet tarmog'i orqali malakali taʻlim olish, mutaxassislik bo'yicha ish topish uchun ma’lumotlar majmuasi tashkil etilgan, ishlayotgan va homiladorlik ta’tilidagi ayollarning ijtimoiy himoyasi ishlab chiqilgan. Avstriya Federal Iqtisodiy palatasi va uning ayollar qanoti tashabbusi bilan har uch oyda “Tadbirkor ayol” jurnali chop etilmoqda.
Ayollar huquqi bo'yicha siyosat Avstriyada 25 yildan buyon olib borilmoqda. Bu yerda BMT tomonidan qabul qilingan qoidalar amalda va davlatning butun siyosiy jamiyati uni qo'llab-quvvatlamoqda.
Ushbu siyosatning eng katta yutug’i shuki, bugungi kunga kelib Avstriya ishlab-chiqarish korxonalarining anchagina qismida ayollar rahbar bo'lib, ularning o'rtacha yoshi 44ni tashkil qiladi. Tadbirkor ayollar 34 foiz bo'lib, ularning 17 foizi o'z tijoratlarini mustaqil tashkil etganlar.
Bundan tashqari, ayollar Avstriyaning siyosiy hayotida xam faoldirlar. Davlat siyosiy tizimida o'ng va so'l harakatlardan to'rtta partiya mavjuddir. Parlamentning 40 foizi ayollardan tashkil topgan.
- Avstriya mexnat bozorida ayollar huquqlarini himoya qilish maqsadida qator advokatlik xizmatlari tashkil qilingan. Ularning asosiy vazifasi ayollarning shikoyatlarini tekshirish hamda ayollarning qonuniy huquqlari haqida axborot tarqatishdan iborat. Avstriyada bunday idoralar 200dan ortiqdir. Ushbu idoralarning qilgan ishlari haqidagi axborot yil oxirida davlat parlamentiga topshiriladi.
Bundan tashqari 2003 yil Avstriyada "Davlat tizimida teng huquqlilik haqida qonun qabul qilingan. Har bir sektorda ayollar 40 foizni tashkil qilishi lozimligi masalasi doimo davlat nazoratidadir. Ushbu qonunga ko'ra vazirliklar tasarruflaridagi idoralarda 40 foiz ayollar tashkil qilishini kuzatib boradilar va yil oxirida hukumatga hisobot topshiradilar. Davlat tomonidan ayollarning martabasini o’sib borishiga katta e’tibor qaratilayotgani yana shundan ma’lumki, har bir vazirlik va hududiy idoralarda ushbu masalalarni kuzatib boruvchi xodim tayinlangan...
2004 yildan Avstriyada “Mentoring” dasturi faoliyat boshlagan. Uning asosiy etibori o'z ishini boshlagan va homiladorlik ta’tilidan xizmatga chiqqan va ayollarga qaratilgan. Avstriya bo’yicha 42 ta shunday tashkilot ish boshlagan bo’lib, ular faoliyat yuritayotgan hududlarda ayollar ushbu tashkilotga yordam va maslahat so'rab, murabbiy ajratishlarini iltimos qilib murojaat etmoqda. 2004 yil davomida 1200 nafar “Murabbiy va ayol” juftligi ro'yxatga olingan bo'lib, bu harakat ham hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Barcha vazirlik va idoralar ushbu dasturni qo'llab-pul mablag’ o’tkazmoqdalar. Xotin-qizlar
mentoring haqida to’laqonli ma’lumot olishlari uchun veb-saytlarda axborot tarqatmoqdalar. Avvaliga bu harakat sayil tarzida ish boshlab, unda 50 ta tashkilot ishtirok etgan edi. Ushbu dasturning yakunlovchi qismida unvon va pul mukofoti topshirilishi ko'zlangan.
Bu dastur butun mamlakat va mintaqada lider ayollarni tayyorlashda muvaffaqiyatli yordam berdi.
Avstriyada ayollarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 34 ta krizis va 100 dan ortiq maslahat markazlari tashkil etildi. Avstriyaning barcha xududlarida ayollar huquqlari bo'yicha maʻlumotlar olishlari uchun tezkor axborot yo’nalishlari ishlab turibdi. Tashkil qilingan tizim ayollarning holati haqida maslahat va krizis markazlariga maʻlumot yuboradi. Bu vaqt ichida muammoli holatga duch kelgan ayol bilan qator ruhiy va huquqiy maslahatxona vakillari ishlaydilar, shuningdek, yangidan tashkil qilingan ayollar uyida ularni hayotga qaytarish va sog'lomlashtirish uchun harakatlar yo'lga qo'yiladi. Ayollar uyida ayollar o'z farzandlari bilan yashashlari mumkin va ular uchun hamma sharoitlar muhayyo etilgan bo'ladi. Bugun Avstriya bo'ylab 20 ta shunday uylar tashkil etilgan. Ularni pul bilan ta’minlashning bir qismini Federal byudjetdan, asosiy qismi esa hududiy byudjet va Avstriya ichki ishlar vazirligining byudjetidan sarf etiladi. Bugungi kunda Avstriyada ham Еvropaning ko'pgina mamlakatlaridagi kabi tibbiy sug’urta qilish majburiydir. Moddiy yordamning 8 foizi sog’lomlashtirish (bu faqat davlat tomonidan qo'llanishi) va qo'shimcha mablag’ xizmat ko’rsatayotgan xususiy tibbiyot markazlari zimmasiga tushadi. Bundan tashqari Avstriyada ishsizlarni sug’urta qilish fondi, aholini ijtimoiy sug'urta qilinishini moliyalashtiradigan institutlar va talabalarni imtiyozli sug’urtalash dasturlari mavjud. Sug’urta qilingan bemorlarni davolash va dori- darmon bilan taʻminlash sug'urta xizmati tomonidan amalga oshiriladi, qo'shimcha foyda hisobidan sug’urta qilingan nafaqaxo'rlar maxsus imtiyoz olishadi. Bundan tashqari “Ona va bola” maxsus dasturi bo’yicha onaga homiladorlik davrida salomatligini nazorat qilish uchun aloxida pasport beriladi. Ayni vaqtda Avstriyada tug'ilishni ko'paytirish va milliy genofondni saqlab qolish muammosi turibdi. Bugungi kunda xar bir avstriyalik oilaga o'rtacha 1, 4 foiz bola to’g’ri kelmoqda. Bolani 1 yoshdan 6 yoshgacha nazorat qilish dasturi amalda ishlamoqda. Mana shu tekshiruvlarning barchasidan o'tgan oilalarni rag’batlantirish uchun davlat ma’lum miqdorda pul mukofoti bilan mukofotlaydi.
Umuman olganda, Avstriya xukumati mamlakatdagi ayollar harakatining taraqqiyoti, gender teng huquqliligi, siyosiy tizimda ayollarning faol ishtirokiga asosiy e’tiborini qaratmoqda.