Yuz xotinli Qirol

By Exo planeti, in 1991

SVAZILЕND - Afrika Qit`asidagi mitti davlat. Uning qiroli Mosvati III hozir 28 yoshda. Har yil u o'ntagacha go'zalga uylanishga haqli. Hozircha uning o'n nafar xotini bor, Davlat oqsaqollaridan birining aytishicha, qirol uchun bu juda kam. Darvoqe, undan oldingi qirol Sobxuz 11 ning 100 xotini, 700 bolasi bor edi. Svezilendliklar o'z qirollarini dunyodagi eng baxtli davlat boshlig'i deb biladilar. Qirol istagan qizini qiynalmay topishi mumkin. Buning uchun choparlaru, sovchilarning hech bir hojati yo'q. Yilda bir marotaba O`tkaziladigan «Umxalanga» katta saylida u o'ziga qalliq tallaydi. Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan go'zallar uning qarshisida raqs tushadilar, go'zalliklarini namoyon etadilar. Albatta, bu katta saylga kelish, qirol saroyida bazmda qatnashish hamma qizlarga ham nasib bo'lavermaydi. Ular oldindan mahalliy dohiylar tomonidan tanlanadilarva bazmga taklif etiladilar, lekin bundan xiyla vaqt oldin o'tkazilgan bazmda Mosvati III ga omad kulib boqmadi. Qayliqlikka loyiq o'n go'zaldan biri bazmga bronza takinchoqlarsiz ishtirok etayotgandi, bu taomilga zid edi. Shuning uchun ham bazm to'xtatildi. Endi u bazm uchun yangi saroy barpo etishi kerak. Kelgusi bazmda o`n go`zaldan biri bronza taqinmchoqlarini taqib yasanib chiqsagina ularga uylanishi mumkin. Qirolning tug'ilgan kuni har yili katta tantana bilan nishonlanadi. Bu svazilendliklar uchun qat`iy an`anaga aylangan. Bayram har yili mamlakatning turli joylarida o'tkaziladi. Har bir svazilendlik bir yilda qirolni bir marta ko'rishi kerak. Bu baxt ularga bayram paytida nasib etadi. Qirol Mosvetining tug'ilgan kunida mamlakat erkaklarining to'rtdan uch qismi ishtirok etishi shart. Xo`sh, ular Qirol bilan qanday muomala qiladilar? Buning uchun chiroyli tashbehlar, tilyog'lama so'zlar ishlatish shart emas, «Ingvenyama!» deb aytilsa bas Invenyama» - «yulbars» degan ma`noni anglatadi. Sobxuz II ni faqatgina «yo'lbars emas, hattoki «fil bolasi» deb ham atashardi. Chunki u bunga loyiq qirol edi. Mamlakatni 80 yoshigacha boshqargan Sobxuz II shuhratiga etguncha Mosvati III oldida katta vazifalar kundalang turibdi. Ammo yosh qirol hozirdanoq o'zining katta ishlarga qodir ekanini namoyon etmoqda. Ular urush, tartibsizlik nima ekanini bilishmaydi. Mamlakatning 800 ming aholisi tinch-totuv yashaydi. Restoran, barlar oq tanlilar, qora tanlilar uchun xam baravar ishlaydi. Irqchilik yo'q. Kinoteatrlar, videobarlar, qahvaxonalar ertalabgacha xizmat ko'rsatadi. Mamlakatda ishsizlar yo'q hisobi. Qirol keyingi yillarda aholini Bog`- rog` yaratishga undayapti. Shuning uchun bo`lsa kerak, mamlakat tabiati juda go'zal. Spid xavfini hisobga olmasa, deyarli kasallik yuq. Mamlakatda qat`iy tartibda ishlaydigan fohishaxonalarning soni ortsa ortyapdiki, lekin kamayyotgani yo'q. 1968 yildan boshlab Svezilend Afrika qit`asida temir ruda qazilmasini sotish bo'yicha Beshinchi o'ringa chiqib oldi... Qirollik asbest qazib olish Bo'yicha esa dunyoda to'rtinchi o'rinni egallaydi.