Dil izxorim sizga yaxshilar

By Bonu va …, in 2005

Matn:
Qayda o'sha mexr,
Qayda oqibat?
Qayda ekan uning asli
makoni?
Bir bor suxbat ko’rmok
istayman faqat,
Bir bor uchratmoqning bormi imkoni?...
U meni chorlasa o'z
xuzuriga
Poyiga tiz cho’kib so’rardim
undan,
Yurakdan o'zga bir makon
izlama,
Yuzingni o'girma hech
bir insondan...
Men bir chimdimgina mehr izlab ne ko'ylarga tushmadim? Endi uning qayerdaligini bilaman. Siz ham bilishingizni istayman. Mexr insonlar qalbida yashar ekan. Qisqasi, mening asl maqsadim, yaxshilarga dil izhorimni yetkazish. Yaxshilar meni hayotga qaytarishdi. "Ko'r bo'lsang bo'lgin-u, nonko’r bo'lma",- deganlaridek turmush so'qmoqlarida bizlarga tirgak bo'lib, baholi qudrat o'z himmatlarini ayamay, vaq- tida yordam qo'lini beminnat cho'zgan odamlarni unutib bo'larkanmi!
Takdir ekan, kelinlik uyimni, so'ng esa qizlik uyimni, beg’ubor bolaligim o'tgan moʻjazgina qishlog'imni si- niq umidlar bilan tark etdim. Eng og’iri, bundan buyon bolalarim bilan birga yashashimga xali beri imko- niyat tug'ilishi gumon ekanini tushunib, ichimdan zil ketardim. Kelinimga: (ukamning xotini)
-Men ish axtarib ketayapman, ishimni yo'liga tushirib olsam xabar beraman, uydagilarga nima deyish: o'z ixtiyoring. Faqat har-xil gap-so'zlarga turtki berma,-deb iltimos qildim. U qarorimni bilmasa ham, chamamda meni tushundi. O'zim uchun chiqargan hukmim va qarorim qat’iy edi. Dunyodan so'nggi umid va ishonch izlab mavxumlik sari yo’l oldim. Meni Toshkentdek azim shahar o'z bag'riga oldi. Toshkentning katta ko'chasida alanglab yurib, menga qiziqish bilan zimdan ko'zining qirini tashlab o'tib ketayotgan yoshi ulug’ onaxonga qalbimda so'nib borayotgan umid uchqunlarini anglatish niyatida, iymanibgina murojaat qildim: - Xolajon, assalomu alaykum! 1-2 kunga
kerak edi, iloji bo’lsa biror maslahat bersangiz, negaki bu shaharga birinchi bor kelishim... Xolajonim menga ona bo'lib, dardlarimga darmon bo'ldi. Ul zotni uchratgan kunimni xotiratimga bir umrga o'chmas sanalar qatorida muhrlab qo'yganman. Esimda, onaxon menga qayta xayotga ishonch hissini bag’ishla- gan o'sha kuni Gulxumor ismli nevaralari birga o'z uylariga boshlab kelganlar. Onajonim hamda, Shoir aka, Mirsolix akalar ko'magida qaddimni rostladim. Bir oz muhlat o'tgach, ularning oq fotihalari bilan mustaqil yashashga jazm etdim. Chilonzor tumanidagi Do’mbirobod mahallasi meni o'z bag'riga oldi. Aziz aka va u kishining ahil jamoasi bilan ishlay boshladim. Bir umr talpinganim. mehr,oqibat, baxt degan mendan umrbod yuz o'girganday bo'lgan xis-tuyg'ularning o'zi meni axtarib kela boshladi. Bu ajoyib insonlar sharofati bilan jigarbandlarim-qizim Zarnigor va o'g'lim Suxrobjonlarni birin-ketin bag’rimga olish baxtiga musharraf bo'ldim. Avvalo yaratgan egam, so'ng esa Aziz aka va qo’li gul oshpaz Baxodir ismli yigitning bevosita yordamlari tufayli o’g’lim oshpazlik sanatining siru asrorlarini mukammal o'rganmoqda. O'g'limning saxiy ustozi xech og’rinmay shogirdlikka olib, o'z hunarining barcha nozik tomonlarini o'rgatib saboq berdi. Gapning po’stkallasini aytganda, bu Himmatli jamoa biz- yetimlarning boshini siladi, ularga o'zim singil, qizim qiz, o’g’lim o'gildek bo'lib qoldik. Ular xatto bolalarimning tarbiyasida ham muhim o'rin tutishadi. Muxtor aka, Baxrom aka, Shaxzod va Jahongir de- gan ukalarim ham o'g'limning kelajagi porloq bo'lishi uchun bizga beminnat yordam ko'rsatdilar. Bugun men va o'g'lim "O'zbekiston ovozi" gazetasi qoshida tashkil etilgan jurnalistika kursi tinglovchisimiz. Baxtlimiz. Yana shuni alohi- da taʻkidlardimki, bizning tez fursatda oyoqqa turishimizda mexridaryo inson, bizga boshpana bergan Aziz aka, Baxodir, xozirda o'g'limga raxbarlik qilayotgan Sanjar va uning rafiqasi Naimaxonlarning hissasi ulkan, Toshkentliklarga bir umr taʻzimdaman, shaxringiz kabi bag’ringiz ham doimo keng bo'laversin. "Oila va jamiyat" muxlislariga omad tilab,