Bolalar salomatligining ishonchli tayanchi

By Alouddin Rafforov, …, in 2005

Keyingi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, bemorlarni davolashda zamonaviy usullarni tadbiq etishga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Joriy yilning "Sihat-salomatlik yili" deb eʻlon k
qilinishi bu yo'nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinikasi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida ham katta nufuzga ega bo'lgan shifo maskanlaridan biri xisoblanadi. Bu yerda bolalarda uchraydigan turli kasalliklar, jumladan yurak parogi, tanglay va xarakat aʻzolarida mavjud tug’ma nuqsonlar jarrohlik yo'li bilan bartaraf etiladi.
Xozirga kunda klinikada 20 ta bo'lim faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning 14 tasida turli kasalliklar bo'yicha bemorlar shifo topsa, 8 ta bo'limida bevosita jarrohlik kasalligi bilan og'rigan bemorlar davolanadi. Bu yerdagi umumiy jarroxlik, lor kasalliklari, ko’z jarroxligi, yurak jarrohligi, plastik jarrohlik kasalliklari bo'limlari eng zamonaviy asbob- uskunalar bilan jihozlangan. Klinikada xorijlik mutaxassislar bilan ham yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Buning natijasida shifoxonaning bolalar yurak jarrohligi, plastik jarroxlik, ko'z jarrohligi bo'limlarida AQSh, Koreya, Rossiya kabi davlatlardan kelgan yuqori malakali shifokorlar ishtirokida tibbiyot amaliyotla ri o'tkazilmokda. O'tgan yilning may oyida koreyalik mutaxassislar tomonidan bolalar uyida tarbiyalanayotgan 32 nafar bolaning jarrohlik yo'li bilan davolanganligi fikrimizga yaqqol misol bo'la oladi. Mutaxassislarning fikricha bunday hamkorlik va tajriba
almashishlar mamlakatimizda plastik jarrohlikning rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Klinika xodimlari tomonidan "Sixat-salomatlik yili"da ham aholi salomatligini mustahkamlash, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish borasida muayyan chora-tadbirlarini amalga oshirish ko'zda tutilgan. Respublika ixtisoslashgan bolalar jarrohligi markazini tashkil etish rejasi shular jumlasidandir.