Qanoat Qilgan – xor bo’lmas

By F. Tohirova, in 2005

Maqolani o'qib, oilamizda bo'lgan voqea yodimga tushdi
Opamni turmushga uzatganimizda 8-sinfda o'qirdim. Kuzda uzatilgan opam qishning boshlarida uyga yig’lab keldi. O’sha kuni kun bo'lmadi, qirg'inbarot bo'ldi.Biz qo'shni xonada o’tiribmiz. Onam qarindoshimiznikiga chiqib ketdi. Onaqm bilan opam rosa janjallashishdi.
- Bormayman, nima qilsangiz qilavering, yig’lardi opam
- Bekorlarni aytibsan! Bu uyda senga birovni ko’zi uchib turgani yo'q... cho’rt kesdi onam uning gapini. Menga sarpoga hech narsa qilmagan. Na tilla, na tuzukroq sarpo.... U uyda bir kun ham yashamayman. -Menga qaynonam sarpomga bir kuylak qilgan. Uyni ham otang ikkovimiz birga kurdik. Tillasiz sarposiz ham yashash mumkin. Yo ering yomonmi? Opam onamning savoliga javob bermadi. Uzoq davom etgan bahs qachon tugaydi, bilmayman. Ertalab tursam, onam yo'q.. Opamdan so'rasam: “Bozorga ketdi”, deb javob berdi. Vaqt peshinga yaqinlashganda, onam ikki tugun kiyim-kechak bilan uyga kirib keldi. Opamning ko'zi kiyim-kechakka tushdiyu, “voy” deya qichqirib yubordi. Shu kunning o'zidayoq onam opamni uyiga jo'natib yubordi. Kech kirgach: “Oyi, sigir sog’maysizmi?”deb so'radim.
Onam xomush tortib: “Sigirni sotib, opangga kiyim qilib berdim. Endi pul yig’ib boshqa sigir olamiz”, dedi. “Ie, nega?” - dedim bola aqlim bilan. “Har narsani so'rayverma. Keyin bilasan”, - dedi onam.. O'sha voqeadan so'ng ota-onam ancha xafalashib, gaplashmay yurishdi. Endi bilsam, onam sho'rlik, bolasini baxti uchun molidan ham kechgan ekan.
Hozir o'sha opamning to'rt farzandi bor. Hayoti tinch. Oila xam mehrob kabi muqaddas go'sha. “Rashk qildi”, desa, oila buzilsa, “Tilla olib bermabdi”, - desa, onalar qizini erdan ajratsa, oilaning oilaligi qoladimi?
Menimcha, oilani ushlab turishda, uni yaxshi yo yomon tomonga o'zgartirishda, biz ayollarning rolimiz katta.
Menimcha, har bir insonda eng avvalo qanoat bo'lmog'i lozim. Ana o'shanda gina-qudratga hojat qolmaydi, uydagi gap ko'chaga chiqmaydi, bolalarimiz aro yo'lda qolmaydi.