Hayot bog’imiz mevalari
Devor-darmiyon qo'shnimiz Gulshan opaning 6 nafar bolasi bo'lib, qo'l uchida kun kechirishardi. Eri ko'p ichgani bois opaning jag’i tinmas, u sayrashga tushgan kuni hatto qushchalar ham tinchib qolardi. Ayolning eng xunuk odatlaridan biri, erining alamini bolalaridan olar, ularni kaltaklardi. Bir kuni mak- tabimizga yangi hind kino-filmi keldi. Barcha qizlar bormoqchi bo'lib, Gulshan opaning qizi Gulnozani xam chaqirdik. U onasidan kinoga borish uchun atigi 20 tiyin so'radi, xolos. Onasi: "Pulim yo'q, shu ki- noga bormay qo'yaqol", deyish o'rniga Gulnozani chunonam urdiki, qo'rqqanimizdan turgan joyimizda qotib koldik. O'sha paytlarda ularning Qoplon degan itlari bolalagan ekan. U opaning baqir-chaqirini eshitib, qayerdandir halloslab yetib keldi-yu, oftobda o'ynab yurgan bolalarini bag’riga berkitib, ko'zlarini yumib oldi. Qoplonning bu harakatini g'azabga mingan Gulshan opa payqamadi.
Quvnoq, sho'x-shaddot Gulnoza bora-bora maʻyus, g'amgin, qo'rqoq bir qizaloqqa aylanib qoldi. Yillar o'tib ulg’aygach, ana shu maʻyuslik uning hayotiga soya soldi.Yana bir dugonam Salomatning onasi tez-tez kasal bo'lib turardi. Shifokorlar uning xayotini saqlab qolisholmadi. To'rt bola bo'zlab qoldi. Na xola, na ammalar ularning tarbiyasini bo'yniga olishni istashmadi.
-Bolalarni Mehribonlik uyiga topshirishdan boshqa ilojimiz yo'q,-dedi mahalla oqsoqoli Nizom buva. –To’g’ri aytasiz, ukam bechora qari otamga qarasinmi, yoki bolalarigami? . deya Oqsoqolning gapiga qo'shimcha qildi Sohiba amma. Bolalarning barchasi qo'rquvda, ko'zlari jovdiragan. Bir payt mahallaning kayvoni onaxoniga aylangan Xosiyat xola kamsuqumgina bir ayolni boshlab kelib qoldi: Mana bu ayol befarzand. Unga bola, bu bolalarga esa ona kerak. Kelinglar, ularning ko'ngillarini to'ldirib, shu ayolni Nizomjonga nikoxlab beraylik.Bu fikrga hamma qo'shildi. Mahalla ahlining saʻy-harakati bilan bolalar o'z uylarida, yangi onalari bag’rida qolishdi. Agar o'shanda mahalla ahli eʻtiborsiz bo'lib, menga nima, qabilida ish tutganida, bilmadim, hozir bu bolalarning taqdiri qanday kechgan bo'lardi?...
Men bu voqeani bejiz eslamadim. Taqdirning turli o'yinlari tufayli mehribonlik uyida yashayotgan aksa- riyat bolalarning hayotiga nazar solsangiz, tirik yetimlar. Yaʻni otasi ham, onasi ham bor bolalar. Davlati- mizning eʻtibori, g'amxo'rligi tufayli qorinlari to'q, ustilari butun. Ammo, ko'ngillari kemtik. Ona mex- riga, ota tayanchiga zor. Bu bugungi kunda ko'pchilikni o’ylantirayotgan muammo. ushbu "Mehr va muruvvat" yilida Respublika Bolalar jamg'armasi tomonidan talay ishlar amalga oshirilmokda. Masalan, boquvchisiz qolgan oilalarni iqtisodiy tomondan qo'llab-quvvatlash maqsadida Buxoro, Namangan, Tosh- kent viloyatlarida o'quv-ishlab chiqarish markazlari ochildi. Ularga nogiron xamda voyaga yetmagan bolalar, ularning onalari jalb etildi. Onalar ish o'rinlari bilan taʻminlandi. Oilaviy bolalar uylarini qo'llab- quvvatlash va u yerda tarbiya olayotgan farzandlarimiz huquqlarini taʻminlash maqsadida ham bir qator ishlar qilindi. Mehribonlik uyida voyaga yetgan tarbiyalanuvchilarni o'qishga joylashtirish va turarjoy bilan taʻminlash bo'yicha ish olib borayotgan xalq taʻlimi boshqarmasi, viloyat bo'limlari xodimlarining mehnatlari aloxida tahsinga sazovor. Hayot bog'imizda ulg’ayayotgan farzandlarimiz bolalik podshohlik
davrlarini to'kis o'tkazishlari uchun imkoniyat yaratib beraylik. Zero, bolalar biz kattalardan ozgina mehr, muhabbat va e’tibordan boshqa narsa talab qilishmaydi.