Dasturxon ochiq qoldi
Hamma o`rnidan qo'zg'aldi. Mehmonlar mehmondorchilikni davom ettirishga (qo'shni taklif qilib) chiqishdi. Mehmonlardan bo'shagan xonada ochiq dasturxon qoldi. Mening ko'nglimda ishtiboh, ranj...
Nega?Uying mehmonga to'lsin. dasturxoning doimo ochiq bo'lsin, deyishdi-ku. To'g`ri. Deyishadi. Biroq, ochiq bo'lsin, deyishadi, ochiq qolsin deyishmaydi, deyishmagan. Keyin, bu ochiqlik mehmon kelishiga taalluqli ketishiga emas. Qo'rqmangizkim, dardimni dasturxon qilmoqchi emasman. Bordi-yu, dasturxon qilsam ham, ochiq qoldirmoqchi emasman:
... Xullas, dasturxon ochiq qoldi. Hamma narsa joy-joyida: kosalarda chala ichilgan sho'rvalar, likopchalarda go'sht bo'laklari, ustixonlar, ichilmay qolgan choy to'la piyola, eng yomoni, eng yomoni esa... inson uchun eng yaxshi, muqaddas ne`mat — sochilib yotgan NON burdalari qoldi. Insoniyat ixtirolari ichida mo`jiza bo'lgan «non» (Timiryazev), islomning tabiiy va doimiy ehtiyojlaridan biri bo'lgan,hech vaqt me`daga tegmagan non ochiq-sochiq qoldi. Dasturxon ochiq qoldi. Mening ko'nglimda ishtiboh, ranj Qo'rqinchlisi (alam qilidigani ham) hozirgina bu ochiq qolgan dasturxon atrofida o'rta yoshlilar,hatto mo'ysafid - qari ham bor edi. Yoshlar haqida so'zlab o'tirmayman. O`rta yoshlilarni qo'ying, mo`ysafid otaxonga nima bo`ldi? Nega u kishi davradoshlaridan (yoki ahli mehmon islomdan). Dasturxonga fotiha tortilgach, non burdalarini to'plab, odatdagiday (odatlanganiday) dasturxonning yig`ishtirilishini talab qilmadi, talab ne, taklif qilmadi?!.. Nega?!
Yoki yaxshi odatimizga odatlanmagan ko'pchilikka qarshi borolmadimikin?
Axir, yaqinginada taom yeyilib, fotihadan keyin mexmonlarga qo'l yuvdirilar (bu orada dasturxon yopib, hech bo'lmasa, chetlari himarilib qo'yilar), dasturxon yig`ishtirilgandan keyingina mehmonu-mezbonlar qo`zg`alar edi-ku?!.
Hozir esa na taomdan oldin, na keyin qo'l yuvish bor (go'yoki qo'llarini allaqachon yuvib, qo'ltiqlariga urib qo'yishgandek!), na garg'ara qilib og`iz chayish bor (bu haqda og'iz ochmaslikka kelishgandek, xuddi!). Ayniqsa, dasturxonning ochiq qolishi qo'llarning yopilib borishidan darak bermaytirmi?!
Qo'rqinchlisi, bu kun men bu holni qishlog`imizdagina emas, viloyatimizning ko'plab qishloqlarida, hatto boshqa viloyatlarimizda ham kuzatmoqdaman. Nahotki, muqaddas nonning hurmatini joyiga qo'yishimiz shunchalar qiyin?!
qayoqdan keldi, qachon yopishdi bizga bu balo? «Kofirga o'xshamay ket!»deydi enam, ukam qo'lini yuvmay ovqat yeyishga shoshilganda yoki dasturxoninifotihasiz, himarmay ochiq qoldirib tark etayotganda. Rostdan ham ezgu, muqaddas an`ana, urf-odatlarimiz qoshida egilishimiz, egilib o'rganishimiz, o'rganib qad rostlashimiz lozimmasmi?!
Mehmon kutish, ko'nglini topish qiyin. Dasturxon yig`ishtirilmay turib ketishga (qo'zg'alishga) odatlangan mehmonga biror narsa deyish undan ham qiyin...
Xullas, yana odatdagiday (aslida odatimizga xilof) dasturxon ochiq qoldi. Mening ko'nglimda ranj, ishtibox....
Sizning ko'nglingizdachi, dasturxon atrofida o'tirgan aziz oila a`zolari, Davradoshlar, "Davrdoshlar"?
Dasturxonni ochiq qoldirish....
Mehmon bilan birga ming yillik ezgu odatlarimizdan biri ham kuzatilayotgandek tuyuladi, menga. Ochiq qolgan dasturxonga nazar solib, o`ylab qolaman. Bitta yomonroq buzoq butun podani, ko`prog`i esa, hatto butun boshli xalqni buzarkan. Noma`qul buzoq go'shtini yebsiz, demang. Noma`qul buzoq nima chuchqa nima. Cho'chqaning go'shtini emasligimizni juda yaxshi bilasiz. Ha, endi dasturxonda borini yeganmiz, mehmon bilan yeganmiz Mehmon ko'p yegan — atoyi xudo, axir...
Dasturxon ochiq qoladigan bo'lishiga sabab, mehmon,onam aytmoqchi: «KOFIR» ekan...
Hali aytdim. MЕHMON kutish, kuzatish qiyin. Nihoyat oramiz ochiq. Buyog`i oraliqdagi endigina mustaqil bo'lgan, dasturxoni ochiq (qolgan) oilani ko`z oddingizga keltiring. Dunyo qulatadi endi. Nazariga ilingudek milliyligimiz, urf-odatlarimiz bormi? Qolganmi? Ezgulikning kechi yo'q..
Keling, yomonimizni yashirib, yaxshimizni oshiraylik, bobolarimizdan ochiq qolgan (dasturxon emas!) yoki otameros oliy odatlarimizga ochiq ko'zimizni tikaylik. Keyin kelajakka ko'z tiksak bo'lar. Ko`z tikkanlarning qo'li ochiq dasturxonimizga tushmasin. Dasturxonimiz ochiq qolmasin.