Yurtimizda yaxshi kunlar ko’p bo’lsin

By H. Hamroyeva, in 2004

"Astrobod" guruhi sanʻatning katta sahnasiga chiqqaniga ko'p bo'lmasa-da, tez e’tiborga tushdi.
Biz isteʻdodli sozanda, gurux rahbari Shavkatjon Qosimov bilan suhbatlashdik.
- Yunusobod tumanining ko'rkam va bahavo "Astrobod" mahallasida yashaymiz Avvalari san’atga ishtiyoqmand qo’shni bolalar uyga chiqib, o'zimizcha bir-ikkita cholg’u asbobida kuy chalishni o’rganib ko’rdik, asta-sekin mahalladagi tadbirlarda ishtirok eta boshladik. Guruhimiz shu tariqa shakllandi. Mashg’ulotlar xam doimiy tus oldi. Xozirgi kunda nafaqat mahallalarda, balki, tuman va shahardagi yig'inlar, to'ylar bizsiz o'tmaydi. Ko’pchilik ota-onalarning iltimosi bilan guruh qoshida to’garak ochganmiz. Unda asosan maktab o'quvchilai shug’ullanishadi. Bola bo'sh yurganidan ko'ra biron hunar o'rgangani yaxshi. Maxalla oqsoqoliga raxmat. mashqlarimiz uchun alohida xona ajratib berdi. Bugungi kunda to'garakdagi bolakaylarning soni 20 nafardan oshib ketdi. Yozgi taʻtil paytida safimiz yanada kengayadi.
- Oilada sanʻatga muhabbat va musiqiy didni tarbiyalash uchun ko'proq nimalarga eʻtibor berish kerak? - Buning uchun birinchi navbatda ota-ona o’zini tarbiyalashi kerak. O'shanda Bolalarga ta’siri ham oson kechadi. Milliy musiqa bolaning beg’ubor qalbida go'zallikni, insoniylikni, mexr- oqibatni tarbiyalaydi. Onalarimiz sexrli allalari bilan bola yuragiga solgan cho'g'ni o'zlari beparvolik qilib o’chirib qo'ymasliklari, aksincha o’sha kuyning alangaga aylanishiga erishishlari zarur. Ota-ona farzandini kitobga va sanʻatga muhabbat ruhida o'stiradi, Buning natijasi eng avvalo o'zlariga nasib qiladi, el-u yurt oldida yuzlari yorug’ bo'ladi.
- Siz o’sgan xonadon.....
-Men Toshkentning qadimiy Sebzor mahallasida tug'ilganman. Bolalikdan sanʻat olamida o'qidim. Xonadonimizda barcha xil musiqa asboblari bor edi. Otam el orasida usta Miroshim nomi bilan mashhur bo'lib, mohir sozanda o'tganlar. Bilasizmi, baʻzan katta farg’rona kanali qurilishida Tamaraxonimning raqsga tushgan kino lavxalarni ko'rsatib qolishadi. Opaning yonlarida shijoat bilan doira chalayotganlarning biri otajonim bo'ladilar. Davralarning guli, serzavq, bag’rikeng inson edilar. Es-es bilamaman juda kichkinaligimdan qo'limdan yetaklab musiqiy davralar, to'y-marakalarga o'zlari bilan birga olib borardilar. Tanish-notanish odamlar ota o'g'il deb yelkamga qoqib qo'yishsa, xursand bo'lib ketardilar. Go'daklikdagi ilk o’yinchoqlarim xam musiqa asboblari bo'lgan. Raxmatli oyijonim katta chevar edilar. Baʻzan tikiladigan ishlaridan bosh ko’tarib. "Bolam, ertalabdan beri "ting'ir-ting’ir" qilasan, birpas ko'chaga chiqib, o'rtoqlaring bilan o'ynasang-chi",- derdi .Goxo qattik siqilsam, tushlarimda onam menga maʻyusgina tikilib, o'sha so’zlarini takrorlaydilar. Endi farzandlarining huzurini ko'raman deganlarida, 49 yoshlarida olamdan o'tdilar. Ikkita opamni xuddi onam deb ardoqlayman, Kelinoyingiz Noibaxonning ro'zg'or tutishi, kamtarligi, mexmondo'stligi va sabr-bardoshli oyijonimning fazilatlariga o'xshatib, ko'nglim taskin topadi. O'g'lim Bekzodjon o'zimga o'xshab ota kasbini tanladi, guruhimiz aʻzosi. Madinajon qizimda momomeros tikuvchilikka ishtiyoq kuchli.
-"Astrobod" guruxining rejalari ko’p bo’lsa kerak...
- Guruhimiz qoshidagi to'garakni kengaytirmoqchimiz. Otamning kenja shogirdlari Temirxo'ja Qoraxo’jayev sozandalarimiz Jaloliddin Sharopov, Maqsud Rasulov, Akmaljon, Laziz, Bekzod. Dilshodbeklarning o’zlari ham kichkina Temur kabi jajjilar bilan mashq qilishyapti. Qo'limga soz ushlatgan usta Baxrom, karim ota, Qayum ota, G’ulom aka, Ashirali aka Ahmadjon usta Shamshimat kabi ustozlarimni tez-tez eslab, haqlariga duo o'qib yuraman. Maxalla faollari,bizdan ko'maklarini ayamaydi. Musiqa nafaqat qalbni sexrlaydi, balki insonning yurak va asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi qon bosimini meʻyorga soladi, ruxni poklaydi, ko’ngillarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Farzandlarimizni shunday go'zallikka oshno qilishga shoshilaylik. Elimizda «yaxshi kunlar, to’ylar ko’p bo’lsin. Biz hamisha bel bog’lab xizmat qilaveraylik.