Tirik Yetimlik azobi
Biz hikoya qilayotgan mehribonlik uyi ko'pdan beri tartibli, hatto maqtovga sazovor ham edi. Rahbar opa ancha keksayib qolgach, hamma uni izzat-hurmat bilan nafaqaga kuzatdi. Hatto bolalar ko'z yoshi qilib, opaning bag'riga bosh qo'yib, xayrlashishdi. Oradan ko'p o'tmay, Xonzodaxon degan ayolni direktor qilib tayinlab ketishdi. Barcha ko'ngilsizliklar sababi bu ayol uzoqni ko'ra olmasligidan,y etim haqiga xiyonat qilib, o'zboshimchalik bilan ish yuritganidan boshlandi. Esi kirib, oqu qora, yaxshi- yomon farqiga borib qolgan bolalar Xonzodaning qo'polligi, mehrsizligini sezib, yomon ko'rib, undan o'ch olish payiga tushib qolishdi. Ertalab xonada shov-shuv ko'tarildi.
Guruhdan Shavkat qochib ketibdi, deyshdi bolalar chuvirlashib tarbiyachi opaga.
- Qayoqqa ketibdi, bilmadinglarmi?
- U har kuni yig’lab, bu yerdan uzoqqa ketaman, deb nimalarnidir yozib yurardi.
Qani o’sha yozganlari? Bolalar Shavkatning karavotini ag'dar-to'ntar qilishdi.
- Mana,dedi bittasi bir parcha qog’ozni tarbiyachiga uzatib. “Assalomu alaykum, Gʻani amaki. Bu yer yaxshi edi. Bir direktor keldi. U juda yomon xotin ekan, ovqatlarimizning mazasi bo'lmay qoldi, o'zi qo'pol, bizni urishadi. Kiyimlarimiz ham avvalgidan yomon. Maktabga borishga uyalamiz. Meni bu yerdan olib keting, nima desangiz hamma ishlaringizni qilaman. Sizga qovun ekishga yordam beraman. Ularni chopaman, sug’oraman, kuzda sotishga ham bozorga birga boraman. Amaki, albatta keling, men sizni kutaman, Shavkat”.
Amakisi qayerda turishini sizlarga aytmabmidi? To'ytepa degan joyda amakim bor, juda yaxshi odam, derdi. Biz undan:
- Ota-onang-chi, bormilar, desak, ular yomon odam, meni bu yerga tashlab ketishgan. Ularni yomon ko'raman,”- derdi. Mehribonlik uyida bunday tashvishli voqealar bo'lib turardi. Lekin Shavkatning qayerga ketgani nomaʻlum. Qidiruv ishlari boshlandi. Oradan 10 oy o'tdi. Bolani butun To'ytepa bo’ylab qidirishdi. Undan darak bo'lmadi. Ota-onasiga xabar beraylik deyishsa, ular qayerda yashashi ham nomaʻlum. Xullas, kuz payti edi. Shavkatning xati asosida qovun bozori qidirildi. Bir kuni boshiga churuk to’nni yopib yotgan bolaga ko'zlari tushgan milisiya xodimlari uni uyg’otib, ismini so'radilar. Uyqusirab, dovdiragan bola:
- Shavkat, - dedi.
- Shavkat, nima uchun bu yerda yotibsan, sen mehribonlik uyidan qochibsana? Nega unday bo'ldi?
Shavkat irg'ib o'rnidan turdiyu, qocha boshladi. Hay-haylagan ikki milisiya xodimi uni quvib ketdi. Bola bir zumda ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Milisiya xodimlari Mehribonlik uyidan zada bo'lgan Shavkat haqida shahar prokuraturasiga murojaat etishdi. Tekshiruv natijasi bu voqeaga Mehribonlik uyiga ishga kelgan Xonzodaxon Umarovaning qo’li egriligi va o'z kasbiga nisbatan sovuqqonligi sabab bo'lganligini aniqladi.
Avvaliga Xonzodaxon o'z aybiga iqror bo'lmadi. Tekshiruv jarayonida birgina Shavkat emas, balki Mehribonlik uyidagi tarbiyachilar va ko'pchilik bolalar ham direktordan norozi bo'lib, yig’lab gapirdilar. Shu orada Shavkatning amakisi u bilan birga Mehribonlik uyiga kelib, bolani o'z qaramog'iga olishini aytdi.
Mehribonlik uyi xodimlari yaqinda direktor sud bo'lishini, so'ng mayli, Shavkatni olib ketishlarini aytishdi.
Tirik yetimlik azobini tortayotgan qancha go'dak ota-onasi, yaqinlari yo'liga intizor bo'lib, bolalik yillarini o'tkazayotganlarini ko'rish qanchalik og'ir. Axir inson bolasi azizu mukarramku, nega ularni bunchalik holga tushirib qo'yguvchi bag’ritosh ota-onalarga chora ko'rilmaydi. Siz bunga nima deysiz, aziz mushtariylar?