Oila Tinchligini ko’zlab

By Respublika "Oila” …, in 2004

Agar oila sog'lom va mustahkam bo'lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo'lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Islom KARIMOV
Bir mamlakatda oilalar tinch-farovon bo'lsa, qo’shni davlatda ham hotirjamlik bo'lib, o'zaro bordi-keldi, savdo-sotiq aloqalari ham mustahkam bo'ladi.
Shu bois ham BMTning Bosh Assambleyasi 1993 yil 20 sentyabrdagi yig’ilishida har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qildi. Maqsad barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyatni oilaning mustahkam bo'lishiga qaratishdir.
BMT 1994 yilni Xalqaro oila yili deb eʻlon qildi. Bu tashabbus doirasida o'tkazilgan barcha tadbirlar oila davlat va jamiyat g'amxo'rligiga muhtoj ekanligini isbotladi.
BMT oila masalalarini quyidagi tamoyillar asosida hal qilishni taklif etadi:
-Jinsiy tenglik;
-Mehnat faoliyatida ayollarning teng ishtiroki;
-Bola tarbiyasida ota-ona masʻuliyatining barobarligi;
-Nochor va muhtoj oilalarga doimiy g'amxo'rlikning kerakliligi.
Yuqorida sanab o'tilgan tamoyillarga davlatimiz qonunchilik va inson manfaatlari asosida amal qilib kelmoqda. Mamlakatimizda o'tayotgan yillar, uning mazmun-maqsadida ham oila manfaatlari bosh mavzu bo'lib qolayapti. Shuningdek, olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asl ma’nosi ham oilani, onani, farzandni va qariyalarni ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgandir.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Respublika "Oila" ilmiy- amaliy markazi tashkil etildi. Viloyat bo'limlari ochildi. Bu idoralar oilalarga moddiy, maʻnaviy yordam berishga oid tavsiyalar ishlab chiqish va uslubiy jihatdan oilani qo'llab- quvvatlovchi tashkilotlarga yordam ko'rsatish orqali yoshlarni istiqlol g’oyalari ruhida, Vatanga, oilasiga, mahallasiga, nikohga chuqur hurmatni tarbiyalashga o'z hissasini qo'shadi. Xalqaro oila kuniga bag'ishlab Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi, Xalqaro “Sog’lom avlod uchun” jamg’armsi bilan hamkorlikda o'tkazadigan “El tinchligi va salomatligi” shiori ostidagi marafon Respublikamiz oila aʻzolarining yetti yoshdany etmish yoshgacha qismini qamrab oladi. 10 maydan 20 maygacha o'tadigan o'n kunlikda maktablarning yuqori sinf o'quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji, oliy o'quv yurti talabalari o'rtasida “Oila muqaddas dargoh” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi. Shuningdek, mazkur o'quv yurtlarida ota-onalar ishtirokida ochiq oila darsining o'tkazilishi uchrashuv, suhbat va davra suhbatlarining tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oilalar salomatligi bevosita jismoniy mehnat va jismoniy tarbiya bilan bog’lik ekan. Marafondan maqsad, oila-larni sportga jalb etish, uni kundalik turmush tarziga aylantirishdir.
Ota-ona ibrati farzand kelajagining ozuqasi bo'lib, undan bahramand bo'lish, ularning kamolga yetishi uchun omildir. Mustaqillik yillarida oila ajrimlari 1,5 barobarga kamaytirilganiga qaramay, muammoli va ajrim bo'layotgan oilalar ham yo'q emas. Oilaviy ajrimlar o'z navbatida qator moddiy va maʻnaviy muammolarni keltirib chiqaradiki, bundan birinchi navbatda ayollar, yoshlar va bolalar aziyat chekadi.
Ayollar va o'smirlar o'rtasidagi jinoyatchilik, o'z joniga qasd qilish, giyohvandlik, turli xil ruhiy va asmatik kasalliklarning asl kelib chiqish sabablari ham eng avvalo oilalardagi barqarorlikning yo'qligi, oila aʻzolari o'rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatidir.
Oila mustahkam bo'lsa, mahalla tinch va oboddir. Mahallalarning obod va osoyishtaligi yurtimiz tinchligi garovidir. 2004 yilning”"Mehr va muruvvat yili” deb eʻlon qilinganligi, mehr- oqibatlilik o'zbekistonliklarga xos buyuk qadriyat ekanligi va bunda oila institutining o'rni katta ekanligini ko'rsatadi. Bu say-harakatlarimiz davlatimizning kuchli, xalqimizning hamjihat, qardosh do'stlarimizning ko'p bo'lishi uchun kafolatdir. Zero, biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo'lmaymiz ham.