Tabiiy Sutning xosiyatlari

By Lola Axmedova, in 2003

Sut - tarkibida inson organizmi faoliyati uchun nihoyatda zarur bo'lgan uch xil oqsillar bo'lib, bular: kazien, albumenlar va globumenlardir. Shulardan oldingi ikkitasi inson xayoti uchun nihoyatda kerakli oqsillardir. Ularni faqat sutdan, sutli mahsulotlardangina olish mumkin ekan.
Bu oqsillar inson organizmiga 75-80 foizga singib ketadi. Sut har xil vitaminlarga, ayniqsa A, D vitaminlariga boyligi bilan ham boshqa har qanday ozuqadan ustun turadi.Tarkibidagi qand-laktoza, o'zi- ning foydali xususiyatlari bilan boshqa ko'pgina ozuqalardan afzal hisoblanadi. Undagi kalsiy, ftor kabi elementlar inson tanasi uchun zarur bo'lib, ular suyaklar, tishlar mustahkamligini oshirib, faoliyatini yaxshilaydi. Qatiq, pishloq sifatida iste’mol qilinganda quvvati yanada ortadi. Sut qaynatishning
ham o'ziga xos tartibi bo'lib, bu quyidagicha amalga oshiriladi. Yanni qaynatish darajasi 100 0Cgacha olib borilgach tayyor hisoblanadi.Agar 100 0 C Dan oshirib qaynatilsa,uning tarkibidagi oqsillar bilan laktozalar birikishi vitaminlar tarkibida parchalanib ketishi natijasida foydalilik xususiyati amayib ketishi mumkin.Sut qanchalik foydali ekanligiga qaramay uni xush ko'rmaydiganlar ham yoki umuman sut icholmaydiganlar ham bor. Bunga sabab, baʻzi birovlarda sut ichganlaridan so'ng, qorinlariga og'ir botgandek holat yuz beradi, zardasini qaynatishi mumkin, ichini bo'shashtirib yuboradi. Natijada ana shunday xolatlardan ham qo'rqib sut ichmaydiganlar ko'p. Kuniga bir choy qoshiqdan bo'lsada ichib, organizmni o'rgatib borish lozim. Hech bo'lmaganda choyga, kofe qo'shib bo'lsada, ichishga o'rganish tavsiya etiladi.
Ko'pgina kasalliklarda sut va sut mahsulotlari eng yaxshi hazm bo'luvchi ozuqa sifatida shifokorlar tomonidan tavsiya etiladi. Masalan, oshqozon yarasi xastaligini davolagandan so'ng, oshqozonni jarrohlik yo'li bilan davolagandan keyin, o'pka silini davolash davrida, suyaklar singanda, kamqonlikda, yurak qon-tomiri faoliyatini davolash davrida sut mahsulotlariga teng keladigan ozuqa yo'q.
Faqat ayrim holatlardagina sut ichish vaqtinchalik tavsiya etilmaydi. U ham bo'lsa ichaklar qattiq shamollaganda va oshkozon ichakda o'tkazilgan jarrohlik muolajalardan so'ng bir necha kun davomida sut va sut mahsulotlarini isteʻmol qilish ta’qiqlanadi. Sababi, shamollagan joyni yoki yara ustini sut ac, hishtiribbitishini susaytirishi mumkin.