Tarbiya va Tarbiyat
Matn:Abu Tolib hazratlari g'oyibdan Rasulilloh janoblariga shunday savol berdilar:
Jamiyatdagi qusurlar, kishilar qalbidagi nopoklik qaydan paydo bo'lgan! Parvardigorimiz barchamizni bir pokiza axloqlardan bahramand etganlar-ku!! G`oyibdan ancha vaqt javob bo'lmadi. Oradan bir qancha muddat o'tganidan so'ng, kunlarning birida Hazratning huzuriga bir kishi kelib, o'g'lining yurish-turishidan shikoyat qilib unga yaxshi tarbiya berolmaganidan, el-yurt oldida yuzi shuvut bo'lganidan nola qilibdi. Afv etgaylar, dedilar Abu Tolib, kim bo'lursiz, qayerliksiz! Meni tanimaganingiz tabiiy. Savolingizga javob bermoqdin avval bilmog'im joiz bo'lgan narsalar bor. Bajonidil rozi bo`libdi kishi. Yoshligingizdagi kasbi-koringiz,hozirgi yumushingiz xususinda so`zlab beringiz. Kishi bir zum sukut saqladi, so`ng so`z boshladi: -Hazrat, yoshligim besaranjom o'tdi. Otamning ilm ol deya koyishlariga aslo inobat qilmadim. Yoshim ulg`ayib, avval hammollik qildim. Uylanib oila tebratishga quvvatim yetmay,nopoklik yo`liga kirdim.Men kirmagan ko`chaning o`zi qolmadi. Siz ekkan daraxtigizning mevasini yeyishga majbursiz. Uning achchiqligi ham shirinligi ham mehnatingiz, mehr- muruvvatingiz oqibatidandur. O`glingiz necha yoshda! – deb so`radilar Abu Tolib gap so`ngida Yigirmani qoraladi. Ani to'g'ri yo'lga solmoqlikka vaqt bor ekan. Ani mening huzurimga yuboring...
Xulosasi: ey o'g'il, farzandingni tarbiyalashdan avval sen o'zingni tarbiyala. Tarbiya ko'rgan oiladan tar- biyali, fazilatli, bilimli kishi balog'atga etgay. Shunday naql bor: o'g'rining bolasi to'g'ri bo'lmas, agar ul ota farzandi bo'lsa....
goyibdan ovoz keldi.
-Huzuringga borgan kishi men edim Odamlarni tarbiyati va tarbiyasi uchun senga vakolat beraman...
Abu Tolib hazratlari o'zlarining ming bir maslahatlarini shu tariqa qog`ozga tushurdilar.
(Bu o'rinda Abu Lays as-Samarqandiy o`z kitoblarini nazarga solgan ersalar ajab ermas) Bo'lib o'tgan suhbatdan so'ng, bir haftadan keyin Abu Tolib hazratlari huzuriga nobop tarbiyali o'g'il kelibdi. Hazrat yigitga hech bir so`z aytmabdilar. Talablari shu bo'libdi.
- Men bilan qirq kun birga bo`lursiz.
-Ma`qul. yigit pand-nasihatga tobi yo'qligidan shunday javob qilibdi.
Juma namozidan so'ng Abu Tolib hazratlari shogirdlari yoniga tarbiya qurmoqda mushtoq bo'lgan yigitni olib, bir mashvaratga yo'l olibdilar.
Shogird ostonada ta`zim bilan to`xtabdi. Qo'lini ko'ksiga qo`yib, davra ahliga salomini izhor qilibdi. Yigit esa hazratlari bilan izma- iz, kattayu- kichik bilan bir ohangda qo`l berishib ko'rishibdi. Davradagilar yigitni hazratga yaqin kishi deb o`ylab mulozamat ko'rsatibdilar. Turli savollar bilan aning boshini garang qilibdilar. Anglabdilarki, yigit davraga, aning iqlimiga mos ermas.Yigit ham shogird kabi ostona poygagidan joy olmaganiga afsuslanibdi. Tashqariga chiqqanda:
-Ustoz, meni ne uchun bu ahvol- ga soldingiz! deb nolalanibdi. Abu Tolib hazratlari shunday javob kilibdilar: Ey o`g`il, salomlashish yarim tarbiya. Salom aligingga qarab kishilar sening madaniyatingga baho berurlar. Qulog`ingda bo`lsin kim, kichiklarga avval qo'l uzatib, alar birlan sizlashib so'rash, o'z tenglaring bilan istagancha hazil-mutoyiba birlan so`rash, kattalar oldida ersa o'z hurmatingni saqla. Izzatingni saqla!
(Boshi o'tgan sonda. Davomi bor).