Qon tozolovchi jonzod

By Mirzamir Mirzasharipov …, in 2003

Bahor keldi deguncha baʻzi kishilar tibbiyot zulugini izlab qoladilar. Buning sabablari bor. Zuluk soluvchi kishilardan: "Nima sababdan zuluk soldirasiz" - deb so'rasangiz: "Harom qon tinchlik bermayapti, yuz-quloqlarim lo'qillab og’riydi, qichishadi. Zuluk soldirmasam yara toshib ketadi, badanimning baʻzi joylarida yorilish paydo bo'ladi", deb javob berishadi. "Harom" qon haqiqatan bormi? Buni tibbiyot xodimlari tajribalar asosida tasdiqladi. Kishi qon tomirlari "devorlari" shamollashi, yalliglanishi sababli tomirlarning ayrim qismlarida to'siqlar paydo bo'ladi. Natijada, qon tomirdan normal o'tmaydi. Solingan zuluk esa to'siqni izlab topadi va quyilib qolgan qonni so'rib oladi. Qonning yurishi normallashadi. Kezi kelganida, qiziq bir misol keltiramiz. Matbuot xabariga ko'ra, Amerikalik bir bolaning kulogini it tishlab, uzib oladi. Shifokorlarning saʻyharakatlari tufayli quloq joyiga tikiladi. Ammo, ha deganda ulangan quloq suprasiga qon yurmaydi. Nima qilish darkor, Shunda zuluk yordam berdi, quloqda qon aylanishini tikladi! Ha, bir necha o'n yillar muqaddam ko'pgina amaliyotchi shifokorlar ayrim xastaliklarni davolashni zuluklarsiz tasavvur ham yetisha olmas edi. Ulardan juda keng, yurak xastaliklaridan tortib, to bo'g'in xastaliklarini davolashgacha foydalanishar edi. Zuluklarni muayyan darajada fan-texnika taraqqiyotining qurboni desa bo'ladi, chunki qisqa vaqt ichida ularning o'rnini mukammal deb tahmin qilingan dorivor vositalar egallagan edi, ammo bir necha yil muqaddam, bir qator G’arbiy Yevropa mamlakatlarida va AQShda zuluklar el og'ziga tushib qoldi. Bunga Uellsda zuluklarni o'rganish va ko'paytirish bo'yicha maxsus laboratoriya tashkil etgan ingliz shi- fokori Roy Soyer ilmiy tadqiqotlari va tajribalari turtki bo'ldi. Roy Soyer texnika va dorishunoslikning eng so'nggi yutuqlari ham ko'xna zuluklar o'rnini bosa olmaydi, degan xulosaga kelgandi. Shifokor Soyer tajribalari yo'li bilan zuluklarning asosiy siri ularning nodir komponentlari bo'lgan so'laklarida ekanligini isbotladi. Yurak-qon tomirlari, tranboflebit, gipertoniya (qon bosimi oshishi) xastaliklarining jarrohlik aralashuvidan so'ng qon aylanishini tiklashda, shuningdek bir qator boshqa xastaliklarda zuluklar xizmatidan foydalanish mumkin. Darhaqiqat, tosh asri davolash usuli tibbiyotda atom asriga yordamga kelmoqda. Shunisi qiziqarliki, zuluklar asosida yangi dori turi "Tiyavit" yaratildi. Bu yangi dori tromboflebeda, parishonxotirlikka qarshi, qon bosimini pasaytirishda malhamdir. Lekin bu dori turi hozircha ommaviy ravishda ishlab chiqarilgani yo'q sinovdan o'tkazilmoqda.
Tibbiyot zulugi Kavkazda, Ukrainada, Moldaviyada ko'plab uchraydi. Moskvada maxsus biofabrikada zuluklar bor. Zuluklar ko'lmak yoki suv o'ti ko’p bo'lgan, lekin oqadigan suvlarda hayot kechiradi. Zulukning tanasi cho'ziq, yassi, bir tomonga qarab torayib boruvchi bo'lib, 90 sog’ligingiz boyligingiz A 100 ta halqadan tashkil topgan. Uning bosh tomoni ingichka bo'lib, ikkita so'rg'ichi bor. Dorixonadan olingin zuluklar maxsus shisha idishlarda saqlanadi. Idishdagi suvni har kuni yangilab turish lozim. Quduq va vodoprovod suvi zuluk uchun zararli. Bunday suvning oz mikdordagisi ham uni nobud qilishi mumkin. Yosh va qari, timqora zuluklar ishlatilmaydi. Har bir zulukka bir marotaba qon so'rdiriladi, xolos. U qon so'rayotganida o'zidan qonning ivimaydigan girudin fermentini ishlab chiqaradi. Bu ferment zuluk qon so'rayotganda, uning so'lagi bilan birga kishining tomiriga o'tadi va qonning ivishiga yo'l qo'ymaydi. Zulukni quritib, asalga solib yalansa, tomoq og'rig'ini qoldiradi, buyrakdagi toshlarni maydalashda yordam beradi. Tuyib, aloe bilan qo'shilgani esa bavosil yarasini kuritadi. Surkalganda esa dog'larni ketkazadi. Zuluk kuygandan keyin sovuq suv ichmaslik kerak. Achchiq, sho'r narsalardan ham emaslik lozim. Zulukni qo'yishdan avval bemor kishining aʻzosi qizarguncha ishqalanadi, so'ng zuluk qo'yiladi. Zulukning shishganiga qarab, uni to'ydi deb gumon qilib, kuch bilan ajratishga urinmaslik kerak. To'ygandan so'ng o'zi tushib ketadi. Yoki tushirish zarur bo'lsa, ozgina kul yoki tuzdan og'ziga sepilsa yoki piyoz tekkizilsa, darhol tushib
ketadi. Zulukni erta bahordan to o'rik gullaguncha qo'yish kerak, xalos. Boshqa fasllarda yordam bermaydi. Zulukni shifokor maslahatiga ko'ra qo'llash kerak.