Qadringga Yetmadim
Siz bilan bir maqola yuzasidan gaplashmoqchi bo'lib keldim, - dedi tahririyatga kirib kelgan yoshi 40-42 lar atrofi- dagi yigit.
- Qaysi maqola ekan?
- Gazetangizda chiqqan "Qiz farzand emasmu?" degan maqolani o'qiganimdan beri meni necha yillardan beri qiynab kelayotgan, o'zimdan boshqaga ma’lum bo'lmagan bir voqeani hikoya qilib berishni dilimga tugib qo’ydim..Qani bo'lmasa? eshitaylik-chi
- Turmush o'rtog'im bilan 1988 yilda oila qurdik. Vaqt o'tib uch farzand ikkita o'g'il, bir qizli bo'ldik. Bir qiz... Hammasi shundan boshlandi. Uch yoshga to'lganda xotinim qizalog’imizga singilcha bo'lishini xoxlayotganini tez-tez takrorlaydigan bo'lib qoldi. Men esa uning bu orzusiga unchalik hushim yo'qligini aytdim. Deyarli har kuni shu mavzuda gap ochadigan bo'lib qoldi. Xudodan astoydil so'ragan ekanmi, tez orada bo’yida bo'lib qolganini aytdi.
Tug’risini aytsam, bu xush-xabardan ko'pam xursand bo'lmadim. Aksincha, xotinimdan bolani oldirib tashlashni talab qila boshladim. "Biror tayinli ish joyim yo'q bo'lsa, yana tug’sang, 4ta bolani qanday ep- laymiz", deb xotinimga uqtirardim. U bechora esa menga taskin berar, yaxshi niyat qilishimni, farzand bergan Alloh, rizqini ham berishini tushuntirishga harakat qilar edi. Men uni abort» qildirishga ko'ndi- rolmadim.
Homila olti oylik bo'lganda shayton vasvasa qila boshladi: "Bir janjal chiqarginu, o'zingni bosolmagan bo'lib. xotiningning qorniga tep, hammasi sen o’ylaganday bo'ladi", - degan shumniyat ko'nglimga ora- ladi. Allohning qahridan qo'rqmay, men hammasini chiroyli boshladim. Arzimas narsadan janjal chiqarib, hech narsadan xabari yo'q xotinimni qorniga zarb bilan musht tushirdida, zarda bilan eshikni tepib, ko'chaga chiqib ketdim. Bir necha soatdan so'ng uyga kirib kelganimda xotinim mukka tushgan qornini silab yotar, ko'zlaridan shashqator yosh oqar edi. Meni ko'rib o'rnidan turib o'tirdi. Tinmay qornini silagan qilmagan gunohi uchun mendan uzr so'rardi... - Xotiningizning o'ziga og’ir shikast yetkazishdan qo’rkmadingizmi? qaydam, o'sha paytda fikr-u xayolim boladan qutulish bo'lib qolgan edi. Xotinim "Tez yordamida kelgan do'xtirga: "Yiqilib tushdim", deb aytdi. Xomilaga ozroq shikast yetgani, bu unchalik xavfli emasligini aytgach, bechora xotinimning sal yuzi yorishgandek bo'ldi. Shu voqeadan so'ng taqdirga tan berishga majbur bo'ldim..... Nixoyat biz kutgan kun yetib keldi. Xotinim bilan tug'ruqxonaga kirib keldik, uni qo'lidan yo'llanma bilan ichkariga olib kirib ketishdi, men tashqarida kutib turdim. Bir necha soatdan keyin ichkaridan xamshira chiqib keldi. "Siz o'g'il kurdingiz, tabriklayman",- dedi. Bu xabarni eshitib o'zimni yo'qotadigan darajada angrayib qoldim. Men: "Qizchalik bo'ldingiz", degan gapni kutib o'tirgan edimda. Ko'z oldimda men qizaloq deb xayol qilgan xomilani qanday qilib yo'qqa chiqarmoqchi bo'lib qilgan harakatlarim, bechora xotinimning soatlab qornini silab yig’laganlari kino lentasidek o'ta boshladi. Tug'ilajak farzandimiz favqulodda o'g'il bo'lib tug’ilishi mumkinligi sirayam hayolimga kelmagan ekan. Shunda ham: "Yaxshiyam qiz tug'ilmabdi", degan o'y miyamda bir zum paydo bo'ldi-yu, o'rnini yana shodlik egalladi. O'zimda yo'q xursand edim... Ammo xursand bo'lishga hali erta ekanligini, oldinda bir umrlik g'amu tashvish kutib turganini bilmagan ekanman. - Biror ko'ngilsizlik ro'y berdimi?
- O'shanda tug'ilgan kunim edi. Biz uchun aziz, farzandlarimiz orasidagi eng sog'lom va baquvvat bo'lgan 3 yasharli qizimiz kuppa-kunduz kuni, o’ynab o'tirgan joyida bir ingradi-yu, yoniga qulab tushdi... Avvaliga hayron bo'lib, uni ko’tarib oldim. Karasam ahvoli jiddiy. Shoshib qoldik. To duxtirlar kelgunicha qo’limda jon berdi... Suxbatdoshimning ko'zida yosh aylandi.
- Do'xtirlar aniq tashxis qo'ya olishmadi. Shunga ham ancha yillar bo'ldi. Xotinim hanuzgacha duch kelgan do'xtirdan qizchamizning o'lim tafsilotlarini so'ragani-so'ragan. yursam xam, tursam ham qizalog'imizning shirin-shirin qiliqlari, erkalanib gapirishlari ko'z oldimdan ketmaydi. Xotinimning yuziga qarashga yuragim betlamaydi. Uning iztiroblarini tasvirlab bera olmayman. Farzandimizning o'limiga faqat o'zimni aybdor his qilaman. Niyatimga yarasha jazolandim.Xozir oilam bilan tinch-totuv yashayapmiz, hech narsadan kamchiligimiz yo'q. Ammo... Qiz so'rab Alloxga qilgan barcha iltijolarimiz besamar ketyapti. Xotinim: “Bolalar uyidan birorta qizchani asrab olaylik”, - deyapti. Qiz ham asrab olarmiz, lekin u mening qalb jarohatimga malham bo'larmikan? Shu kungacha meni qiynab kelayotgan azob otashidan qutqazarmikan, qilgan gunohimni yuva olarmikanman? Ismini shartli ravishda "Mu- xammadjon deb atashni iltimos qilgan bu yigitga nima deyishim mumkin edi? So'zlaridan, o'zini tutishidan achchiq iztirobda ekanligi shundoq ham bilinib turibdi...
Nima uchundir oilada o'g'il tug’ilsa xursand bo'lamiz, ayniqsa otalar... To’g’ri, o'g'il otasiga yo’ldosh, yelkadosh, avlod davomchisi... Ammo qiz bolaning ota- onaga mehribon, jonkuyarligini xech narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Qiz bolasi bor xonadon saranjom-sarishta, fayzli bo'ladi. Hammaga ham xoh o'g'il, xoh qiz bo’lsin, oqil, odobli farzand nasib etsin. Muhammmadjonga siz nima degan bo’lardingiz, aziz muxlis.