Ayolning Sirli dunyosi
Muso alayxissalom so'radilar: "Ey rabbim, odamzod senga qanday shukr qiladi?" Alloh dedi: “Neʻmatni mendan deb bilsa, o'sha uning qilgan shukridir"Xadis Aql qomatimiz, sog'lom harakatlari- miz, istarali ko'rinishimiz bilan ko'chalarni to'ldirib, atrofdagilarning havasini keltirib o'tib boramiz. Ko'nglimizga g'urur to'ladi: "Nafsilamrini aytganda, ancha-muncha odamdan ko'rinishim tekis, bu men-da!", deb qo'yamiz va atrofga tepadan pastga qaraganday nazar solamiz! Mana shu turish xaqni unutishning bir ko'rinishidir! Xo'sh, siz bu to'kis suratingizni o'zingiz chizib oldingizmi? Bu qomatlarni o'zingiz bino etdingizmi? Bu mukofot sizning chekingizga Allohning muruvvati bilan tushib turibdiku! Va bu sazovorlik evaziga siz nima qaytardingiz? Hech bo'lmasa raxmat aytdingizmi? Talay noto'g'ri jihatlaringiz borligini o'zingiz bilib turasiz, bu tuxfalarga munosibmanmi yo yo'q deya, o'z mag'zingizni bir baholab ko'rdingizmi? Agar o'zingizni taftish eta bilganingizda edi, Yaratganga yig'lab yurib, tinmay shukronalar aytgan bo'lardingiz, menga bergan hadyalaringga meni munosib aylagin deb iltijo qilardingiz. Siz kabi chiroyli qomatlari bo'lmasa-da, ne-ne go'zal ishlar irod etayotgan kishilarning oldida xijolat chekardingiz, feʻl-u atvoringizni rostlashga tushardingiz. Shukronalik kishining qiyofasi shunday bo'lur, birodar!
Sizning ixtirochi miyangizni, nomingizni mashhur qilgan qalamingizni, mansabdorlik kursingizni yoki hofizi asilligingizni bergan Allohdir. O'zingizga aytilgan hamma ofarinlarni Unga yo'llamog'ingiz, bu isteʻdod Yaratganning sizga imtihon uchun berilgan omonati ekanligini har daqiqada his etmog'ingiz va o'zi istagan vaqtda sizni bu neʻmatdan mahrum etishi mumkinligiga iqror bo'lib turmog'ingiz darkor! Ana o'shanda kibrdan nari yurasiz, haromdan xazar qilasiz. Allox bergan isteʻdod, qo'l-u oyoq, ko'z-u til, dilni behudaga isrof qilishdan tiyilasiz!
Hikoya qilishlaricha, mashhur Eynshteyn Xudoni tan olmas ekan. Xastalangan olimning ahvoli og'irlashib, jon taslim qiladigan vaqti yetibdi. Ammo hadeganda joni uzila qolmasmish. Uning qiynalishidan atrofdagilar ham qayg'uga tushibdilar. Va nixoyat bir do'sti unga: "Bu vaziyat Alloxdan. Uni tan ol, nimaga erishgan bo'lsam, Sen tufaylidir, mendagi hamma imkonlarni beruvchi o'zing, jon achchig'idan ham o'zing xalos qil deb so'ra",- debdi. Bemor shu so'zlarni aytib bo'lishi bilan joni tanidan uzilgan ekan... Hamma narsani Alloxdan deb biluvchi odam atrofga mexr va ixlos bilan qaraydi. "Yaratganning neʻmati" deya xech narsani isrof va payhon qilmaydi. "Alloxning bandasi" deya, kishiga ozor bermaydi. Birovning molini o'g'irlamaydi, chunki birovga bu molni berguvchi ham Yaratganning o'zidir, bandani tunash Alloh- ni tunashday gap! U bilan o'zi hisoblashadi!
Hamma narsani xaqdan deb bilgan odam birovni kamsitmaydi, uning bor fazilatiga bepisandlik ko'rsatmaydi. Chunki kimsadagi fazilatlar ham o'zi tomonidan berilgan, uning egasini kamsitsang. Yaratganni mensimagan bo'lasan! Bu senga qimmatga tushadi. Deylik, sen bir solih kishini o'zingga raqib saylab, dilini nohaq so'zlar bilan ustma-ust yaralading. U bechora dil ogrig’i bilan ovora bo'lib, seni qarg’agani ham yo'q. Ammo yoqa ushlaydigan darajada tez muddatda Allox xonumoningni motamsaroga aylantiradi. Sen agar hasad va qasd bilan birovni burchakka sursang. Xudo seni qaytib turolmaydigan qilib erga ko’tarib uradi! O'zi yaratgan ne’matlariga Allohning o'zi ximoyachidir!
Xamma narsani Yaratgandan deb bilgan odam va unga doimiy shukronada bo'lgan odam yo'qotgan narsalariga xam pushmon qilmaydi. Nainki, Allohning hamma ishi yaxshilikkadir. Yaʻni, bir noxushlikdan keyin, albatta qo'shaloq quvonchga muyassar etadi. yoki seni katta bir qayg'udan asrash uchun, kichikrok tashvishga ro'baro' qiladi. Demak, boshingga tushgan yomon kunni xam xakning marhamati deb bilish va shukr qilish adolatdandir.
Rivoyat qilishlaricha, bir odam o’g’illaridan birini olib sayoxatta chiqibdi. Qismatni qarangki, sayoxat paytida o’g’lini ot tepib o'ldiribdi. O'zining esa oyogidagi qorason kasalligi kuchayib, uni kestirib tash- lashga majbur bo'libdi. Safardan qaytib, uyiga kirar ekan, ahli ayolini tinchlantirib debdi: "Qo'rqmanglar va mamnun bo'linglar: Alloh menga to'rt farzand bergan edi, bittasini olib, uchtasini qoldirdi, shunisiga shukr. Ikkita oyoq bergan edi, birini qoldirdi, bunga ham shukr. Bir marta dard tortdim, ammo tanam uzoq vaqt salomat yuradigan bo'ldi. Ko'rdingizmi, Alloh mendan ozgina narsani olib, ko'pini qoldirdi", - debdi ming rizolik bilan Xol so'rab kelgan, o'sha davr ilm axlidan bo’lgan bir kishi unga yanada siporok fikrni aytibdi: "Ey Abu Abdullox, siz xursand bo'ling. Chunki aʻzolaringizdan va bolalaringizdan biri sizdan oldinroq jannatga kirdi. Alloh xohlasa, butun qismga ergashgusidir. Alloh taolo bizga sizning ilmingizni qoldirdi, biz shunga muhtojmiz. Hisob-kitob qiluvchi Yaratganning o'zidir".
Yana bir xadisdagi chiroyli hikoyat esimga tushdi: jangda asir olinganlarning ichida bir yosh juvon at- rofga bezovta qarar, hadeganda xali u go'dakni, hali bu go'dakni bag’riga olib emizar edi. Bunga razm solib turgan Rasululloh s.a.v yonidagilarga dedilar: "Anovi ayol o'z bolasini o’tga tashlay oladimi?"-dedilar. Yonidagilar: "Yo'q, aslo tashlay olmas", dedilar. Shunda u kishi: "Alloh taolo uz bandalariga bolasiga mexribonchilik qilayotgan manavi ayoldan xam mexribonroqdir!"- dedilar. Shunday, birodar, Yaratganning borligiga kunda ming bora shukr keltiraylik. Shukronasi bor odam baxtli odam. chunki xudo unga tahlil quvvatini bergan va u o'zining har qanday axvolotidan orom, yupanch topa oladi.