Qishloqda Modelyerlar ko’paymoqda
Oq oltin tumanida xotin-qizlarni ish bilan taʻminlashga alohida eʻtibor berilmoqda.
Yoshlar o'rtasidagi ishsizlik muammosini bartaraf etish uchun tumanda "Jamila" bichish-tikish markaziy bo'limini ochdik, dedi tuman xotin-qizlar qo'mitasining raisi Oydin Asrorova "Turkiston Press" muhbiriga. - Bundan tashqari, yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha hokimlik qabul qilgan dasturda maktablarni bitirayotgan qizlarga bichuv-tikuv kasbini o'rgatish ko'zda tutilgan edi. Tashabbusimizni "Jamila" markazi rahbari Jamila Mamasharipova qo'llab-quvvatladi.
- O. Asrorovaning taʻkidlashicha, dastlab "Jamila"ga modeler bo'lishni orzu qilgan 27 nafar qiz-juvon jalb qilingan. Ularga yuqori malakali mutaxassislar kasb sir-asrorlarini o'rgatishgan. Qizlar qiska vaqtda bichuv va tikuv ishlari uchun zarur bo'lgan malakani egallab olganliklarini namoyish etgach, bitiruvchilarga bichuvchi-tikuvchi modeler degan mutaxassislik diplomi berilgan.. Tumandagi bir vaqtlar ancha dovrug’i doston bo'lgan "Karrera" O'zbek-Italiya qo'shma korxonasi keyingi yillarda turli sabablarga ko'ra o'z faoliyatini to'xtatib qo’ygandi, deya so'zida davom etdi O. Asrorova.
- Bu yil uning to'liq ishlashi uchun imkoniyat yaratildi. Shularni xisobga olib Jamila Mamasharipova rahbarligidagi mutaxassislar yana 60 nafar qiz-juvonlarga kasb sirlarini o'rgatishadi. Chunki birgina "Karrera" uchun kamida 240 nafar ishchi kerak.