Serjant polkovnikni qo`lga tushirdi

By Dam olish …, in 1991

Dam olish kuni edi, Milisiya katta Serjanti M. Shamilov sayr qilish uchun xalq xo'jaligi yutuqlari ko'rgazmasiga yo'l oldi. Ko'rgazmada bir kishi unga haydovchilik guvohnomasini sotib olishni taklif qildi. Serjant o'z navbatida militsiya xodimi ekanligi haqidagi guvohnomasini ko`rsatdi. Biroq «sotuvchi» bo'sh kelmadi, grossmeysterchasiga yurish qilib, cho'ntagidan militsiya polkovnigi ekanligidan guvohlik beruvchi hujjatni ko'rsatdi. Ammo Shemilovning o'tkir nigohi guvohnomadagi surat bilan qarshisida turgan kimsaning o'xshamasligini ilg`ay oldi. Serjant undan guvohnomani olmoqchi bo'lganida «polkovnik» o'zini butalar orasiga urdi. Lekin militsiya starshinasi M. Sadiboevning yordamida noma`lum shaxs qo'lga olindi va Olmaota shahar, Kalinin tuman ichki ishlar bo'limiga topshirildi. Firibgar ilgari ham qonunni bir necha bor buzgan kimsa ekanligi aniqlandi.