Toshkentdagi bilim yurtlarining birida o'qiyman
Men Toshkentdagi bilim yurtlarining birida o'qiyman. Guruhimizda oltitagina qizmiz. Biz ancha bosiq- miz, shu bilan boshqa gurux qizlaridan farq qilib turamiz. Lekin dugonamiz Shaxnoza xayotda katta xatoga yo’l qo'ydi. Ochig'ini aytganda, u qiz bolalik g’ururini yo'qotdi, o'z nomusini toptadi.
Xullas, qizlar ichida o'zini husni bilan, pazandaligi bilan ajralib turadigan dugonam, bugun asli qana- qaligini isbotladi. Dugonam Shahnoza bir yigit bilan sevishib yurardi. Lekin men Ravshanning sevgisiga ishonmasdim. Bilmadim, nima uchun, menda Ravshanga nisbatan ozgina nafrat hissi bor edi. To'g'ri, Ravshan kelishgan, chiroyli yigit edi. Ammo... faqat bitta "ammosi bor. U ko'p qizlar bilan uchrashar, men buni Shanozaga aytsam, ishonmasdi. U buni oddiy "mish-mish» deb o'ylardi. Sevgi uning ko'zini ko'r, qulog'ini kar qilgandi. Mana shuning uchun xam u shunday axmoqlikka yo’l qo’ydi..
31 dekabr kechasi Ravshan Shaxnozaga qo'ng'iroq qilib ko'chaga chiqishini va birga aylanishni so'rabdi. Albatta Shaxnoza bu taklifni rad eta olmabdi. Tungi soat ikkilarda Shahnoza» ko'chaga chiqqan. Ular uchrashibdilar, ko'p aylanibdilar va Ravshan Shahnozani uyiga taklif qilibdi. Ravshanning ota-onasi va singlisi mehmonga ketishgan ekan, Shunday qilib Shaxnoza o'z qizlik nomusini shu kecha yuqotibdi.
Dugonam u paytda endi 16 yoshni qarshilagan adi. Uch oylar chamasi vaqt o'tib, Shahnoza ancha holsizlandi, o'zini yomon sezdi. U men bilan so'zlashayotganida birdaniga o'zgarib qolardi, ko'ngli aynib darsdan javob so'rab ketadigan odat chiqardi. Bu paytda men xali xech narsadan xabardor emasdim. Nimagadir bu sirni u mendan yashirdi. Aslida esa biz bir- birimizdan hech narsani yashirmas
Bu odat tobora tez-tez qaytariladigan bo'ldi va u aprel oyida doktorga birga borib kelishni iltimos qildi. Doktorga ketayotib yo'lda hammasini gapirib berdi. Men anchaga» xamma gapirgan gaplariga na ishonishni, na ishonmaslikni bilmadim. Shunday aqlli, xushchaqchaq dugonam . jinnilik qilib bunday ishga qo'l urganiga hamon ishona olmasdim.
Xullas, doktorga bordik. U Shaxnozaga tibbiy ko'rikdan o'tishi uchun ko’rsatma berdi. Shu kunni o'zida bir necha analizlarni topshirib, uyga qaytdik.
Bir xaftadan so'ng doktorga borib noxush xabarni eshitdik. Shaxnozaning ikki oylik homilasi bor ekan. Buni eshitib u yig’lab yubordi. Ota- onamga nima deyman? Mahallada nima degan gap bo'laman?", degan xayollar boshidan kechdi. Eng katta tashvish esa Ravshan bilsa nima bo'ladi?" degan savol bo'ldi.
Doktordan chiqqanimizdan so'ng u xomilasi borligini anchadan beri bilishini va aniq tasdiqlanishini istagani uchun tibbiy ko'rikdan o'tganini aytdi. Avvaliga jahlim chiqqan bo'lsa, ayni shu vaqtda unga qan- day taskin bersam ekan?-deb o'ylanardim.
Bir oydan keyin uni ota-onasi bundan xabar topdi. Ona mayli, o'z qizini bir amallab tushundi. Ota esa... Adasi mansabdor shaxs bo'lgani uchun uni kechira olmadi. Qiz bilan umuman gaplashmay qo'ydi.
tezda Shaxnozaning oyisi Ravshanlarnikiga bordi. Uyda to'palon boshlandi. Shaxnozaning oyisi: "Ravshan Shahnozaga uylanishi kerak",-desa Ravshanning onasi: "Homilador qizingga boshqa er top, derdi. Xullas, kechqurun Ravshanning otasi bundan xabar topdi. Bir xaftadan
keyin ikkala ota-ona ham yaxshilab gaplashib olishdi. Ravshan xaqiqatan shu homila undanligini tan olibdi. Toy yashirincha bo'ladigan bo'ldi. Xullas, to'y bo'lib o'tdi. Afsuski, ota-onalar orzu qilganlaridek emas, Boshqacha to'y bo'ldi.
Xozir dugonam tinch yashab yuribdi. Xali ko'zi yorimagan. Hammamiz intizorlik bilan shu kunni kutib yuribmiz. Ravshan oliy o'quv yurtini 2-kurs talabasi. Shaxnoza esa o'qishni tugatib, uy bekasi vazifasini bajarmoqda
Lekin kimga kerak bunday taqdir yoki qaysi bir ota-ona bolasining baxti shunday belgilanishini istaydi. Menimcha, xamma ayb qizlarimizda... Agar qizlar o'zlarini ozgina tuta bilsalar, iboli, xayoli bo'lsalar, bu kabi salbiy xodisalar ro’y bermasdi.