Pok Niyatlar Yo’ldosh Bizga
O'lkamizda fasli Bahor kezmokda. Har jabhada uyg’onish, yangilanish. Charaqlagan quyosh va yaxshilikka burkangan ona zamin ehtiroslarni junbushga keltiradi. Poklik va tiniqlik barhorning qonunlari. Shundan bo'lsa kerak, yuragimizda pok niyatlar jo'sh urib, vujudimiz kuch-g'ayratga to'lib toshadi.
Bahor muhabbat fasli. Samo zaminga roz aytib, ko'z Peshlarini jala qilsa, zamin boychechak, binafsha- larni mehrga to'ldirib quyoshga tutmoqda. Bulbul bu tog’da tong ottirsa, tol anxor ishqida majnunga aylangan. Qizlar shiviri yigit vadasi.....
Galaning qisqasi yurtimiz Navrӯz arafasida yangilanib, o'zgacha shukuh, o'zgacha fusun ila o'zini ko'z-ko'z qilmoqda. Navro’z yangi kun demak. Sharq mamlakatlarida azal-azaldan kun bilan tun teng bo'lgan 21-martda ekin-tikini boshlab yuborishadi. Xalq orasida shunday naql bor: Navro'zni bug'doy urug'i qadash bilan boshlagan dehqonning xonadonidan baraka arimas .Azaliy qadriyatlarning qadriga yetgan yurtdoshlarimiz Navro'z ayyomini ko'tarinki ruh, hamjihatlik va qaynoq mexnat bilan kutib olayapti. Mahallalarda, maktablar va korxonalar xovlisida nixollar o'tqazish, gum ko'chatlari ekish, ariqlarni tozalash ishlari avj olib ketdi. Hammayoqni sumalak hidi tutgan. Mahallalarda katta qozonlar talash. Yigitlar yer o'choqlari qazish bilan, kampirlar bug’doy undirish bilan ovora. Qizaloqlar tosh terishib bug'doy kabi endigina nish urayotgan dillari tubidagi istaklariga qo'shib sumalakka tashlashdi. Qozon tepasida duogo’y onaxonlar yurt- ga tinchlik, kasb-korga baraka tilab, bu ishlarga bosh bo’lishi. Shodligi ichiga sig'magan bolakay orzusini varragiga qo'shib ko'kka uchiradi. Navro'z bayrami munosabati bilan respublikamiz bo'ylab barcha viloyatlar, barcha tumanlarda sanʻatkorlarning qo'shiq va raqs musobaqalari bo'lib o'tmoqda, G’oliblar aniqlanib sovrinlar egalariga taqdim etilmoqda. Gʻoliblar poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi milliy bag’rida, Mustaqillik maydonida yurtdoshlarimiz uchun tomoshalar ko'rsatadilar. Navro’z boshlanishi bilan yurtimizda saxovat eshiklari ochilib, jaholat eshiklari yopiladi. Har kim tanish-notanishga, keksa yoshga qo'lidan kelganicha yaxshiliklar qiladi. Yomg’ir suvlari borliqning changini yuvib tashlaganidek, Navro'z qalblarimizdagi gina-qudurat, adovatlarni olib, o'zaro mehr-muruvvatimizni yanada oshiradi. Keksalar duosini olishga shoshamiz. Bemorlarga hamdard bo'lamiz, muxtojlarga hadyalar ulashamiz.
Bizning maʻnan boy, saxiy qalblarimiz bu ulug’ kunlarda yanada ravshanlashni
Bu yilgi Navro'z ayyomi ikki jihatdan muhimdir .Aniqrog’i bu 10% yilning ilk Navro'zidir. Bayram bilan boshlangan asrimiz bayramlarga to'liq bo'lsin. Iloxim. qolaversa, bu yil Mustaqilligimizning yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Mustaqilllik yilida qilingan o’n yillik ishlarimizni Navro’z kunlaridan boshlab sarhisob qilaylik.
Yurtdoshlarimizni Navro'zi olam bilan chin qalb dan muborakbod etar ekanmiz, ularning kunlari shodon, tunlari osoyishta, xayrli bo'lsin deb tilaymiz. Bahoriy kayfiyat, baxoriy shod-xurramlik kech birimizni tark etmasin. Eng ezgu niyatlarimiz ijobat topib, el-yurtimiz tarakkiy etaversin,