BAHOR KЕLDI. SUYUKLIGAN YOR KELMASMISAN

By Jahongir Fozilov, in 2001

Butun tabiatni nozli uyqudan uyg’otib, yana baxor keldi. Uning tashrifi, oshiq dillar muhabbatining kurtaklariga qayta jon baxshida etdi. Baxor ishq fasli. Bu damni visol mayin sipko’rganlar-u hijron azobida qiynalayotganlar ham, shirin xotiralar dargohida intilib intiqlar bilan kutadi. Baxor mening armanga arizam. tan birinchi muhabbatim xotiramda muxrlanib qolgan soddagina qishloq qizini yodimga soladi Goh baxor nasimiga aylanib uning oy xam rashk qilguvchi chehrasidan o'pich - jonsiz tanaga jon olsam, maysaga aylansamu oyoqlari ostida toptalsam-da, rozi edim. Imkon topib, jilg'alarda qalqib-qalqib oqib borayotgan bodom guliga qo'shilib uzoq-uzoqlarga muhabbat atalmish sexrli daryoga ketsam. O'shal qizning qirq kokiliga, qirq husn qo’shib, qirq rangda jilvalanayotgan tol-bargaklarga havas-u xasad bilan xayolan termulaman. Shu damda qumrining yuraklarni entiktirib yuborguvchi nolalari meni o'ylar og’ushidan halos etadi. Mening oshkor bo’lmagan sevgimni bolarilar, zirak taqqan daraxtlar qulog’iga hasrat ila kuyunib- kuyunib so'zlaydilar. Bundan bahor voqif-u qiz bexabar. Aslida kuzni sevaman. Bahor uning ismida mujassam bo'lgani uchungina bu fasl meni o'ziga jabl etadi.
Borlik oploq, go’yoki yovuzlik ustidan yaxshilik mangu g’alaba qozonib, buning sharofatiga ziyofat bermoq uchun zamin uzoq oppoq dasturxon go'shaganday. Bu yerda men kam xozirman. Faqat Sendan darak yo'q. yuragimga qo'shilib bahor bulutlari ham yiglaydi. Nahot, sen kelmasang!! Qalbimdagi tuganlar osmonni chok-chokidan so’kib tashlaguvchi chaqmoq, yanglig’ bag’rimni tilka pora etadi.
-Bahor keldi, kalbim sezar hijron yaqin,
Yuragimda uyg’onmoqda chaqmoq-chaqin,
Ilohiy ishq o’tida sen dilni yoqqan,
Men ishk ko’li, Sen bu ishqqa kulmasmisan.
Baxor keldi, suyukli yor kelmasmisan?
Oq ro’molni boshga o'rar momo bog'lar,
Kurtak yozar qalbimdagi hasrat, dog'lar,
Ko'ksimga bosh qo'ydi necha qizg’aldoklar,
Qizg’aldoqdan bir bora rashk qilmasmisan,
Bahor keldi, suyukli yor kelmasmisan?
Kaldirg’ochga aylanibon uchgim keldi,
Tor zamindan keng samoga quchgim keldi,
Gul o'rnida bir o'zingni quchgim keldi.
Bag'rimdagi oppoq gulim bo'lmasmisan,
Bahor keldi, suyukli yor kelmasmisan?
Munchoqdayin bu ko'zlarda pinxon sizlar
Jahongirni oshiq qilgan asli shular,
Yodga tushdi yana shirin xavotirlar,
Muxabbatdan sen xavotir olmasmisan