G’animlarni Qoldirib dog’da
Xolidaxon qizim! Dil izhoringizni to'kib, guldek kalbingiz afsusu nadomatlarga to'lganiga achindim. Mahmudjonga bo'lgan muhabbatingiz “yulduz ko'rmay, jon beribdi. Buni qarangki, sizga sevgi izhor qilgan maktabingizning eng oldi yigiti bo'lgan Mahmud siz qolib, o'zining ixtiyorisiz, otasining qistovi bilan amakisining Qiziga uylanib ketibdi. E vox, bizning odamlarimiz - Sizga nima bo'lgan? Radio, televideniya va barcha ro’znomalar yaqin qarindosh bilan turmush qurgandan keyingi muammolar haqida qayta-qayta bong urishiga qaramay, kattalar o'z bilganini qilib yoshlarning baxtsizligiga sabab bo'lganiga nima dey? Achinib yozishingizcha: "Hozir Mahmudning bir o’gil, bir qizi bor. Xotini bilan yaqin qarindosh emasmi, ikkala farzandi xam kasalmand", emish. Zo’raki, bu mushkulot boshkalar ko'zini ochsa...
Mahmud sizni haqiqatan ham sevgan bo'lsa. ikkingizning baxt taxtini qurishingizga astoydil intiladi.
Menimcha, Mahmud sizni yurakdan sevmagan. Chiroyingizni xavas qilgan bo'lsa kerak. Yozibsiz- ku: "Maqtanish emas-u, tengdoshlarim orasida eng oldi qizlardan biri men edim" deb...
Achinarlisi shundaki, Siz chiroyingizga mahliyo bo'lib, "Ishq boshqa, havas boshqa",-deb kuylanganidek xatoga yo'l qo'ygansiz.
Maxmud chinakamiga sizni sevganda edi, bo'lar ish bo'lgach, sizning holingizga achingan, tinch qo'yib xayotingizga aralashmagan, qo'shni yigitga siz haqingizda bo'lmagur ig’volarni tarqatib, yo'lingizga to'g'anoq bo'lmasdi.
-Mahmud bilan qo'shni yigitning siz haqingizda ig'vo tarqatishi yigitlarga nomunosib mayda gaplik, ig'vogarlik bo'lib, ularni nomardlik ko'chasiga kirganligidan dalolat beradi. Siz bundaylarni Allohga solib qo'yavering. Ular dilozorliklari uchun Allohdan "mukofotini olishlari aniq. Chunki hadisi shariflarda: "Birovni ko'nglini ranjitgan mendan emas" deyilgan, yaʻni dilozorlarga mo'minlar safidan o'rin yo'q ekan- ligini taʻkidlangan. Xolidaxon. "Yigitlarning bo'lmag’ur qiliqlaridan jonim hiqildog'imga keldi", -deb faryod chekmang. Hali osmon to'la bulut- lar tarqalib, quyosh charaqlab chikadi, bahtingizni Allohdan so'rang. Sizga baxt tilab qolaman.