Bir Sirdosh, yelkadosh hamroh izlayman
Ajrashganman, 3 ta farzandim bor, oliy maэlumotliman, chirchiqlikman, kelishgan, oqila, uyim-joyim deydigan mehribon ayolman. Oila qurishni istayman.
Boshim qotib qoldi, nima qilishga hayronman. Bolalarimni otasi tirik, lekin 5 yildan buyon ularni ko'rmagan, qanday chidab yuribdi ekan, nahotki farzandlarini ko'rgisi kelmasa, sog'inmasa? U kishi bizni tashlab, rus ayoli bilan yashaydi. O'sha ayolni 2 ta qizini boqadi. Menga hamma "baribir - qachondir qaytib keladi", deyishadi. Lekin 3 ta bolani issiq-sovug'i bor. Eh-he shu yillar ichida ne-ne qiyinchiliklarni boshimdan kechirmadim, faqat Xudoga ayon...
Yolg'izlik ham qiyin ekan, balki ko'pchilik meni tushunmas, farzandlari uchun yashayvermaydimi deb...
Shu yillar mobaynida menga xushomad qilib, gapirganlar ham bo'ldi. Lekin o'z boshimdan o'tgani uchun hech qachon birovni oilasini buzmayman. Meni faqat boshidan o'tgan tushunadi, deb o'ylayman.
Ich-ichimdan, tushkunlikka tushmaslikka shuncha harakat qilsam xam, baribir sezilar ekan-da... Farzandlarimga kuyib ketaman, tirik yetim bo'lib, ota mehriga zor bo'lib, o'sib ulg'ayishyapti.
Qaniydi, bu uzun mashaqqatli hayot yo'lida bir do'sti mahram bo'lsa, sirdosh, yelkadosh, mehribon bo'lsa deb orzu qilaman. Bormikan, shunday odam