Ayol O’z qadrini, o’z huquqini bilsin

By Nafisa Ahnayеva, …, in 2000

Taxririyatimizga Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Bobur Jamov xo'jaligi Xo’ja-Bog’ qishlog’idan bir shikoyat-ariza keldi. Shikoyat xati muallifi Aziza Jabborova, Xat mazmuni quyidagicha
"...Achchiq taqdirim meni qo'limga qalam olishga majbur qildi. Men tibbiyot bilim yurtini tugatganman, kasbim hamshira. 2 yil oldin ota-onam (o'zlari – ham yaxshi bilmagan) qo'shni Shanbe qishloqlik Abdurayim degan yigitga uzatishgan edi. Turmush o'rtog’imni ota-onsi yo'q ekan (Xudo rahmatiga olgan bo’lsin). Abdurayim bilan biz atigi bir oycha yashadik. Keyin... hammasi boshlandi-sababi haqoratlar, urib-so'kishlar, do'q-po'pisalar,
Men hammasiga chidishga majbur bo'ldim chunki homilador edim, erimning menga nisbatan bunday muomilasini hatto ota-onamdan ham yashirdim. Turmush o'rtog’im 3-guruh nogironi (chap qo'li ishlamaydi). Shu sabab u hech qayerda ishlamasdi. Moskvaga Borib kelib “biznes" qilardi. Bir safar Moskvaga meni ham o’zi bilan birga olib ketdi (o'shanda qornimdigi homilam besh oylik edi. U yerda ham erim uydagi hunarini ko'rsatdi. Kunda ichib kelib, to'polon qilardi. Men uning bu qiliqlariga chiday olmadim. "Nega bunday qilasiz, axir men sizga shu umidlar bilan turmushga chiqqanmidim?",-dedim, Erim esa: “Hali sen menga xo’jayin bo’lib qoldingmi, deb meni rosa kaltakladi. Bir mahal tayoq zarbi bilan boshim aylanib, aʻzoyi badanimda og’riq tuydim. Meni darhol tug'ruqxonaga olib borishdi. O'sha yerda 8 oylik bolam chala tug'ildi. Chaqaloq 15 kun yashab nobud bo'ldi. Farzandimni rus tuprog'iga "qo'yib" uyga qaytdik.
Yo’lda erim: "Uydagilarga churq etmaysan, bo'lmasa turmushimiz buziladi. U yoqni havosi to'gri kelmay bola chala tug’ildi deysan", deb meni yolg’on gapirishga undadi. Farzandimiz nobud bo'lganini eshittim ota-onam ham rosa xafa bo'lishdi, rangi- ro’yimga qarab ezilib ketishdi.
Shu zayl men yolg’on gapirib bo’lsada oilani saqlab qoldim. Bu orada yana ikkinchi farzandimga homilador bo’ldim. Homila 2 oylik bo'lgach, kuchli og’riq bilan kasalxonaga yotdim. Do’xtirxonada uzoq vaqt to bola tug’ilganicha davolanishga, vrachlar nazoratida bo’lishga to’g’ri keldi va nihoyat eson-omon ko’zim yoridi. Men ham ona bo'ldim, deb juda quvondim, ammo quvonchim uzoqqa cho'zilmadi. Erim tug'ruqxonda kelib “Shu yerdan to’g’ri uyinga ketaver menga ukol-dori bilan tug’ilgan bola kerak emas",-dedi va qaytib xabar olmadi. Men qattiq xafa bo'ldim. Men chaqaloqli bo’lib o'z otasining uyiga emas, qizlik uyimga ketishga majbur bo'ldim, 46 kun ota-onamnikida yashadim. Eng og'ir kunlarimga ota-onam yaradi. Bolani chillasi chiqib, sal o'zimga kelgach qishloq fuqarolar yig'ini raisi meni qo'yarda-qo'ymay erimnikiga olib borib qo'ydi. Kechkurun erim keldi. “Seni qaysi ahmoq olib keldi, nega kelding, ket yo’qol", deb kaltaklay ketdi. Men nima qilishni bilmasdan unga yalindim. Shunda u "Agar men bilan yasasang uramanmi, so'kamanmi, o'ldiramanmi hech kimni aralashtirmaysan ", -dedi. Biz yana birga yashay boshladik. Lekin u tirnoq ichidan kir qidirib urib, so'kib tinmay jan- jal qilardi. Qiynoqlari ko'payishga ko'paydiki, aslo kamaymadi.uyga olib ketishdi. Keyin men ota-onamnikida yashay boshladim. Sog'ligim bo’lmay ancha payt shifoxonada yotdim. Va nihoit o'g'il farzand ko'rdim. Otini Shahzod qo’ydik. Oradan ancha vaqt o'tishiga qaramay erim na mendan na bolasidan xabar oldi. Men nihoyatda ezilib, qiynalib ketdim. Sizlardan iltimos, mening ahvolimii tushunib, yordam berasizlar degan umiddaman...
Taxririyatdan: Mazkur shikoyat maktubini batafsil o'rganib chiqish, chora-tadbir qo'llash uchun Qashqadaryo viloyati bo'yicha muxbirimiz, ushbu maqola mualliflaridan biri Isok Sattorovga jo'natgan edik. Tekshiruv yuzasidan quyidagi javob maktubini oldik:
"Biz Shaxrisabz tuman Bobur jamoa xo'jaligi- da yashovchi fuqaro A. Jabborovaning shikoyat arizasini tuman hokimligi vakili, mahalliy maʻmuriyat xodimlari bilan birgalikda atroflicha o'rganib chikdik. Aziza tug'ruqxonada ekanligi tufayli u bilan suhbatlasha olmadik. Ammo, eri Shoimov Abdurayim hech bo'lmasa odamgarchilik yuzasidan biron marta xabar olmaganligi rost ekan, Naxotki bir yostiqqa bosh qo'ygan er-xotin oqibati shu bo'lsa, biz Azizaning eri Abdurayimning harakatlarida jinoyat alomatlari bor- yo'qligini aniqlash uchun shikoyat xati nusxasini Shaxrisabz tumanlararo prokurori Maxmud O'zbekovaga jo’natdik....
Taxririyatga ko'p o'tmay M. O'zbekovdan quyidagi javob xati keldi: O'tkazilgan tekshirishda maʻlum bo'ldiki, fuqaro Jabborova Aziza 1996 yil 9 avgust kunidan boshlab A. Shoimov bilan turmush qurgan. 1999-yil iyul oyiga qadar birga yaxshi yashagan. Ayrim hollarda turli kelishmovchiliklar bo’lgandir ammo men ayolimni hech qachon urmaganman qiynamaganman, Shu sababdan u biron joyga murojaat qil- magan. O'zim 3-guruh nogironiman. Chap qo'lim ishlamaydi. Moskva shahrida (akam o'sha yerda yashaydi davolanish uchun borganman. Xotinimini esa o'zini iltimosiga ko'ra olib ketganman. O'sha paytda u homilador edi. Uning buyragida kasali borligi tufayli bola tushdi. Vrachlar menga xotinimning "buyragida davleniya"si borligini, yaqin o'rtada tug'ish xavfli» «ekanligini aytishdi. Biz Moskvadan qaytib keldik. Xotinim yana homilador bo'ldi. Bo'yida bo’lgandan to tuqqunicha kasalxonada yotib, keyin bir qiz tug'di. Bu yerda ham do'xtirlar xotinimga tug’ish xavfliligini, uning qoni kamligini aytishdi. Shuning uchun men unga yana tug’ishini emas sog’lig’iga qara deb maslahat bergandim. Uning ota-onasi meni noto’g’ri tushunishdi. Lekin men uni hech qachon urmaganman"...
Aziza Jabboranining arizasida ko'rsatilgan belgilar o'z tasdig'ini topmadi.
M. O'ZBЕKOV
Shahrisabz tumanlararo prokurori, adliya kichik maslaxatchisi.
Mana konun posbonining javob xati bilan xam tanishdingiz. Go'yo hammasi joyidadek. Ammo negadir ikkita bolaning etim bo'layotgani, Azizaning moddiy taʻminoti xaqida na ota bo'lmish, na qonun himoyachisi o'z javob xatida lom-mim deyishmagan
Kaltak kelib ayolning boshiga tushgan, albatta uning boshida sinadida. Aziza erining urib bolasini nobud qilgani, tinimsiz kaltaklagani, xo'rlagani xakida vaqtida hech qayerga shikoyat qilmagani (haqiqatan tibbiyot ekspertizasi, guvoxlar kursatmasi yo'q) uchun qonun uning yozgan arizasini asossiz deb topdi va A. Shoimov suvdan quruq chiqdi. Lekin u qonundan ham ustun turadigan vijdon oldidagi javobgarlikdan qanday qutularkin? Shoimov prokurorga bergan xatida: "Men ayolimni urmaganman, kiynamaganman. Shu sababdan biron joyga murojaat qilmagan" deb yozgan. Bu gaplarga ishonaylik ham deylik. Unda nega Aziza 6-7 oydan beri onasinikida yashayapti. Men uzim ayol kishi bo'lganim uchun shuni aytishim mumkinki, agar ayol erining uyidan qo'nim topsa, u ota-onasinikida olti oylab emas, hatto bir kecha mexmonlikka ham qolishni istamayroq turadi. Qolganda ham uning xayoli ro'zgorida bo'ladi. Yana Shoimov o'z javobida: "Xotinimning ahvolidan xavotir olganligim uchungina unga tug’magin, deb aytgan edim", degan. Xo'p shunday ekan, "mexribon er"ning baxtiga hammasi xayrli tugab Aziza eson-omon qutulgan, o'g'il farzandli bo'lgan, nega bunday baxtni u shodlik bilan qarshi olmagan.
Maxsus muxbirimiz Isok Sattorov tekshirib xabar berganidek, Azizadan, uning bolasidan biron marta xatto odamgarchilik yuzasidan xabar olmagan. Axir tug'ish azoblarini tortib, ko’p qon yo'qotib, o'lim bilan olishgan ayoli oldida erkak xam masʻul emasmi? Dunyoda qonun bilan o'lchanmaydigan mexr-oqibat odamgarchilik, insoniylik kabi mezonlar ham bor-ku! Axir bu tuyg’ularsiz insonning insonligi qayerda qoladi?
Biz bu maqolani yozish bilan kimnidir qoralab, yana kimnidir oqlash niyatidan mutlaqo yiroqmiz. Bu qaytar dunyo har kim o'z qilmishi uchun bugun bo'lmasa, ertaga javob berishi aniq.
Lekin bizni boshqa bir achinarli muammo qiynaydi. Nega bizning ayollarimiz o'z qadrini. O'z haq-huquqini yaxshi bilishmaydi? Nega ular ko'pincha kaltaklarga, xo'rliklarga chidab miq etmay yuradilarda, keyin... Holdan toyib, bolalari yetim bo'lib, turfa azoblar jon-jonidan o'tib, umuman chorasiz holatga, boshi berk ko'chaga kirib kolganlaridan keyingina arz qiladilar. Nega ular o'zlarini o'zlari mana shunday yashashga mahkum etadilar? Menimcha baʻzi ayollarimizning fojiasi ham mana shu yerda. Azizaning erining undan voz kechishiga, bolalarini tirik yetim bo'lishiga, ruhan ezilib ota-onasinikida o'tirishiga kim aybdor? Balki eri bilan barobar Azizaning o'zi ham aybdordir. Agar biz Azizaning maktubini mulohaza qilib ko'radigan bo'lsak, unda Aziza: "kelin bo'lib tushganiga hech qancha vaqt o'tmasdan erim meni besabab urardi, so'kardi, lekin men chidashga majbur edim, chunki homilador edim", - deb yozadi xo'p mayli, Aziza hali dunyoga kelmagan bolasini yetim qilmaslik uchun yoki yoshgina kelin onasining uyiga xomilador holda qaytib bo rishni or bilib erining qiynoqlariga chidagandir. Ammo Aziza Moskvada yashagan davrida erini butunlay kashf qilgan-ku, erining kanday inson ekanligini ochiq ko'rgan-ku. U Azizaning ayollik shaʻnini toptagan, haqoratlagan, xo’rlagan. Buning ustiga urib bolasini ham tushirgan. O’ xolatda Aziza hamma narsadan xam (maʻnaviy jihatdan), qadr-qimmatidan, xatto farzandidan judo bo'lgan.
Usha xolatda Azizani eri bilan kim, qanday kuch bog’laganki, u o'z erining qilmishlarini hammadan: yashirgan, yolg'on gapirib bo'lsada, eri bilan yashashga harakat qilgan. Balki endi emas
Ajrashib s ketganida bugunga kelib ikkita begunoh bola tug'ilmas, tirik etim bo'lmasmidi.....
Moskvadan qaytgach, Aziza hech narsa ko'rmagandek yashay boshlagan. Eri yana ura boshlagan, haqoratlagan. Aziza yana hech kimga murojaat qilmagan. Xatto taqdiri haqida, shu kabi umrining oxirigacha yashay oladimi, yo'qmi, o’ylab ham ko'rmasdan yana xomilador bo'lgan. Xomila 2 oylik bo'lgandan to bola dunyo yuzini ko'rgunga kadar kasalxonada yotgan, do'xtirlar nazoratida bo'lgan. Keyin esa eri Azizadan ham, boladan ham voz kechgan. Menga ukol bilan tug'ilgan bola kerak emas, degan. Aziza tug'ruqxonadan otasini uyiga borishga majbur bo'lgan. 46 kun u yerda yashagan.
Eri esa kimsan, nimasan demagan. Keyin qishloq fuqarolar yig’ini raisi Azizani erinikiga olib borib quygan. Kechkurun eri xotinini, bolasini ko’rib tepa sochi tikka bo'lgan "Nega kelding, seni kim olib keldi, ket, yo'qol", deb haydagan, urgan, so'kkan. Lekin Aziza ketmagan, eriga yalingan. Yana birga yashay boshlashgan. Endi eri Azizani avvalgidan besh battar xo'rlagan, ota joxil kimsaga, xatto bolasini xam tan olmagan "manqurtga aylangan, kunda ichgan, dunyoning lazzatini pul bilan aroqda ko'rgan. Shunda ham Azizaxon "Nega erim mana shu darajaga tushib qoldi, nega u farzandli bo'lsak ham quvonmadi, nega u har kun ichadi, meni qiynamaydi. Endi bu yog'iga qanday yashayman, balki bu yerda mening ham aybim bordir? Deb ayollik xis- tuyg'ularingiz bilan yaxshilab o'ylab ko'rmasdan eringizni ruxiyati bilan zarracha qiziqmasdan yana xomilador bo'lgansiz. Bu esa eringiz uchun kerasinga gugurt chakkandek bo'lgan. Chunki siz ikkinchi farzandingizga homilador bo'lgandan to tug'ilguncha do’xtirxonada (biz "bekor siz", - bekor demokchi emasmiz). Ammo o'sha paytlarda eringiz qanday xolatda yashagan. Uyda ayol bo'lmagandan keyin erkakning yotish-turishi, issiq-sovug’ini tayini bo'lmaydi yegan ichgani o'ziga yuqmaydi. Uyda siqilgan, ko'proq vaqtini ko'chada o'tkazgan. Balki baʻzi bir og'ziga kuchi yetolmaganlar kasalmand xotinni boshingga urasanmi, qo'yib yubor’’- xam deyishgandir. "Ukol bilan tug'ilgan bola, bola bo'ladimi", deb maslahat ham berishgandir. Eringiz ana shunday ruhiy tushkunlikda shundog'am siz bilan yashashni ham, yashamaslikni ham ilojini topolmay yurgan bir davrda siz xech narsani, xatto o'z sogligingizni ham o'ylamasdan, qo'lingizda 3-4 oylik chaqalog'ingiz bo'la turib yana uchinchi bolani tug’ishni o’ylagansiz. "Tugaman",- deb turib olgansiz. Endi bu safar eringizni ham sabri tugagan. "Tug’maysan",- deb ochiqchasiga hujumga o'tgan. (Chunki ikkinchi bolangiz bo'yingizda bo'lganda uzoq vaqt kasalxonaga yotib uning yuragini olib quygansiz, uning paytdagi betayin o'tgan kunlari ko’z oldiga kelgandir). Siz bo’lsangiz Azizaxon uning ru- xiy holatini tushunmagansiz yoki qaysarlik qilib tushunishni istamagansiz. "Erim Ollox bergan neʻmatni tug’ma deyapti", deb ota-onangizni xam janjalga aralashtirgansiz. Janjal kattalashgan. vaziyat keskinlashgan, jahl ustida eringiz ota-onangizni xam xaqorat qilgan. Ular esa xammasiga chek qo'yib sizni oldilariga solib olib ketishgan. Natijada shundog'am omonat bo'lib turgan oila bira-to'la barbod bo'lgan
Mana shu erda siz juda katta xatoga yo'l qo'ygan paytda siz o'zgalarning emas eringizning raʻyiga karashingiz kerak edi. Mayli, bir-ikki yil tug'may, dam oling edi. Qizingizni oyokka turgizing edi. Uni dada, aya degan tili bilan eringizga peshvoz chiqib, ota-bola o'rtasida ozgina mehr uyg'onsin edi. Eringizni ham asablari dam olar edi. Siz uni ayollik mehringiz bilan parvarish qiling edi
Axir er ushlash xam bir san’at-ku. Eringiz hayotda faqat g'am-tashvish emas, yaxshi kunlar ham bo'lishiga ishonsin edi. Ana undan keyin uning o'zi sizdan endi o’g’il farzand tug’ib berishingizni so'rardi.
Mana shu maʻnoda oilangizni barbod bo'lishida eringiz bilan barobar ayblayotgan edik. Yana o'ylaysan kishi, siz eringiz bilan 3 yil birga yashagansiz. Agar u siz o'zingiz yozgandek inson bo'lsa (siz uch yil xam janjal, to'polon bilan xo'rlanib yashagan bo'lsangiz) qanday qilib yashadingiz? Axir bunday muxitda uch yil nari tursin uch kun ham yashashning o'zi bo'lmaydi-ku. Buning ustiga o'zingizning sog’ligingiz ham joyida emas ekan. Yana uch yilda uchta bola ko'rgansiz... Bularning barchasi bilan siz o'zingizni o’ziz qiynagansiz, aytish joiz bo'lsa, o'z burchingizni ham, haq-huquqingizni ham unutgansiz. Oqibat esa... xozirgi ahvolga tushib qolgansiz: xayotda xech kimga kerak emasdek, Endi qaddingizni tik tuting. Bolalaringizni oyoqqa turgizing. Vaqt odil hakam. U har qanday ogir dardni ham asta-sekin davolaydi. Sizga Allohdan sabr-toqat, farzandlaringizga uzoq umr tilaymiz.