Unuitmang!
Bu voqea Qibray qo'rg'oni «Nikoh uyi»da bo'ldi. Ezgu niyatda ariza kutarib kelgan yigit bilan qiz bir muammo, ustida jindek tortishib qoldilar.
- Menga tegadigan bo'lsang familiyamga o'tasan, — dedi yigit. Qiz rozilik bergisi kelmadi. Yigit tutaqdi. Uyaldi, shekilli. Gap chuvalandi.
- Er erdek bo`lishi uchun xotin uning familiyasida bo'lishi kerak, — dedi xirillab baqaloq kishi. — -Bo'l- masa begonalarga o'xshab qoladilar. Jufti haloling birovning qizidek tuyulaveradi.....
-Gapingiz qiziq bo'ldi. — Ilib ketdi sepkilli ayol.— Axir, xotin Deganlari birovning qizi bo'lmay...
- Bu bizga Ovrupadan kelgan «baynalmilal»odatlardan biri. Insof bilan aytganda, bo'lg'usi jufti-halolining ota-buvasi nomiga tajovuz kilishga qaysi yigitning ma`naviy haqqi bor!
Bundan tashqari, so'nggi yillarda yosh oilalar o'rtasida qo'ydi-chiqdilar ko`payib ketdi. Bu achchiq haqiqatdan ko'z yumib bo'lmaydi. Afsuski, «zolim» erdan qutulgan sho`rlik juvonlar hujjatdagi «begona» familiyadan halos bo'lolmay xunob bo`lib yurishadi....
Kimki bu borada to'g'ri yo'lni tanlashni xohlasa moziyga nazar soling: qaysi ajdodimiz jufti xaloliga «Mening familiyamga o`tasan deb zug'um qilibdi! Kaysi bobomiz shunaqa bachkana gaplarga behuda vaqt sarflabdi!