U Nechun sevadi O’zbekistonni

By Donogul Jurayеva …, in 2000

Boris Ivanovich Kanni dastlab Viloyatdagi rasmiy idoralarning birida ko'rgandim. Boshiga chust do’ppi kiygan nuroniy bu kishiga ko'pchilik alohida hurmat-ehtirom ko'rsatishardi. Avvaliga men u kishi-ni o'zimizning otaxonlarimizdan deb o'ylabman. Ayniqsa uning o'zbekona lutf ila salomlashishlari, o'zini farishtali qariyalarimiz kabi tutishlari eʻtiborimni tortdi. Fursatni topib, Boris Ivanovichni suxbatga tortdim.
- O'zbekistonga bunchalik mexr qo’yishingizning boisi nimada?
- Bizning oilamiz boshqa koreyslar kabi 1937 yilda O'zbekistonga Stalin tomonidan surgun qilindi, O'shanda men bir yoshda bo'lganman. Dastlab kattakurgonda, keyinroq Buxoro va Samarqand shaxarlarida yashadik. Qayerda yashamaylik biz o'zbeklardan faqat mehr-oqibat, yaxshilik ko'rdik. Boshqa respublikalarga surgun qilingan tanish-bilishlarimizning ko'pchiligi o'sha paytlardayoq ochlikdan vafot etishgan. Xudoga bexisob shukrlarkim, biz o'zbek birodararimiz diyoriga kelib tushdik.
- Boris Ivanovich, sizlarni ham boshqa yurtlarga yashash uchun taklif qilishganmi?- suxbatni davom ettiraman.
- Xa, Koreyaga turistik safarga borganimda taklif qilishgandi. Men darrov rad etdim. Chunki, O'zbekistonni men har qanday yurtdan ustun qo'yaman.
- O'zbek do’ppisiga munosabatingiz? Navbatdagi savolni beraman.
- To'g'risini aytsam, juda ko'plab milliy liboslarni ko'rganman. Shularning ichidan birortasi o'zbek milliy libosidek menga manzur bo'lolmagan. Ayniqsa, chust do'ppisi. Yigit bo'lib chust do'ppisi kiymay siz, dunyoga kelmabsiz. Buning gashti bo'lakchada, izim. Uyda o'zbekcha choponim xam bor.
- Rafiqangiz haqida ikki og'iz gapirsangiz?
- Olga Mixaylovna bilan turmush qurganimizga ko'p yillar bo'lib ketdi. Nevaralarimning oldi o'n sakkiz yoshga to'ldi. Rafiqam ayniqsa atlasdan ko’ylak kiyishni yoqtiradi. Yoshligida atlas ko’ylakda ko'chaga faqat man bilan chiqardi. Chunki, u milliy matoda chunonan go'zallashib ketardi- ki, asti qo'yavering. Ayni paytda rafiqam ham menga o'xshab qarilik nafaqasida. O'zbek tilida so'zlashsa koreys qizi ekanligiga ko'pchilik shubxa bilan qarashadi.
- Boris Ivanovich milliy musiqa san’atiga munosabatingiz? So’rayman suxbatdoshimdan.
- Ayniqsa, klassik san’atingizga gap yo'q cho'li iroq", "Munojot”, "Dil xiroj" kabi kuylarni tinglasam sal bo'lib ketaman. Qo'shiq ustalari - Botir Zokirov hamda Sherali Juraevlarning shirali ovozlarini xech narsaga alishmayman. Raqqosa Malika Axmedova xirom etganda uning sehridan borliqni unutaman..
Ayni paytda 63 yoshli Boris Ivanovich o'zi yashab turgan maskan- Jizzax shaxar "Yoshlik mahallasida “BIK nomli ko'p tarmoqli firma tashkil kilgan. Firmada tashlandiq qogozlardan tuxumlar uchun maxsus qutilar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari xalq tabobati asosida Fin hammomini tashkil etganki, bu yerdan yuz- lab kishilar o'z salomatligini tiklab ketmoqdalar.
Bir so’z bilan aytganda, Boris Ivanovichni mehr-oqibat, oriyat.halol mexnat, Vatanga cheksiz sado- katli farzand timsoli desak mubolag’a bo'lmaydi.