Ilonning tuxumi ekan.

By Zaxro Musаevа …, in 2000

Onamni ota-onalari qishloqda yashashadi. Bir kuni dadam (raxmatli) daladan, yani bedapoyadan ikki uchta tuxum koʼtarib kelibdilar. Shunda oyimlar "Oborib joyiga tashlang, bu tuxumlarni. Menimcha bu tuxumlar ilonniki bo’lsa kerak", debdilar. Dadam tuxumlarni olib kelganlarida ertalab ekan. Bu orada oyim bankalarda qatiq ivitib qoʼyibdilar.Oyimni qistovlari bilan dadam shomga yaqin tuxumlarni olgan joylariga oborib qoʼyiptilar. Erta saharda oyim turib qatiqlarni sovutishga olib qoʼyay deb qarasalar ne koʼz bilan koʼrsinlar-ki, bankalar chil-chil boʼlib singan, qatiq yer bilan bitta boʼlib yotgan ekan. Oyimlar, darrov dadamlarni uyg’otib "Yaxshiyam kecha kech boʼlsa ham tuxumlarni joyiga oborib qoʼyganingiz", deb qatiq haqida aytibdilar. Bu ishni ilon qilganiga dadamni ham, oyimni ham ishonchlari komil boʼlib, bu haqda bizlarga aytishgandi. Ilon qatiqqa zahar solgan boʼlsa kerak deyishdi.