ISHONCHINGIZNI OQLAYMIZ
Men Toshkent Davlat Texnika Universiteti qoshidagi Akademik Litseyning 10- sinfida taxsil olayapman. I.A Karimovning biz yoshlarga qarata – “Hamma bolalar mening bolalarim, yoshlarimizni hech kimga bermayman’’- degan so’zlari doimo qulog’im ostida jaranglaydi. Butun bir O’zbekiston xalqini bag’riga bosib, kechayu kunduz aql zakovatini yoshlarning kelajagi orzu umidlarini ro’yobga chiqishiga, vatan tinchligi xalq omonligi va dunyo mamlakatlari bilan teng huquqli bo’lishimizni ta’minlash yo’lida chin dildan sa’y-harakat qilayotgan aziz va mo’tabar inson – Islom Karimovdir.
Men o’zbek farzandiman va boshimiz uzra shunday otamiz borligidan faxrlanaman.
Bugungi kunda biz yoshlar uchun ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, e’tibor e’zozdan behad quvonchdaman. Bizning o’qib bilim olishimiz, kasb-hunar egallashimiz , Vatanimizning, Yurtboshimizning ishonchi, niyat- maqsadiga munosib farzandlar bo’lib yetishishimiz uchun barcha shart-sharoitlar imkoniyatlar eshigi ochib qo’yilgan. Bu e’tibor bu g’amxo’rliklarga yarasha hayot kechirish biz uchun eng oliy saodatdir.
Ushbu she’rimni muhtaram yurtboshimizga bag’ishladim .
Ollohdan tilayman men sizga sog’lik,
Omad va baxt tilayman aziz otajon.
Ishonchingiz oqlayman doimo so’zsiz,
Siz tufayli bo’ldim g’amlardan yiroq .
Istaymanki osmon beg’ubor bo’lsin,
Yurtim tinch bo’lsin, xalqimiz omon.
Doimo yo’l boshchi I.A. Karimov bo’lsin,
Gullab yashnasin hur O’zbekiston.