EHTIROM BILAN OVOZ BERDIM
Hayotimning 43 yili sho’rolar davrida o’tdi. O‘sha davrlarda xohlaymizmi xohlamaymizmi uydan tashqariga chiqqach, qayerga borsak rus tilida gaplashishimiz, rus tilida o’qishimiz kerak edi. Arizalarniku so’zsiz Rus tilida yozishimiz shart edi. Islom Abdug’aniyevich hokimiyat tepasiga keldi-yu Mustaqillik e’lon qildi va o’z tilimiz - o’zbek tilimiz Davlat tili bo’ldi. Toshkent shaxrining o’zida minglab ko’cha, maktab, muzey, zavod-fabrikalar Lenin, Kuybishov, Frunze kabi nomlar bilan atalardi.
… Bu haqida birov churq etsa bormi, Siyosiy dushmanga chiqardi. Islom Karimov esa 1992-yil 6-sentabr kuni barchaga ibrat bo’lib, Poytaxtimizning bosh maydoni – Lenin maydonini – Mustaqillik maydoni deb aytilishi haqida Farmon berdi. Anashunday xotiralarni eslayversam, ko’z o’ngimda yana Prezidentimiz gavdalanaveradi… Mamlakat Prezidentligiga o’tgan saylovda ul muxtaram zotga ehtirom bilan ovoz bergasnim boisi shunda!