Yo’lboshchimga Hurmatim

By Anorboy Odilov …, in 2000

Kasbim haydovchi.Matbuotga siyosatga qiziqaman. Gazeta-jurnalarni o’qib, radio tinglab, tele eshittirishlarni ko’rib boraman. Yo’lboshchimizning mamlakatimiz Prezidentligiga nomzodi ko’rsatilganidan va respublikamiz bo’ylab qo’llab-quvvatlanib ketayotganidan zavqlanib ketaman. Manashu satrlarni shu aziz yo’lboshchimga bo’lgan hurmatim haqqi bitayapman. To’g’risini aytsam O’zbekiston yer yuzidagi avtomobil ishlab chiqaradigan 28 davlat ichidan munosib o’rin oldi. Janubiy Koreyaning “DEU’’ avtomobil zavodi bilan hamkorlikda qurilgan “O’z DEU’’ Avtomobil zavodidan chiqqan mashinalarni endilikda jahon mamlakatlari xarid qilmoqda. G’alla, yonilg’i, elektro energiya soxasida o’zimizni o’zimiz ta’minlashga erishdik. Ko’plab zavod va fabrikalarimiz qayta ta’mirlandi. Xorazmda shakar zavodi, Buxoroda neftni qayta ishlash va Samarqanddagi “Otoyo’l” O’zbek-Turk qo’shma korxonasi – hammasi Yurtboshimizning sa’y-harakatlari mevasidir Yuzlab yoshlarimiz AQSH, Germaniya, Angliya, Yaponiya singari rivojlangan Davlatlarda tahsil olishmoqda. Bunday ulug’vor ishlarni hammasini ushbu kichik maqolamda sanab ulgurolmayman, albatta. Aytmoqchi bo’lgan gapim “Oila va Jamiyat’’ gazetasining barcha mushtariylarini 9-yanvar kuni rahnamomiz Islom Karimovga ovoz berishga chaqiraman.