Mexribondir Yurtboshim!

By Ra’noxon Jumaniyozova, …, in 2000

Yurtboshimizning mehribonligi, g’amxo’rligi cheksiz 1997 yilni “Inson manfaatlari yili '', 1998 yilni “Oila yili ‘’, 1999 yilni esa “Ayollar yili ‘’ deb e’lon qilinishi ayniqsa biz ayollarni , munis onaxonlarni cheksiz ruxlantirib kelmoqda. Darvoqe, Prezidentimiz tashabbusi bilan o’tgan davr ichida ulkan o’zgarishlar , ko’plab savobli ishlar, ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi oshirilmoqda. Yosh oilalarga g’amxo’rlik kuchaydi. Yosh farzandi bor ayllarga imtiyozlar berildi. “Zulfiya’’ nomidagi mukofot e’lon qilinishi katta tarixiy voqea bo’ldi. Mexnatda o’rnak bo’lgan ming-minglab ayollarimiz davlatimiz tomonidan orden va medallar bilan taqdirlandi. Boz ustiga ular 54 yoshdan pensiyaga chiqadigan bo’ldilar. Pensionerlar va nogironlarning ijtimoiy himoyaga olinganligi Prezidentimiz odil siyosatining bosh yo’nalishidan bo’lib qoldi . Muborak haj ziyoratiga boruvchilarga yordam ko’rsatish haqida qabul qilingan qarorlar ham prezidentimizning qariyalarga g’amxo’rligidan yana bir bor dalolatdir. Ishonamizki bu ulug’ inson o’zi boshlagan ulkan ishlarni o’zi oxiriga yetkazadi. Shu boiski, davlatimiz boshida bundan keyin ham shu oqil yo’lboshchimizning o’zi turishi kerak. 2000- yil 9- yanvar kuni bo’ladigan Prezident saylovida men o’z oila a’zolarim bilan tinchliksevar, xalqparvar inson Islom Karimov nomzodi uchun ovoz beraman. Tumanimizdagi 7000 nafarga yaqin faxriy onaxonlarimizni ham shunga chaqiraman.