BOJXONA XABARLARI
• SURXONDARYO, Tojikistonlik Murodullo Jo’raev Uzun tuman mol bozoridan 30 ming sumga 2 bosh qo'chqor qo’yni sotib olarkan, beihtiyor og’zidan “suvi” oqib ketdi. “Sariosi” bojxona xodimlari yo’liga to’g'anoq bo'lmaganda qo'sh qo'chqorni Respublikamiz hududidan tashkariga olib chiqib ketgan bo’lardi.
O'tgan hafta davomida birgina Surxondaryo viloyatida 172 ming so’mlik qo’y va 62 ming so'mlik qoramol bojxona xodimlarining sa’yi harakatlari tufayli mamlakatimiz chegarasida ushlanib qolindi.
• BUXORO. Asli Samarqandlik Abduhoshim Hofizov boyish maqsadida tijoratga qo'l urdi. U bojxona yuk bayonnomalari qoidalarini buzgan holda qo'shni Turkmaniston Respublikasidan 88110 sumlik kir yuvish paroshogini olib ketayotgan edi. Lekin “g’o’r” tijoratchi aylanma yo’l orqali ketayotganda bojxonachilarning tuzog’iga ilinib qoldi.TOShKЕNT. “O'zbekiston” bojxona maskani xodimlari tomonidan aylanma yo’l orqali ketayotgan GAZ-53 rusumli Davlat belgisi 11 A 31-61 avtoulovi ko'rikdan o'tkazildi. Mashinada narxi 98 ming so'mlik 800 kilogramm mix borligi maʻlum bo'ldi. Bu qurilish materialining egasi esa O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Dilshod Juraev bo’lib chiqdi. Ushbu holat bo’yicha bojxona maʻmuri surishtiruv bo'limi ish olib bormoqda.