SIZ HAQSIZ, SINGLIM

By Matluba Isroilova, …, in 1999

«U HAM O'Z TЕNGINI TOPSA-DЕSAM»
Hurmatli Muxayyoxon! Siz nohaq emassiz. Sizni to'gri tushunmaganlar o’zlarini o'sha dugonangiz o'rniga qo’yib ko'rsalar bo'lardi. Shunda xam bundaylarning bazilari tushunib yetadi, baʻzi ilmsizlar, kalta o’y insonlar esa baribir tushunmaydilar. Bizlar Yoshlik davrimizda chevarchilik o'qishini bitirgach tuman maishiy xizmat uyida hunar o'rganganmiz. Umrzoq xoji Sarimsoqov degan keksa otaxon qizlarga nihoyatda mehribon, nasihatgo’y edilar. Baʻzilarimiz kuyov tanlasak, chevar opalarimizga bu qizlarni vaqtida turmushga chiqishni uqdirib boringlar, derdilar. 22 nafar dugonalar birin- ketin erga tegib ketdik. Faqat ota-onasi yo'q, akalar, xola-tog'alar tarbiyasiga muhtoj bo'lgan Munojatxonni turmushga uzatish paysalga solinib ishi o’tib ketdi. Ancha yillar o'tgach, Munojatni bir sihatgohda uchratib qoldim. Ustlari yupun, yuzlarini ajin qoplagan bu dugonamdan turmushini, farzandlarini so'rasam, ikki qo'lini yuziga tutib o’ksib yig’ladi. Munojatga hech kim g'amxo'rlik ko'rsatmagandan keyin, u ko’cha ayoliga aylanib qolibdi. Muhayyoxon dugonangiz qirq yoshda bo’lsa-da haliyam kech emas. Kuch-quvvati bor, shu sababdan o’z tengini topib turmush qurib olsin. Oilali ayol ham, erkak ham jannatda yashagan bilan teng bo'ladi. Hademay yoshi o’tib farzandsiz qolib ketib afsus-nadomat cheksa ko'ngliga hech kim dalda berolmaydi. Farzandlarning o'g'il bolasini-qiz bolasi singil bo'lib qariganda asqotadi. Sizning fikringizni bizlar ham qo'llaymiz. O’zgalar dardiga, fikriga jon kuyiktiribsiz, sizga raxmat.