O’zganing Narsasi

By Dilkashbek Andijon, in 1999

O’shanda men 15 yoshda edim. Hamon esimda, shu bugungidek, qishning ayni qirchillagan pallasi edi. Atrof qorga burkangan. Chilla kirib butun borliq sovuq hukmida. Sovuq shu darajada edi-ki, yuz-ko'zni beayov chimchilar, issiqqina qishlik botinkada ham oyoqlar sovuqqa bardosh berolmasdi. Qo’llar o'z o'zidan paltolarning chuqur cho’ntaklarini makon qilgan. Nima bo'ldi-yu, o'sha kuni ukam bilan qayergadir bordik. U yerda uzoq o’tirmasdan uyga qaytayotgan edik. Kech bo'lib qolgani uchun yangi ochilgan katta yo’ldan mashinalar qatnovi ancha siyraklashib qolgan edi. Uyimizga ikki chaqirimcha qolgan edi. Katta yo’lning o'rtasida qay ko’z bilan qaraylikki, to'rt tomonidan tilinib uyning poli bop taxta yotardi. Uzunligi 5-6 metrga borar, qalinligi 15-16 sm yo’lda yotgan taxta tushib qolganiga ancha bo'lgan bo’lsa kerak, nam tortib kechki sovuqdan muzqotgan edi. Aka-uka sevinib ketdik. Xatto bizni chimchilayotgan sovuqni unutib bir kor-holimizga yarab qolarmikan, degan xayol bilan taxta yotgan joyga bordik. Taxtani ko’tarib ko’rsak ancha og'ir, shunday bo'lsa-da, uni olib ketishga qaror qildik. Qayerdan ham kuch keldi, bir dadajonimizni xursad qilish niyati baland keldimi, ishqilib taxtani kutarib 2-3 soat davomida uyga kirib keldik.
Uyga kirsak, dadam, buvim (xudo rahmatiga har ikkisini olgan bulsin) ukam, ayamlar choy ichishib O’tiribdilar. Nazarimda har ikkimiz terdan shallobo bo’lib, hatto yuzlarimiz bo’rsildoq nondek shishib ketib, mehnat qilib charchagan otlardan chiqadigan bug’ boshimizdan ko’tarilar edi. Hammalari ahvolimizni ko’rib bir zum jim bo'lib qolishdi. Dadam jimlikni buzdilar: Xush shovvozlar, tinchlikmi? Mardikorlik qildilaring-mi, yo?
Mening o'rnimga suyunchini men olay dedimi, ukam qil gan unumli ishimizni “sotib” qo'ydi.
- Taxta olib keldik.
Xech narsaga tushunmay onam (juda halol ayol edilar) so’radilar:
- Qanday taxta?
Hech gapirishga madorim qolmagan bo’lsada:
- Katta yo’lda zo'r taxta o’tgan ekan. Shartta oldikda, ko’tarib kelavurdik, - dedim kattalarga xos g’urur to’la ishonch bilan. Dadam meni gapimdan hushyor tortdilar. Savol-javob boshlandi
Shunday katta ko'chada taxta yotgan ekanmi?
- Ha-da, katta yo’lda yotibdi olib kelaverdik.
- Oldilaring-da, kelaverdilaring...
- O’ziyam olti metrdan kam emas.
Xo'sh, uni nima qilasizlar endi?
- Nima qilardik, ishlatamiz.
Qayerga ishlatamiz.
- Polimizga yamoq qilamiz, haligi katta uyni chirigan joyiga
Egasi nima qiladi, o'sha taxta biror koriga yetmay qolsa-a?
Dadamning jahllari chiqa boshladi. U kishining jahllari chiqsa sizlab qoladi- lar. Hozir ham shunday bo’ldi. Sizlab murojaat qila boshladilar. Savol-javob bo’lib biz joyimizga o'tirishga ulgurgan edik.
Qani shovvozlar, bir o'rinlaringdan turinglarchi.
• Biz darhol o'rnimizdan turdik. Vaziyat keskinlashganini opam, men, ukam-hammamiz tushunib turar edik. Dadam sekin qatʻiy qilib gapirdilar:
Xozir o’sha taxtani olib joyiga eltib qo'yinglar. Meni xonadonimga o’zganing taxtasi emas, hatto biror dona mixi ham kirishi mumkinmas. Savollar bo’lmasa, tezda ishga kirishinglar. Dadamning gapiga izohning keragi yo’q edi. Hukm-qaʻtiy, shikoyatga o'rin yo'q. Horib-charchab kelgan ukam yoshligiga bordimi, chanada olib boramiz, deb qoldi. Dadamniki endi haqiqiy tutib ketdi: Xech qanday chana-pana emas, qanday olib kelgan bo'lsalaring shunday oborib qo’yasanlar, tamom vassalom.
Buvim bizga ichi og’rib animizni olmoqchi bo’ldilar.
-Quying dadasi, yo'lda yotgan taxta ekan, yoshlik qilib, bilmay olib kelib qo’yibdilar, mayli chanada olib borib ko’yishsin, dadam siltab tashladilar.
- Hammasiga siz aybdor ekansizda, agar chanada olib borishsa, meni bunday o’g’illarim yo’q!
Biz aka-uka endi o'rtaga xech qanday gap tushishi mumkin emasligiga tushundik. Qanchalik qiyin bo’lmasin biz taxtani dast ko’tardik- da olib kelgan tomonimizga qarab ketdik. Olib borish olib kelishdan oson emasdi, buni ustiga charchagan edik. Qanchalar qiyin bo’lmasin, biz ishni uddasidan chiqdik. Yo'lning hech kimga xalaqit bermaydigan joyiga olib borib qo'ydik. Xorib-tolib qaytib kelak, dadam bilan buvim dasturxon ustida urishib qolgan odamlardek jim choy ichib o’tirishardi. Aftidan bizdan so’ng ancha-muncha oralaridan gap ham o'tgan. Dasturxon chetida quyilgan ikki kosa oshni biz indamaygina yedik. Hamma jim. Biz ovqat yedikmi ovqat bizni yedimi tushunish qiyin edi. Shu-shu bo’ldi, biz hammamiz uchun bir umrga tatiydigan, hech qachon esdan chiqmaydigan saboqqa ega bo'ldik.
Shu voqeani eslaymanu, ba’zida quloqqa chalingan gaplarni hazm qila olmayman.
-Birovning uyidan taxtalarini olib chiqib ketibdi-e?
- Yangi uyni deraza, romlari yo’q emish....
- Yaqinda bir kishi yangi uy qurish uchun sinchni o’rnatib hasharga odamlarni chaqirsa yog’ochlarini biror dona qoldirmay olib ketishibdi. O’zgaga nasib qilmagan, senga nasib qiladimi, yashamagurlar. U dunyoda nima deb javob berar ekan bular.
• O’ylanib qolaman, qanday odamlar bor oramizda, birovning narsasini olib ketaveradigan-a?!
Axir “O'zganing narsasi” qanday qilib botadi. Men va ukalarim bizni to’g’ri tarbiyalab voyaga yetkazishgani uchun ota-onamizdan rozi bo’ib Alloh taologa shukrona aytib yashab kelmoqdamiz. Yaxshiyam o'shanda dadam shunday qilgan ekan, aks holda....
Xudo asrasin. Sizlar nima deysizlar, qadrdonlar?