Mehrsizlik Qurboni
Hammasi to’ydan keyin boshlandi. Mahallaga kelin bo’lib tushgan Nigora qizlik uyiga tez-tez kelib turar, dard-hasratlarini onasining «quduq» yuragiga ag'darib ketardi. Ona bechora qizining bu xunaridan kelinlari oldida mulzamlanib yerga kirgudek bo'lardi. - Buyam yetmaganidek, sal o'tmay unim yo’q, bunim yo'q, deb eri bilan janjallashib keladigan odat chiqardi. Boshda mahkam xola qizining har kelishida tishining kovagida asrab yurgan pullarini berib yurdida, oxiri bo'lmadi, chunki bu kabi choy puli uning «bitmas tuganmas kamlariga urvoq bo'lmasdi. U har safar «Oyi anu zirak, uzuk moda bo’libdi-ya, kuyovingiz olib bermayapti, kecha yana urishib qolganmiz... Oyi ko'rdingizmi, Turiyaning yangi chiqqan kostyum-yubkasini, zo'r ekan-u, uff... ering kamroq bo'lganidan keyin», - deyaverishdan charchamas, oxir-oqibatda Mahkam xola hatto o'z o'g'illaridan ham faqat qizi Nigora uchun pul so'rayverishdan istihola qiladigan bo'lib qolgandi. Chunki bu xonadondagi kelinlar Nigoraga o'xshab moda»ning ketidan quvishmas, bunga erlari ham yo'l bermasdi.
Kimningdir maslahati bo’libmi, qiziga bo'lgan beqiyos mehri sabablimi, oxirgi ikki-uch yil ichi- da ona ertadan kechgacha bekatda pista, qurt sotib utirardi.
Endi Nigora kunda kun ora bekatga kelib o'z hasratlarini ochadigan, onasining pista sotib taxlab» qo'yadigan pulini osongina olib ketadigan bo'lgan edi. Shu bilan ona qizining sirasrori, dardi dunyosini kelinlari eshitib qolishidan, o'g'illaridan hadeb pul surayverish balosidan kutulgandek edi. Lekin, Nigora o'zining bu qilmishi sezmas tuymasligi bir kun kelib onasiga qimmatga tushishi mumkinligini o’ylamas, aniqrog’i o’ylashni istamasdi. Onaizor esa farzandining oilasi bilan tinch- totuv yashab ketishi uchun pul tugul jonini ham berishga tayyor edi. Shunday bo'ldi. Izg'irinli kuz kunlarining birida ona o'zini sovuqqa oldirib qo'ydi..... Mana onasining vafotiga ham bir oycha bo’lib qoldi. Kelgan-ketganlarning oyog’i uzildi. Nigoraning esa ichiga chiroq vosa yorishmaydi. Nimasinidir yo’qotgan odamday tipirchilaydi, qalbini ismsiz bir dard kemirardi. Nimadir uni shu bekat tomon sudrardi. Bekatga kelgan Nigora bir nuqtaga tikilgancha toshday qotib qoldi. Ko’zlaridan sog'inch va armon yoshlari quyilib kela boshladi.
- Sizni juda-juda sogindim, onajon! Qani endi hayot orqaga qaytsayu, ko’zimni bog'lab qo'ygan, men sajda qilgan o'sha qimmatbaho taqinchoqlarimning barcha-barchasini sizning birpaslik diydoringizga apishsamu, to’yib-to’yib bag’rimga bossam, qaynoq mehringizni to’ysam. Agar kechira olsangiz, sizni issiq uyingizdan sovuq taxta o'rindiqqa mixlab qo'ygan qizingizni kechiring, onajon!
Bekatda yum-yum yig’layotgan Nigoraga atrofdagilar achinishmi, tushuniqsiz bir kayfiyatda qarar... bazilar nega yiglayapsiz, deb yoniga yaqinlashgisi kelardi-yu, botinaolmasdi.... Har to’yga yangi qimmatbaho ko’ylak kiyishga odatlangan Nigora odatdagiday avval erini eritmoq- chi bo’ldi. Uddasidan chiqolmadi shekilli, onasining oldiga yugurdi.
- Kuyovingiz bilan urishib qoldim. Salom-alikdan keyin ko’z yosh qildi Nigora.
— Nima bo'ldi. Sarosimaga tushdi ona...
Ey bilasizku ziqnaligini. Zulpini to’yiga hozir urf bo'lgan kofta-yubka borku, shundan olib bering, degandim: «Shart emas, borini kiyaver, ko'rpangga qarab oyoq uzat, dedi. Jahlim chiqdi. «Bu ko’rpa o'lgurning kattaligidan biron marta oyoqni uzata olmaymizmi, uzi xasisliklaring bilan mahallaga bekorga tanilmagan ekansizlar-da», - deb chiqib kelaverdim. Orqamdan so’kinib qoldi, qoning kelgur.
Maxkam xolaning ichidan bir nima uzilganday bo’ldi. Voy Nigor, bu nima deganing, bolam, axir bu gaping eringning xamiyatiga tegadiku. Qo’y, janjal qilma, uyat buladi. Mayli, shu ko'ylakka pulni men beraman, necha pul turadi uzi? O'n ming so’m,
-Mana hozir, hozir, — ona cho’ntaklarini kavlay ketdi. Shu payt maktabda tanaffus bo'ldimi, pista- qurt so’rab ketma-ket bolalar kela boshladi. Nigoraning jahli chiqdi: - Bo’la qoling, oyi, tag'in bitta-yarimta tanishim ko'rib pista sotib o’tiribdi, deb o’ylamasin... -dedi zarda qilib.
Ona qo'lidagi sanalgan pulni qiziga uzatdi. Mahkam xola nevaralarining duoyi jonini qizining orqasidan uzoq qarab qoldi...
O’sha kuni Nigora onasini oxirgi marta ko'rayotganini xayoliga keltirmagan bo’lsa-da, o'rnidan turayotganida belini zo'rg'a ko'targanini sezgandi.
Shunchalik diydam qotib ketgan ekana. Axir onamni kasal ekanligini bila turib bekatda yolgiz qoldirib ketdim-a? Aslida onam bu bekatda men uchun o'tirmasmidi? Nega loaqal bemorligida kuniga yarama- dim. Qo'llaridan ushlab uyga olib ketmadim. Bir piyola issiq choy uzatib kunglini olmadim. Nega usha ku- ni do'xtirga olib bormadim? Nimaga uzi ishlab topgan pulini loakal biror marta o'zi uchun ham sarfla- shiga imkon bermadim. Axir o'zim cheksiz mexr taʻma qildimu, Onam esa «mexrsizlik qurboni» bo'ldi. Nega... nega.... Qalbida uyg’ongandan savollari quyilib kelaverar, lekin javob...Onasining o’limidan keyin qalbi bo'm-bo'sh bo’lib huvillab qolgan Nigora xayotning bir falsafasini insonni inson qavmida tutib turadigan aziz tuygu bu mexr ekanligini, ana shu mehr bu Dunyoni ushlab turishini, uningsiz odamlar vahshiylik va fojealar girdobida qolib ketishi mumkinligini kech bo’lsada anglab yetgan dek edi.