Oilada muhabbat sabog’i kerakmi
Qovushayotgan ikki yoshning nikox to’ylarida ularni baxt kechasi, visol oqshomi bilan qutlaymiz: Demak bu qovushish aslida ikki sevishganning visolga yetgan kuni, oshiq va maʻshuqlarning baxti kulgan kun. Aslida ham shundaymi? Oila qurayotganlar bir-birlarini sevadilarmi, bir-birlariga intilib, qurmasalar sog'inadilarmi? Oila muhabbat asosida qurilayaptimi? Aslida bu ikki yosh muxabbat neligini, bu dardning shirin iztirobi-yu, achchiq alamini biladilarmi? Visol baxtini, hijron mashaqqatini yurakdan his qila oladilarmi? Ularga bu haqida saboq berilganmi? Xa, bizning o'zbekona oilalar- da bunday saboq haqida gapirmaslikka harakat qiladilar. «Hali vaqti bor buni, kattaroq bo'lsin»,deya farzandlar katta bo’lguncha, hatto to’y kuni belgilanib bo’lgandan keyin xam bu saboqni hech kim eslamaydi.
Qiz bolaga yoshligidan yaxshi niyatlar bilan sep yig'iladi. “Qizing tushdi beshikka, moling tashla teshikka “,qabilidagi xalq so’zi ham shu harakatni qo'llaydi. Demak, bo'lajak oilaning moddiy jihozi uchun 15-18 yil tayyorlaniladi, birok ushbu oilaning ustivori, tayanchi bo'lgan muhabbatga esa eʻtibor berilmaydi. Balki, bu xaqda gapirganlarni hayosiz ekan» deya baholashadi. Aslida xayo bilan muhabbat chambarchas bog- langan-ku. Axir hadisda ham «Vafosizda xayo yo’q, hayosizda vafo yo'q», deyilgan. Muhabbat bo’lmasa, vafo qaydan bo'lsin. Bundan chiqadiki, aslida muhabbat bo'lmagan joyda hayo ham bo'lmaydi.
-Mana shu yerda qator oilalarning ajralib ketishlari sababi ma’lum bo'layapti. Faqat moddiy asosgagina qurilgan oila mustahkam bo’lmaydi. Oilaning ruhiy asosi ham bo'lishi kerak. Ruhiy asos-muxabbatdir.
Xayotda biz ota-onalar farzandlarimizga muhabbatdan saboq bermasak-da, tangrining o'zi qalblarga muhabbat urug’in joylagan. Bu urug’ umrning erta bahorida nish urib kimlarnidir shoir qilsa, kimlarnidir qo'shiqchi, kimlarnidir mo'yqalam sohibiga aylantiradi. Farzandlarimizning qarashlarida, yurishlarida, kulishlarida, hatto kiyinishlarida quvnoqlik, talabchanlik, ko'tarinki kayfiyat hukm suradi. Shunday paytda biz ota-onalar farzandlarga sirdosh do'st bo'lib, bahoriy shodliklariga sherik bo’lsak, bir umr muhabbat bilan yashab o'tadilar. Aks holda yo loqayd, yo xudbin kimsaga aylanadilar. Sevgi — bizlarga yashashda oson bo’lishi uchun, yashash qiziqarli bo'lishi uchun berilgan ilohiy neʻmatdir. «Sevgi sabog’ini, muhabbat darsini qaysi yoshdan boshlab berish kerak?» - degan savol berishingiz mumkin. Qancha erta bo'lsa, shuncha yaxshi. Axir aytiladigan allada ham Hayotga bo'lgan muhabbat mavj uradi. Birinchi o'qilgan ertakda ham malika bilan shahzodaning muhabbati kuylanib, sevishganlar hayot to'siqlarini yengib murod-maqsadlariga yetadilar. So'ngra adabiyot darslarida Tohir va Zuhra, Layli va Majnun, keyinroq Otabek va Kumushlarning muhabbatlari haqida insho yozadilar. Muhabbatga qarshilik qilganlar qoralanadi. Demak, muhabbatdan saboq berish uchun yosh tanlanmaydi, balki yoshiga mos uslub tanlanadi.
Muhabbat bilan oila qurganlar girrom yashamaydilar. Shiorlari xalollik, vafo bo'ladi. Demak, ha- qiqiy ota, haqiqiy ona bo'ladilar. Muhabbatsiz qurilgan oilani parchalab tashlash uchun «xarakter»larning to’g’ri kelmasligi kifoya qiladi. Ayni paytda yuragida muhabbat ungan yigit-qizlargina yurti, Eli uchun yonishga qurbi yetadi. Chunki Kumushni seva olgan, sevgisiga sodiq bo’lgan. Otabek va Kumush, yashaydigan uyni himoya qilish uchun uch kishiga qarshi jang qila oladi va kerak bo’lsa Kumush yashayotgan yurtni himoya qilish uchun o'z jonidan xam kechar edi. Demak, biz qator yillar taʻkidlab kelgandek, vatanparvarlik tuyg'usi baynalminalchilikdan keyin emas, balki muhabbatdan so’ng boshlanar ekan.Dilida visol lazzati-yu, hijron sog’inchi bo’lmagan yigit yoki qiz Vatanni ham aziz bilmaydi. Chunki Vatan oiladan boshlanadi. Oila muhabbatsiz, moddiy asosga qurilgan. Endi u Vatan himoyasi uchun ham yaroqsizligining asosini moddiy holatdan qidiradi. Aslida bunday o'ylashni o'zidan, yaʻni «Vatanni himoya qi- lishga yaroksizman», deyishdan uyalish kerak edi. Lekin u uyalmaydi. Chunki unda muhabbat bo'lmaganligidan hayo ham, uyat ham yo'q.
Oilada muhabbat sabog'i kichik qushchalarga mehribonchilikdan, mushukchalarga g'amxo'rlik qilishdan boshlanadi. Ariq bo'yida o'sgan binafsha, boychechaklarni eʻzozlashdan, muhabbat quvvat oladi. So'ngra ertaklar, qo'shiqlar mazmuni chiroyli uslubda tushuntiriladi va nihoyat kumush, Otabeklar haqidagi insho dildan, «shpargalka siz yozishga o'rgatiladi. Ana shunda biz qizlarimiz nega hind aktrisalarining suratlarini yig’ib yurishlari- yu, esdalik albomlari tutishlarini tushunamiz. Ota bo'lsangiz ham qizingizga hindcha suratdan sovga qiling, yaxshi tomoshalarga olib tushing. Farzandlar taqlidchi bo’ladilar. Ko'rasiz, farzandlaringiz eng avval sizga ota-onasiga mexribon bo’lishadi, so'ngra o'zaro ahil, inoq bo’lishadi. Bu esa barchamizni yutug'imizdir. Oilada o'zaro muomala qilganda farzandlarni erkalab, ulug'lab chaqiring, qarg'ish, so'kish so'zlarini umuman esdan chiqarib yuboring. Mana shunda xonadoningizda sevgi, quyoshi porlab, labingizdan, tabassum arimaydi. Biz muhabbatni vafoga, vafoning hayoga bog'liqligini qayd etdik. Bu muhabbatni sharqona ifodalash edi. Axir muhabbatning g'arbcha talqini ham bor. Biz Romeo va Juletta haqida, Tatyana va Oneginlar haqida bi pop so'z aytmadik. Chunki ularni- ng muhabbatida o'zaro erkalashlar behayo shaklda, oshkor tarzda namoyon bo'ladikim, bizning masum yuraklarimizga o'rnashmaydi, dilimizning ranjishiga sabab bo’ladi. Baʻzi ota-otalar muhabbat haqida gap ketishi bilan g'arbcha harakatlarniyu, Hindistondagi changda qolgan gulni xayollariga keltirishadi. Yo’q! Ming karra yo'q! Biz olqishlayotgan, qayd etayotgan muhabbat Alisher va Gulilarning pok sevgisidir, Yo'lchi va Gulnorlarning ushalmagan orzusidir, makrga qurbon bo'lgan Layli va Majnunlarning ahd vafosidir. Biz farzandlarimizga muhabbat bilan havasning farqiga borishni o’rgataylik. Shunda ular aldanib ham qolmaydilar, bir umr muhabbatga ishonmasdan, muhabbatdan hadiksirab ham yasha- maydilar. Muhabbat - bu Quyosh. Farzandlarni Quyoshga tik qarashga, ko'zni yashirmaslikka va Quyosh mehriga qonmoqlikka o'rgataylik. Dilida pok muhabbat bo’lgan inson hamma narsaga zavq bilan qaraydi, o'tmishidan shodlanib, kelajakka talpinadi. yuragida armon emas, balki umid, ishonch to'la bo'ladi. Bu esa haqiqiy maʻnoda Baxtdir. Ana shundan so'ng bizlar qalbiga mu- xabbatdan yaralgan Baxt haykali- ni o'rgatmoqlik dunyodagi jami ulug'vor ishlarimiz-u, jami haykallardan ortiqroqdir.