Manzur Bo’layapti
Muhtaram «Oila va jamiyat» tahririyati xodimlari!Men gazetangizning eng keksa muxlislaridan biri bo’lsam kerak. Chunki hozir yoshim 73 da. Gazetaning har bir sonini kanda qilmay o’qiyman. O'zimga yoqqan maqolalar haqidagi fikrlarimni esa daftarlarga yozib qo’yaman. 1997 yilda bunday gazetxonga manzur bo’ladigan maqolalar ko’plab chop etildi. Alouddun Mansur hazratlari bilan suhbat, “Tajovuz”, “Abgor hiyla”, “Men suygan suyukli”, “Yur, muhabbat, ketdik, bu erdan”, “Sizdan keyin boy bo’lmadim, jon onam”, “Shishadagi soxta nomus”, “Shoshgan qiz”, “Maktub”, “Tilla zirakcha” kabi maqolalar ana shularning bir shingili, xolos.Niyatim - ushbu yilda gazetangiz sahifalarida yoshlarga o’rnak va saboq bo’luvchi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashda, turmushning zalvorli yukini og’rinmay ko’tarishga qodir kishilar qilib tarbiyalashda asqotadigan, ajralishlarning va tirik yetimlarning kamayishiga xizmat qiladigan dolzarb maqolalar yana xam ko’prok berib borilsa.«Oila yili»da gazetangizning obrusi yanada oshishini tilab, muxlisingiz.