Ishq Bog’ida faqat hurler hur, ozod

By Salim Ashur, in 1998

Salim Ashur 90-yillar yoshlar sheʻriyati bayrog'ini yuksakka ko'targan ijodkorlarimizdan,
Uning mahoratli qalamidan to'kilgan dardli hayajonga, munglig’ iztirobga to'la, yuksak ko'tarinki ruh egallagan sheʻrlari doimo o'quvchilari qalbidan munosib o'rin olmoqda.
Biz isteʻdodli shoir Salim Ashurga ijodiy omadlar, baland parvozlar tilaymiz!
- Sheʻrlaringizning necha foizi oilangizga bag'ishlangan?
- Inson tabiati qiziq. Eshik katta ochik bo’lsa, qayrilib qaramaydi. Qiya ochik bulsa, eʻtibor bilan qa- raydi. Qiyalik qancha ingichka bulsa, shuncha sirli tuyuladi... Nazarimda, sheʻrxonni sheʻr kimga bag'ishlangani- ni aniqlashga emas, to’g’ri gap, hayotiy vokea aks etganmi, degan savolga javob topishga ham emas, balki, u sheʻr ishonarlimi, o’quvchini ishontiradimi, qalbni o’zgartiradimi, degan savolga javob izlashgan ko'niktirishimiz lozim. Aniq savolga aniq javob topilsa, u sheʻr bo’lmay qoladi. Sheʻr, istasangiz yolg’on, istasangiz xayolot, istasangiz -jazava xolatining suvrati. Ammo u rostga, haqiqatga judayam o’xshashi kerak.
-Navoiy, Bobur demaylig-u, Pushkinga, Еseninga, boringki, Abdulla Orif yoki Muxammad Yusufga shu savol bilan murojaat etishni tasavvur qilib kuring-chi. Qanchalar o’ng’aysiz...
Keling, bu bahsli mavzuni qoldirib, ikkinchi savolga o'taylik. Ijodkor sifatida ideal oila qanday bo'ladi, deb o’ylaysiz?
- Aksincha, ideal oila qanday bo’lmaydi, degan savolga javob topish oson. Ideal oila barcha uchun bir manzarada, yagona qolipda, yagona shaklda ko’rinmaydi. Uni har kim o’zicha yaratadi. O'zicha ko'radi. Ideal oilaga har kim o’zicha intiladi.
-Muhabbat haqida fikrlaringiz?
Muhabbat haqida har kim o'zicha fikrlaydi. O'z hayotidan xulosa chiqaradi. Men esa hali muhabbat borasida aniq bir xulosaga kelganim yo’q. Nazarimda, muhabbat - fidolik va jasorat, go’zallik va komillik, o'lib yashash yoki yashab o’lishdir. Intilish, uzun yo’l, yo’lsizlik, adashish, yo’l izlash, chora qidirish shular ham muhabbat tufaylidek tuyuladi menga.
- Ilgarigi yoshlar bilan bugungi kun yoshlari muhabbati orasida farq bormi?
- Dunyoda o’zgarmaydigan bitta narsa bor bo’lsa, u ham muhabbatdir. Unga zamonlar ham, siyosatlar ham hukm o'tkazolmaydi.. Lekin inson tabiati o'zgaradi. Alohida shaxslarning muhabbat haqidagi tushunchayu tasavvurlari “taʻmirlanadi”. Muhabbat - daraja, maqom. U hamisha yuksaklikda. Uning yoniga ko’tarilish oson emas, mashaqqatli mehnat, riyozat... Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Romeo va Juletta Hamma avlodlarda ham bor