Etti kun

By Ochil Tog'aev, in 1991

Lenin VA Navoiy Ulug` bobomizning tavallud bayrami kunlari u kishining kamida uch haykali va ikki muzeyi ochildi. Jumhuriyat ruznomayu oynomalaridan to devoriy gazetalargacha Navoiyning xotirasiga maxsus son va sahifalar bagishladi. Radio va TV ham kecha-yu kunduz asosan shu ish bilan band bo'ldi... Leninning yubileylaridan saboq olmaganga o'xshaymiz. Oxiri baxayr bo'lsin!..Xayriya, Uzbekiston Bolalar jamg'armasi Samarqand Viloyati bo'limining tashabbusi bilan ko'p farzandli, yordamga muhtoj oilalarga 44 sigir, o'nta rangli televizor va 20 ta palos tekin tarqatildi. Homiylik
Xorazmlik yosh musiqachi Ulug`bek Polvonov Portugaliyaga jo'nab ketdi. U pioninochilarniig Lis- sabonda o'tajak xalqaro ko'rik-tanlovida ishtirok etadi. Hamyurtimizning yo'l harajatlarini O`zbekiston Bolalar jamg`armasi o'z zimmasiga olgan.«Yuksalish», «Interfaks» agentligining xabariga qaraganda, Orol buni mintaqasida so'nggi o'n yil mobaynida sil kasalligi 6, jigar xastaligi 5, oshqozon saratoni (rak) 10 baravar ko`paygan. Yagona dengizimizning quriyotganligi, iqtisodiy ahvolning og`irligi bilan izohlanadi bu «yuksalish». Mish-Mishchilar diqqatiga O`zbekiston xalq hofizi Sherali Jo'raevning oilasi haqidagi ba`zi mish-mishlarga chek qo'yiladigan bo'ldi. 25 sentyabr kuni sevimli hofizimiz poytaxtning «Anhor» qahvaxonasida o'g'illari Shohjahon, Zirg`omshoh sharafiga osh berdi. Oqshomgi bazm «Navruz» restoranida bo'ldi. Ziyofatlarda o`nlab xorijlik mehmonlar ham ishtirok etdilar. Bandalik O`zbek jurnalistikasi nazariyasining asoschisi, professor Ochil Tog'aev 66 yoshida vafot etdi. Xudo rahmat qilsin.