O’zingiz Uchun ham yashang
Surxondaryo viloyat tug’ruqxonasi bosh hakimi Rustam Qorako’lov yaqinda bir guruh xamkasblari bilan Indoneziyada o'n olti kunlik safarda bo'lib qaytdi. Indoneziyaning tibbiyoti, qolaversa, oilani rejalashtirish
tajribalarini o’rganish maqsadida respublikamizdan olti nafar mutaxassis hakim ushbu mamlakatda bo’lib qaytdik. Ro’y- rost aytish kerakki, safarimiz davomida ko’p narsalarni ko’rdik va unutilmas taassurotlar oldik.
Indoneziyada qariyb ikki yuzga yaqin millat vakillari ahil, inoq yashashadi. Ular asosan to’rtta: arab, ingliz, indonez va hind tillarida gaplashishadi. Aholining aksariyat qismi ana shu tillardan xabardor. Indoneziya subtropik mamlakat bo’lib, hududi Hind va Tinch okeanlari bilan o’ralgan.
Mamlakatda jinoyatchilik juda oz miqdorda. O’z joniga qasd qilish, zino, o’g’irlik, ichkilikbozlik deyarli yo’q. Biz shuncha kun yurib do’konlarda mast qiluvchi ichkilik sotilayotganini ko’rmadik. Eng ko’p aholi yashaydigan Tangeron shahrida ham bo’ldik. Shaharning bir tomonidan ikkinchi tomoniga chiqmoq uchun roppa-rosa ikki yuz kilometr yurish kerak ekan. Ana shuncha masofadagi yo’lning ikki tarafi ham keta-ketguncha shaxsiy do’konlar, oshxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari bilan to’lib-toshgan.
Lekin bir narsa: Indoneziyala ekologik ahvol ancha murakkab. Asosiy hududi suv bilan o’ralgan mamlakatda namgarchilik ancha baland, havo dim. Buning ustiga texnika kuchli taraqqiy qilganligi ham xavo tarkibining buzilishiga olib kelgan chamasi, biz o’zimizni ancha behuzur sezdik.
Gapimning avvalida eslatib o’tganimdek, safardan ko’zda tutilgan maqsad tibbiyotning ahvoli va oilani rejalashtirish tajribalarini o’rganmoq edi.
Endi gap shu haqda. Avvalo maʻlumot uchun aytib qo’yay: Indoneziyaning «Oilani Rejalashtirish va ravnaq toptirish to’grisida»gi qonuni 1972 va 1992 yillarda qabul qilingan. 1972 yildagi qonunga ko’ra, bir oilada uchtagacha farzand ko’rish mumkinligi ko’rsatilgan hamda ularga davlat tomonidan tug'ilgunga qadar ikki hafta va tug'ilganidan so’ng uch oy davomida nafaqa berilishi belgilab qo’yilgandi. 1992 yili qabul qilingan qonunga ko’ra esa bir oila ikki nafargacha bola ko’rishi ko’rsatilgan. Qonunda belgilangan ikkita bolaga barcha davlat imtiyozlari beriladi. Uchinchi bola esa qonunga xilof ravishda tug'ilgan hisoblanadi hamda barcha imtiyoz, nafaqadan mahrum qilinadi. Mabodo ayol uchinchi farzandini tug’ish chog’ida biron falokatga duchor bo’lsa, buning uchun hech kim javob bermaydi. Chunki bu ayol qonunni buzgan sanaladi.
Davlat tizimida onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularning salomatligini himoyalash, oilani rejalashtirish uchun hokimdan tortib barcha vazirlargacha javob beradi.
Mamlakatda «Oilani rejalash tirish va muvofiqlashtirish milliy kengashiga bevosita Indoneziya Prezidenti rahbarlik qiladi. 1957 yildan beri oilani rejalashtirishni tashkil etish borasida quyidagi ishlarga alohida axamiyat berib kelinmoqda:
Ota-onalarning masʻuliyatini oshirish, oila tirikchiligi uchun yaxshi sharoit vujudga keltirish, har jihatdan sog'lom farzand tug’ilishini taʻminlash, sog'lom oilani vujudga keltirish hamda uni iqtisodiy jihatdan to’kis qilish, ona va bolaning sog’ligini muhofaza etish, kelajagi, ilm-hunar o’rganishi uchun to'liq imkoniyat yaratib berish.
Indoneziyada ikkita nodavlat tashkilot bor: “Muhammadiyor” va “Asiya”. Ikkalasi ham musulmon tashkiloti sanaladi. “Asiya” musulmon xotin-qizlarning 1912 yili Jakartada tuzilgan tashkiloti bo’lib, oilani rejalashtirish, muvofiqlashtirishda faol ish olib boradi.
Mamlakatda oilani rejalashtirish, muvofiqlashtirish borasida shu qadar ko'p yaxshi ishlar qilinayaptiki, hayron qolasiz. Bu narsa bizga, yaʻni sakkiz-o'n nafardan farzandi bo’lgan mamlakat odamlariga hayron qolarli tuyuladi. Bir galgi uchrashuvda mendan so’rashdi: “Marhamat qilib ayting- chi, o’zingizda nechta farzand bor?” “Oltita o'g'il-qizim bor”, degan javobimni eshitgan xorijlik kasbdoshlarim dod deb yuborayozdilar. “Axir, siz olti odamning kelajagini qanday qilib taʻminlaysiz? Olti bo’lakka bo’linsangiz, unda o’zingiz uchun qachon yashay- siz?”- deyishdi ular. Shunda men o’z-o’zimcha: “Mening-ku hali olti bolam bor ekan, to’qqiz-o’n nafargacha farzandi bor ota-onalar haqida gapirsam, nima der ekanlar,” - dea uyladim....
Davlat qonunida qizlarning un olti yoshdan, yigitlarning un to'qqiz yoshdan turmush qurishlari ko'rsatilgan. Lekin qizlar aksariyat hollarda yigirma yoshdan, yigitlar esa yigirma besh yoshdan turmush quradilar. Chunki xar bir yigit-qiz hayotga jiddiy eʻtibor bilan qaraydi, toki o’ziga kerakli kasb-hunarni egallagunga qadar, toki mustaqil ravishda ro’zg’or tebrata olishga qodir bo’lmagunga qadar oila ko’rmaydilar.
Yana shunisi qiziqki, Indoneziyada ayollarning o’ttiz yoshdan keyin farzand ko’rishi mumkin emas. Chunki o’ttiz yoshdan keyin sog’lom bolalar tug’ilmasligi isbotlangan.
...Mamlakatda davolanish pullik. U yerdagi shifoxonalar o’zimiznikilar bilan taqqoslab ko’rilganda, ancha qoloqligi ko’zga tashlanadi. Bizda qo'llanilayotgan asbob-uskunalar, davolash usullari u erda onda-sonda uchraydi.
Xullas, o'n olti kunlik Indoneziya safari biz shifokorlarga mamlakatimizda sog'lom avlodni vujudga keltirish borasida qilinayotgan ishlarni keng miyoslarda amalga oshirishda qo’l keladigan foydali tajribalarni ko’rsatdi. Zero, Mustaqil O’zbekistonning har tomonlama komil avlodni tarbiyalab yetishtirishi uchun xorij tajribalaridan foydalanish, yaxshi jihatlarini o’rganish aslo zarar qilmaydi.