Oila manfaati – Shaxs mahfaati

By Shuhrat MAHMUDBЕKOV, …, in 1998

Oila insoniyatni yer yuzida barxayot etib turgan birdan bir yagona asos, manbadir. U tufayli xayot abadiy, odamning umri boqiydir. Oilasiz jamiyatni, jamiyatsiz oilani tasavvur etib bo’lmaydi. Oila bu yashash turmush tartib-qoidalari va vijdon aqidalari asosida milliy anʻana, qadriyatlar va axloqqa tayangan muqaddas ittifoqdir.
Unda inson tug'iladi, tarbiyalanadi, shakllanadi. Shuning uchun insonni yaratish, maʻnaviyat va jismoniy kamol toptirish bu oilanning vazifasidir. Oilada inson kamol topar ekan, u aql-zakovatli, sog’lom, moddiy baquvvat bo’lishi zarurdir. Ikkinchidan, istiqlol tufayli adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qadam qo’yilgach, oilaning ahamiyati yanada ortdi. Fuqarolik jamiyati oilaning hayotda mavqeini bevosita oshirish bilan bog’liqdir. Darhaqiqat, insonlarning muqaddas huquqiy ittifoqi, uyushmasi, jismoniy.
maʻnaviy-axloqiy birligi va boyligi sifatida oila tushunchasi va hodisasi zbek xalkida nihoyatda yuqori kuyiladi, eʻzozlanadi.
Oilaga nisbatan davlatning munosabatini shakllantirishda milliy xususiyatlarimizga asoslanildi. Shu maqsadda Konstitusiyaning 64-65-66-moddalarida ota-ona va farzandlarning huquq va burchlari belgilandi. Xalqimizda ota-ona va farzand munosabatlari alohida o'rin tutadi. Bu o’zbekona oilaning eng muhim sifati desak, yanglishmaymiz. Ota-onaning farzandlar taqdiri uchun masʻuliyati, farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari hech bir xalqda bu qadar munavvar va aniq adolatli qo’yilmagan bo’lsa kerak. Oiladagi mavjud bo’lgan ana shu munosabatlar, o’zaro hurmat, qadr-qimmatni o’rniga qo’yish, mehr-muhabbat, bir-biriga nisbatan sabrlilik, qiyinchiliklarni yengish uchun birgalikda kurashishda, Davlatimiz miqyosida ham turli xalq va elatlarni birlashtirib ularning tinch-totuv, osoyishta hayotini taʻminlashda o’z aksini topayapti.
Konstitusiyada qayd etilganidek, oila davlat muhofazasida ekan, u siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan to’la kafolatlangandir. Oila hayotning barcha jabhalarida amaldagi qonunlar doirasida mavjud bo’ladi va jamiyatta o’z taʻsirini ko’rsatadi. Oila manfaatlariga ziyon yetkazish qonun bilan taqiqlanadi. Mamlakatimizda oila qurish, farzand ko’ris mutlaqo erkindir.
Davlatimizning oilaga nisbatan naqadar adolatli va yuksak munosabatda ekanligini bugungi kunda oilalarga ko’rsatilayotgan ijtimoiy yordam misolida ko’rishimiz mumkin. Yurtimizda to'rt millionga yaqin oila mavjud. Har yili 200 mingdan ortiq yangi oila tashkil topib, yetti yuz ming bola dunyoga kelmoqda. Ularga huquqiy, axloqiy, tibbiy yordam berish, bolalarni soglom qilib voyaga yetkazish kafolatlari berilgan. Vatanimizdagi har bir oilada o’rtacha besh-olti jon istiqomat qiladi. Bu ko’p bolali o’zbek oilasining alohida belgisidir. Bizda ko’p bolali oilalar soni boshqa mintaqalardagiga nisbatan ancha ziyod. Jami oilalarning o’n ikki foizdan ko’progi besh va undan ortiq bolalidir, qishloq joylarda esa bu yigirma foizni tashkil etadi. Respublika rahbariyati Mamlakatimiz aholisi tarkibiga xos bu xususiyatni teran anglagan holda mustaqil milliy siyosatning bosh tamoyillaridan biri aholining ehtiyojmand qismini, jumladan, ko’p bolali oilalarni davlatning himoyasi ostiga olgan.
Davlatimiz eng avvalo ijtimoiy vazifani hal etishga, aholini ijtimoiy himoyalash,yosh avlod salomatligiga va kamolotiga butun eʻtiborni qaratgan.
Oilaning ijtimoiy-moddiy holati, holati shart-sharoitlarni oila joylashgan mahalla, qo’ni qo’shni juda yaxshi biladi. Oilaning boshiga tushgan xursandchilik kunlari ham, g’am- tashvishli kunlari ham mahalla ahli bilan bitadi. To’gri yo’l ko’rsatiladi. Mahalla har doim har bir oila, har bir shaxs bilan imkoniyat darajasida ish olib borishi uchun manaviy salohiyatga ega bo’lgan. Hozir esa bunga huquqiy imkoniyat, asos ham yaratildi. Oila hayoti va faoliyati bilan bog’lik turli huquqiy. Tashkiliy, ijtimoiy iqtisodiy, maʻnaviy-axloqiy yo’nalishlar komissiyaning ishchi guruhlari chuqur tahlilidan o’tkazilib, o’nlab tadbirlar saralandi. Jumladan, Dasturda oila masalalariga oid ilmiy-amaliy munozaralar, seminarlar va konferensiyalar chaqirilishi, ushbu mavzuga bag'ishlangan badiiy, sanʻ at va publisistik asarlar tanlovi, taniqli adiblar, sanʻat ustalari, yetakchi olimlar va amaliyotchi xodimlarni barcha viloyatlar mehnat ahli bilan uchrashuvlari, qiziqarli televizion ko’rsatuv va eshittirishlar va yana boshqa ko’pgina ishlar rejalashtirilgan.