Tilsimli dunyo

By Basira Sayyid …, in 1997

Mehrgul uyqudan seskanib uyg’ondi-yu, hali ko’zini ham ochmasdan yonidagi o’rinni siypaladi. Ilhomjon yo’q. Sahar turib ishgaa, reysiga chiqib ketibdi. Yotgan joyidan cho’zilib qaynonasining kulbachasiga qaradi. Hali erta shekilli, derazalar qorong’u edi. O’rnidan qo'rqibgina turdi-yu, tungi chiroqni yoqdi
“Tavba, nega o’gay onam tinmay tushlarimga kirib, meni chaqiradi? Tirik chog’ida-ku ko’rsam titrab ketardim. Endi esa tushlarimda ham tinch qo'ymaydi. Ey, xudo! Men unga nima yomonlik qildim. Bolaligimni xazon qildi. Mexrga tashna murg'ak qalbimni armonu azobga to’ldirdi. Endi esa...” U mijjasiga kelgan yoshni qo’li bilan artib, asta o’rniga yonboshladi. Ko’z oldidan olis bolaligi o’ta boshladi.
Onasi rahmatli olamdan o'tganda Mexrgul bir yarim yoshli jajjigina qizaloq edi. O'shandan to maktab yoshiga yetguncha ular otasi bilan yolg’iz yashashdi. Maktabga chiqadigan yili qarindoshlar qistadimi yoki yolg’izlik qiynadimi, otasi unga oyi olib keldi.
Shiringina Mexrgul qanchalik quvongandi, o’shanda. Bekorga xursand bo'lgan ekan. Mushtekkina qalbi bilan ne ne achchiq alamu sitamlarni boshidan kechirdi. Bir kuni uxlab qolgan qizchasini o’rniga yotqizganida, uning jajjigina mushtchalarida qotgan non bo’laklaini topib olgan Karimjon aka o’gay
onadan voz kechdi.
Mexrgul maktabni bitirib, o’zi o’qigan maktab kutubxonasida ishlay boshladi. Keyinchalik sirtdan o'qishga ham kirdi. Armiyadan bo’yiga bo’y kushilib Alpomish kelbat yigitga aylanib qaytgan Ilhomjonga turmushga chiqdi. Ilhomjon shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan birining haydovchisi bo’lib ishlar, oilasini tuzukkina tebratardi. Hammasi yaxshi edi-yu, biroq uch-to’rt oydan buyon Mehrgulning tinchi yuqoldi, tushiga o’lib ketgan o’gay onasi Gulbodom xola kirib bezovta qilardi. Yur, men bilan, zerikib ketyapdermish u bir kuni Mehrgulga.
-Bugun seni baribir olib ketaman, dermish yana bir kuni.
man,
-Yo’q yo’q, sizdan qo'rqaman. Keting, keting, - degan Mehrgulga qarab tishlarini xunuk irjaytirar emish.
Bugushi tushida esa, Mehrgulning ikkala qo’lidan ushlab, hadeb, ochiq qabr
tomonga tortar va:
-Mana, seniyam uying bitdi, yuraqol, yu-u-u-r, yu-u-u-r, - derdi
Nihoyat, tong oqarib hovli etagidagi tovuqxonadan xo'rozlar qichqira boshlagach, sal engil tortgan Mehrgul hovliga chiqdi. Choy ichib o’tirishganda uning bittayu-bitta ammasi Manzura xola bir savat husayni uzum ko’tarib kelib qoldi.
- Ammajon, sizga bir narsa aytmochiydim. - dedi iymanibgina, choydan so’ng ketishga otlangan Manzura xolaga qarab. Mexrgul ko’zida yoshi bilan necha oylardan buyon kurayotgan tushlarini ammasiga so’zlab berdi.
Amma esa hayratdan ko'zlarini katta- katta ochganicha Mehrgulning so’zlarini diqqat bilan tinglagach, dedi:
-Qani, menga ozroq paxta, cho'p, ko’mir keltirgin-chi!
Manzura xola allaqanday duolarni o’qib, qo’lidagi cho’pdan qo’g’irchoq yasadi. Unga bosh, qo’l, oyoq qora ko’mir bilan qosh-ko’z yasadi. Va Mehrgulni yetaklagancha qiishloq chetidagi qabristonga olib jo’nadi.
Ulkan chinorlar soyasidagi qabristonga yetib kelishgach, rahmatli Gulbodom xola dafn etilgan qabrni topib, o’tirib duoyi fotiha uqishdi. Keyin esa Manzura xona haligi “paxta” qo'g’irchoqni” qabrning chap tomoniga ko'mib qo’yib gapira boshladi:
- Aylanay Gulbodom, ilohim joyingiz jannatda bo’lsin. Mana, Mexrgulni olib keldim. Endi uni tinch
qo'ying,insofingiz bormi axir, uni chaqiraverib nima qilasiz? Bolalarini qanday ko’zi qiyib tashlab keladi, sizning oldingizga? Sizning jabringizdan ezilgani yetmaganmidi. Endi qo’ying, tinchgina yashasin-da, axir uyam. Mana olib keldim, uni nomi Mehrgul, bugundan boshlab siz bilan yotadi. Niyatingizga yetdingiz, boshqa tiriklarni bezovta qilmang. Ruhingiz tinch bo’lsin.
Manzura xola yana bir bor Qur’on tilovat qildi-da, Mehrgud bilan qabristondan chiqib ketishdi.
Oradan ancha vaqt utib Mehrgulni ko’rdim.
Mexrgul, shu qabristonga qilgan amalingizdan keyin ham, o’gay onangiz tushingizga kirdimi? - deb so’radim.
- Yo’ga, shundan buyon ko’nglim ham, uyqum ham tinch, xudoga shukur. Ko’zimga har balolar ko’rinmay qo'ydi, yaxshiyam ammamga aytganim, bo’lmasa....
Tavba, dedim men ham. Manzura xola, ehtimol, shu yo’l bilan Mehrgulning ruhiyatiga tasir qila olgandir? Kim biladi?
Yaqinda yo’lda bir dugonamning keksagina onasini ko'rib qoldim. Kasalxonaga ovqat olib ketayotgan ekan. Bilsam, o’sha dugonam ruhiy kasalliklar dispanseriga tushib qolibdi. Uning to'rtta farzandi bor edi. Kampirning aytishicha, qizi vos-vos bo’lib qolganmish. Hatto, uyda kimdir to'satdan gapirib yuborsa xam qo’rkib ketarmish. Do’xtirga olib borishsa, kasali og'ir deb shahardagi o’sha ruxiy kasalliklar dispanseriga yo’llanma berishibdi.
Kim biladi, o’shay erda qancha yotadi? Balki u yoqdagi kasallarni ko'rib, kasaliga yana kasal qo’shilar, battar vahimachi bo’lib qolar?
Ammo, nazarimda, uni ruhan tinchlantirish uchun, ehtimol, Manzura ammaga o’xshash ilmu-amallarni qo’llash kerakmidi?
Mexrgul ham do’xtirga borishi, ular yozib bergan dorilarni ichishi yoki kasalxonaga yotishi mumkin edida.
Maqolani yozish asnosida ajdodlarimizning hech qaysi darsliklarda yozilmagan baʻzi urfu-odatlari esimga keladi. Qadimiy kohinlar, shamanlarning kishi ruhiga taʻsir qilish uchun qo’llagan amallarini beihtiyor ko’z oldimga keltiraman.
Alloma yurtdoshimiz, tabibu hoziq bo’lmish Abu Ali ibn Sino ham o’z muolajalarida, avvalo, bemorni ruhan tinchlantirib o’ziga ishonch paydo qilish haqida so’zlamaganmi, axir?
Buni qanday qabul qilish har kimning o’ziga bog'liq, menga esa ajdodlarimizning ilmu-amallarida qandaydir ilohiy kuch bordek tuyuladi.