Bola Tarbiyasi uchun vaqt ajratganmisiz

By Gulchehra, in 1997

Tasavvur qiling. Asl ishdan uyga qaytayotir. Yo’l-yo’lakay xonadonida uni kutib turgan bir dunyo yumush haqila o’ylamoqqa chog'lanadi: ovqatni qaynatib qo’yib, uyni supurib-sidirib olaman. Tog'oraga ivitib quygan kirlarni yuvaman, kechagi yuvilganlarini dazmol- layman. Sung chala qolgan ko'ylagimni tikib kuyaman. Ulgursam, biror xil shirinlik pishirarman... Bu ayolning uyida biri maktabdan, biri bog'chadan qaytib, «Dom»ga qamalibgina o’tirgan kichkintoylari bor. Ular eshik qo'ng'irog'i jiringlasa-da, borib ochishmaydi. Negaki, qattiq tayinlangan: «Begona amakilar o’girlab ketishi mumkin!» Shu uchun ham ular gox soatga, goh deraza orqali ko'chaga tez-tez karab ko’yaverishadi. Asl esa bolalari uni nima uchun kutayotganliklarini o’ylab o’tirishga vaqti yo’q. U ishdan keliboq, adog’i yo’q uy yumushlariga ko’milib ketadi.
Xush, mening o’zim-chi? Men ishdan qaytayotib nimalar haqida uylayman. Uy yumushlari oralig'ida yana bir muhim yumush borligi, u ham bulsa bola tarbiya- si uchun vaqt ajratish ekanini uylaymanmi, hech? Yo’q, albatta. Bolalarimiz biz oyijonlarini nega zorikib kutishlari, ularning bizga atalgan turfa xil savollari, jajji istaklari borligi xech xayolimizga kelganmi? Ularning tarbiyasi uchun qachon va qanday vaqt ajratayapmiz?.
Manbalardan birida o’qib qoldim: -
«Statistik maʻlumotlarga ko'ra, hozirgi ishlovchi ayollarning bitta farzandiga ajratgan vaqti bir sutkada o’n etti soniyani tashkil etarkan...» Ertasiga " shu qiziq faktni hamhonamga gapirib berdim..<<E, bu eskirgan raqam-ku, deli u kul siltab. - Sizga aytsam, bu- gungi asl uz farzandiga o'n etti lahza - ham vaqt ajratmaydi!» Negadir jahlim chikdi. Nahotki shunday bulsa? Beixtiyor har kuni uyda buladigan holatlar- ni uzimcha tahlil qila boshladim. Qiza- logim goxida yonimga kelib suykanadi: <<Ayajon, men bilan yuring»... (Bilaman, U tizzamga o’tirib, narigi xonadagi yumshoq o’rindikda men bilan soatlab gap- lashishni xohlaydi). «Ishim ko’pda, qizim, bor, qo'g'irchoqlaring bilan o’ynab tur...» Qizim esa allaqachon «joniga tekkan» jonsiz qo'g'irchoqlari bilan o’ynagisi yo’q, bir chetda javdirab mening ishim tamom bo’lishini kutadi. Uning o’ksinganini kurib, gap qotaman: «Bu- tun bog’changda nimalarni o’rganding? Shunda u jonlanib, hushyor tortadi, o’rnidan turib gir aylana ketadi, so’ng «Mana men qanaqa o’yinni urganib oldim, bir qarang...» deydi. Men esa bu vaqtda kozon qopqog'ini yopib, kir yuvish uchun vannaxonaga burilayotgan bo’laman. «Axir, bir qarashga vaqt qani!» Qizalog'im hafsalasi pir bulib narigi uyga
akasi yoniga ketadi.
O’g’lim-ku, meni huda-behuda bezovta qilavermaydi. Shunday bo’lsa-da goho o’zim «Butun maktabda nimalarni utding- lar?» deb surab kuya- man. U miriqib gapi- Ya rib bera boshlaydi.. Bosh silkib kuyamanu, ishimni davom ettiraveraman. So’ng yozganlarini menga kelib ko’r-
satadi. Men esa «Darsingni qilaver, ishimni tugatib borib, birma-bir tekshiraman»
Qayoqda! deyman.yumush tamom bo’larkanmi. Xullas, kunlar shu taxlit o’tadi. Bolalarimiz esa bizning mehrimizni, eʻtiborimizni, bo’sh vaqtimizni orziqib kutib yashayverishadi...
Ko’pincha xorij filmlarini ko’ramiz. Qarang, ular bir vaqtning o'zida bolasi uchun ham o’rtok, ham maslahatdosh, ham ustoz bo’la olishadi. Tarbiya uchun alohida vaqt ajratishadi, uyda ham maxsus mashg’ulotlar tartibini kundalik rejalarning birinchi vazifasi qilib ko’yadilar!
Darhaqiqat, farzandlarimiz bizning mehrimiz bulog’idan suv ichib, yayrab yashnamoklari zarur. Biz esa ulardan cheksiz mehr-muhabbatimizni ayaymiz, baʻzan. Gap bolani erkalab-suyush haqida emas. Aslo! Mehr faqatgina erkalash jarayonida berilmaydi, aksincha u bizning jismi-jonimizni baxsh etishi- miz barobarida bolaga singdiriladi. Go’daklarimiz bizdan ana shunday ulkan mexrni kutib yashaydilar. Yana bir voqea. Bir tunda uyqim qochib, turib ketdim. Kutubxonadan olgan kitobni mutoala qilib tong ottirmoqchi bo’ldim. Sharpamdan qizalog'im ham uyg'onib ketdi. yonimga kelib o’tirdi. Birdaniga mex- rim tovlandi. Tezgina choy kuyib, ikkovimiz uchun nonushta hozirladim. Ona- bola tong qorong’usida birga choy ichishdik, ikki soatcha miriqib suhbatlash-dik, zo’r hafsala bilan uning gaplarini eshitdim, hech bir savolini javobsiz qoldirmadim. Ertasiga esa... Yarim tunda qizcham meni turtib uygota boshladi. Uyqu aralash so'radim: «Ha, nima bo’ldi?» «Turing, birga choy ichamiz!» Qizim yana mening barvaqtroq turishimniyu, kechagi suhbatni davom ettirishimizni istayotgan ekan!
Ishdan uyiga qaytayotgan Asl. U mening kasbdoshim. U mening dugonam. U mening opam e singlim. U - mening
uzim. Uyimizga borgach, uy yumushlariga choglanishdan oldin bir zum o’ylab olaylik. Toki, shu kungi rejalarimizga «bola tarbiyasi uchun vaqt» degan zarur. yumushni ham kiritaylik. Zero, bu yumush kundalik mayda-chuyda ishlarimiz ichida eng qadrlisi, eng suyuklisi bulsin.