Yantoq Bosgan agarot
Yaqinda bayram munosabati bilan qishloqqa bordim. Avtobusdan tushib, bekatda turgan ham- qishloklarim bilan ko’rishib, hol ahvol surashgach, Shuxrat suradi:
- Toshkentda go’sht nechi pul, aka?
- 150-180 so’m. Xohlasang, bundan arzoniyam, qimmatiyam topiladi.
- E. nima bo’layapti o’zi. Go’sht bizda G’allaorolda hech qachon 140 so’m bo’lmagandi. Hozir.... - Nolima bolam, nolima, - deya suhbatimizni bo’ldi yoshi 70 ni qarshilayotgan Eshkul Boba - Hozirgi yoshlarga xayronman, faqat noliysanlar, shukur qilishni bilmaysanlar. Inson Ollox bergan rizqku nasibasiga shukur qilishi kerak. Dasturxonda noning bo’lsa, qora qozon qaytab tursa, nimaga noliysan. Urush yillari, urushdan keyingi 5-10 yil... E. u kunlarni eslashning o’zi dahshat. Yo’q, o’zi senlar ham g’irt dangasa sanlarda.. Mana, masalan, men yaqinda vodiyga borib keldim. Ishonasizlarmi, bulbulni ortiday «agoroti» bor, ana shu bir parcha yerdan 4-5 xosil olarkan. shuni orqasidan oila tebratarkan. Endi bizni qishloq ni olinglar, har birimizda Yarim gektarga yaqin «agorot bor. Lekin ko’pchiligimiz bu yerdan saratonda yantoq chopib olamiz, xalos, yerga enkayish kerak, yer bilan muomala qila bilish kerak. E, senlar esa..... Suhbatimiz shu yerda uzildi. Avtobus keldi. Men uyga qarab yo’l oldim. Lekin... Darhaqiqat, Eshkul bobo tugri gapni aytdi-ya.