Bola O’g’risi
U ortidan eshitilayotgan hayqiriqlar tarkibida tog' yon bagri bo’ylab tobora yuqoriga ko'tarilishga harakat qilar, ammo oyoqlari unga bo’ysunmasdi. Do’q- po’pisali dag' dag'alar, qarg'ishlar va laʻnatlovchi hayqiriqlar esa borgan sari yaqinlashib, yanada vahimaga solardi. U suti ilinjda kichkina butani mahkam ushladi. Biroq tabiatning bu Yaratigi ham unga yordam berishdan ko'ra tag-tomiri bilan yulinib qo'ya qolishni afzal bildi...
-
Xuddi shu payt u cho’chib uygondi. qattiq siqilgan mushti bilan peshonasidagi terni artar ekan, alanglab atrofga qaradi. Zim-ziyo sukunatni yonida yotgan bolaning isitma aralash alahsirashigina buzardi. Biroz utirgach teri ko’tib, sovuqota boshladi. «Laʻnati tush», dedi-da, turib uyoqdan-bu yoqqa yurar ekan, bolaning alahsirashidan asabiylashib, uning oyogiga tepdi: «Ho’, uchir ovozing- ni!». Keyin yana o’zicha g’ulduradi: «Hech- qisi yo’q. Otangdan keragini undiramiz. So’ng yotaverasan, onangning kuchog’ida». U istehzoli kuldida ertaning rejasini tuza boshladi.UYGʻONISH
Dam olish kuni bo'lishiga qaramasdan Sayyora opa har galgidek erta tongda turdi-da, bolalarning ustidagi choyshablarini tuzatib, oshxonaga o'tdi. Endigi nonushta tayyorlashga kirishgan edi hamki, eshik qo'ng'irog'i jiringlab qoldi. «Qiziq, kim ekan bu bemahalda», degancha ming bir xayolda borib eshikni ochdiyu, hang-mang bo'lib qoldi. Qarshisida 20 yoshlardagi oliftagina yigit ust-boshi namligidan diydirab turgan bolaning qo’lidan tutib turardi.
- Biz Buxoroga ketayotgandik. Poezd- ning jo'nashiga hali vaqt bor ekan. Isinib olaylik deb keldik, dedi u va taklifni kutib o’tirmasdan ostona hatlarkan, bolaga imo-ishora aralash dona- dona qilib buyruq berdi: - Tuflingni eyada, ichkariga kir.
Sayyora opaga yigitning bu betakallufligi yoqmasa-da, unga itoatkorona bo’ysunib uyga kirgan bolakayning ahvolini ko'rib, nafasi ichiga tushib ketdi. Nari borsa besh yoshga to'lgan bu bolajonning rangida rang qolmagan, xolsizlanib turishiga qaraganda bemor edi. U oyoqchalarini bir-biriga urishtirib tuflisini yechdida, kirishga ruxsat so’ragandek uy bekasiga qaradi. Sayyora opa bolaning yoshiga yarashmagan mayus ko’zlariga qarab, seskanib ketdi. Keyin uzini tutib, mehmonlarni uyga taklif etdi.
— Ha, ha... Kiringizlar! So’ng mexmonlarni stol atrofiga utqazdi-da, turmush o’rtogini uyg’otib chiqdi. Dasturxon tuzalgach, suhbat boshlandi.Buxoroga, opamnikiga ketayotgan dedi mehmon edik. Bu uning o’gli, bolaga ishora qilib.
- Kiyimi ho’l ekan, almashtirib chiqa qolay? - bezovtalandi Sayyora opa. - Kuyavering, ustida qurib ketadi. Bola bulayotgan suhbatga qiziqmas, Dasturxonga tikilgancha jim o'tirardi. - Ol, o’g’lim, e! dedi Sayyora opa murabboni bolaning oldiga surib. U indamadi.
- Jiyaningiz charchagan shekilli. Ozroq damini olsa, yaxshi bo’lardi. Yigitning qarshilik ko'rsatmaganidan ruxlangan ayol bolani ko'tarib yotoqxonaga olib o’tdi. Ustidagi kamzulchasini yechib, o’z farzandlari yoniga yotqizdi. Choyshab bilan yaxshilab o’radi. Bolaga qarab turib uning harsillab nafas olishidan yuragi ezilib ketdi. Unga sinchiklab razm solar ekan, boshining chap tomonidagi kattagina g'urraga ko'zi tushdi,
- Buni kim qildi?
Bola jajji kulchalari bilan mexmonxona tomonga ishora qildi. Sayyora opaning ko'nglida mehmonning gaplariga shubxa uyg’ondi. O’ylab turib, bolani opichlab ko’tardi-da, mehmonxonani chetlab o’tgancha qo'shnisinikiga chiqdi.Venera, mana bu bola juda betobga o’xshaydi. Biror chora ko'rmasak bo’lmaydi. Har qalay, hamshirasan.Qo’shni ayol bemorning peshonasiga qo’lini qo’ydi-da, «Voy bu, isitmasi baland-ku», deya bolaning kimligini ham surishtirmasdan uyiga taklif qildi. Kiyimlarini yechib yotqizishdi. Bolaning badani momataloq bo’lib ketgan edi. Venera unga dori ichirib, boshini oxista siladi.
Endi uxla o’g’lim, xo’pmi?
Bola uyquga ketgach, Sayyora opaning ham ko'ngli biroz taskin topib, qo’shnisiga bor gapni aytib berdi.Unda «Tez yordam» bilan milisiya chaqiramiz, - dedi Venera qatʻiy ohangda va telefon tomonga yurdi. Sayyora opa esa «Men keyinroq chiqarman» degancha uyiga qaytdi.Turmush o’rtogi hamon mehmon bilannimalar haqidadir suhbatlashib uti- rar, ammo gurung unchalik qovushmayot- ganligi yaqqol sezilib turardi.Oradan biroz utgach, mehmon manga tushib koldi.Biz qaytmasak bo’lmaydi. Mana, isinib ham oldik. Jiyanimni olib chiqing! Sayyora opa avvaliga nima deyishni bilmasdan shoshib qoldi. Keyin alla qayerdan yuragida jurʻat paydo bo’ldi-yu, yolg’on-yashiq aralash dona-dona qilib gapira ketdi:
- Bola sizning jiyaningiz emas ekan. Menga uning o’zi aytdi. Hozir u milisiyada ishlaydigan qo'shnimiznikida.Shu gaplarni aytar ekan, oyoqlari qaltirab ketdi. Yiqilib tushmaslik uchun devorni maxkam ushlab oldi IQROR
U kun bo’yi shahar kezdi. Ammo hozir qaerlarga borganini surasangiz aytib berolmas edi. Faqat bir voqea yodida: Allaqaerdadir yo’lni kesib o’tar ekan, mashinaning chinqirib to’xtashidan seskanib o’zini chetga oldi. Joningdan umiding bormi? - ga'zab bilan o'shqirdi haydovchi, Yo’q!
-javob berdi u, ixtiyorsiz ravishda va o’z yo’lida davom etar ekan, negadir mashina urib ketmaganidan pushaymonlik hissini tuydi.
Mana endi aylanib-aylanib o’zi bilmagan holda yana kechasi tunagan joyiga kelib qolibdi. Xuddi usha xiyobon, usha o’rindiq. U tunda sherigi yotgan joyga tikilgancha, bolaning alahsirab etganini esladi. Unga qilgan toshbag'irligi yodiga tushib qaltirab ketdi. Shu holatda allamahalgacha o’ylanib o’tirdi. Keyin holdan to’yib uyquga ketdi...
Yana xuddi o'sha tog’. U hamon qoya bo’ylab. yuqoriga intilardi. Ammo endi uni odamlarning hayqirig'iyu lanatlari emas, yosh go’daklarning yurakni ezuvchi yig’isi taqib qilardi. U iltijo bilan tog’ cho'qqisiga boqar ekan, cho'qqi o'rnida boshiga oq ro’mol o’ragan Sayyora opaga ko’zi tushdi. Dahshatdan sovuq terga bot- gancha najot istab, toshlarni paypasla- di. Kuliga o'sha yosh buga ilindi. Biroq niholning unga yordami tegmasligiga ko’zi yetdi. Uni bekorga yulib xazon kilishni istamadi. Qo’llari qaltiragancha jonsiz toshlar uzra hayvoniy hayqiriq bilan yo’qlik qaʻriga shung’idi.
-XOTIMA
Ko’cha chetida turgan «Tez yordam» mashinasini odamlar o’rab olgan. Bir-birlariga nimalardir deb pichirlashadi, bosh chayqashadi.Oq xalatli vrach yoshgina yigitning murdasini tibbist zambiliga yetkizib mashinaga joylashtirgach, eshikni yoptida, qirq yoshlar chamasidagi soqollari o’sib, sochlari to'zg'igan kishining yoniga keldi.
-Raxmat amaki! Siz xabar qilmaganingizda, bilmadim, yana qancha yotardi, bu erda.
-Rahmating nimasi uka, savob-ku, — dedi amaki» va chetga chiqib, o'rindiqda utirgan oppoq soqolli cholning yoniga keldi.
- Xudo rahmat qilsin! dedi qariya maʻyus.
U maqullaganday bosh chayqab, yuziga Fotiha tortdi.
- O’g’lim, mehmonga o’xshaysan, xush kelibsan, - dedi yana chol savol ohangida
— E, buva, mana bir haftaki kichkina o’g’limiz yo’qolgan. Izlab bormagan joyim qolmadi, hisob. Mana, endi bu yerga xam keldik.