“Arava”ni Tortish osonmi?
Keyingi yillarda Respublikamizda taʻlim sohasini isloh qilish, ilgor tajribalarni keng qo'llash borasida qator ishlar amalga oshirilayapti. Jumladan, maktablarda maʻlum fanlarni chuqur o'rgatishga ixtisoslashgan sinflar ochilayapti, bog’cha-gimnaziyalar, gimnaziyalar, liseylar esa nafaqat Toshkentda yoki viloyatlar markazlarida, balki ko’plab tumanlarda ham tashkil etilib, yoshlarga chuqur bilim berish yo’lida ish olib borayapti. Oliy o’quv yurtlariga qabulda test sinovlarining joriy etilishi esa adolatli qabul sari qo'yilgan dadil qadam bo’ldi. Lekin, menimcha, aynan mana shu test sinovlarida tengsizlikka yo'l qo'yilayotganga o’xshaydi. Bu nimada namoyon bo’layapti? Biz yuqorida tilga olgan yangi tipdagi o'quv dargohlarida o'quvchilarga fanlar oddiy maktabdagilarga nisbatan chuqur o'rgatiladi. Oliy o'quv yurtiga kelganda esa oddiy maktabning oddiy o’quvchisi bilan lisey yoki gimnaziyani bitirgan, bilim darajasi bir vaqtlar otasining tanish-bilishlari yordamida institutni amallab bitirib olgan ayrim oliy maʻlumotli mutaxassisnikidan ham yuqoriroq bo'lgan uquvchi «bitta aravaga qo’shiladi». Tabiiyki, lisey bitiruvchisi «arava»ni hech qiynalmay tortib ketadi. Oddiy maktab bitiruvchisining esa buning uchun anchagina ter to’kishiga to’g’ri keladi. Mana sizga tengsizlikning birinchi ko'rinishi. Hali bu yoqda qishloq maktabining bitiruvchisi ham borligini unutmaylik: U shahardagi oddiy maktabni bitirgan tengdoshi kiynalib tortgan «aravani o’rnidan zo’rga qo’zg’atadi, xolos. U test varaqasida 11 yil o’qib umuman eshitmagan nomlarga, sanalarga, voqealar talqiniga, asarlarga va hokazolarga duch kelishi mumkin. Buni qishloqlarda o’z fanini chuqur biladigan, izlanuvchan o'qituvchilar kamligi bilan izohlab bo’lmaydi. Zero, bunday o’qituvchilar shaharda ham, qishloqda ham juda ko'p. Asosiy sabablardan biri qishloq o'quvchisining bir yarim- ikki oy mobaynida ota- onasi yonida be- liga etak boglab paxta terishida (uzoqyillar shunday bulgan). To'g'ri, mamlaka timizning asosiy valyuta manbalaridan biri bo’lgan, dehqonlarimizning Peshona teri evaziga etishtirilgan paxtani terib olishga hissa qo'shgan yaxshi. Lekin shuning oqibatida dars soatlari rejadagidan 25-35 soatga qisqartirilayotganligini ham unutmasligimiz kerak. Yaʻni maʻlum mavzuni o'rganish uchun rejada uch soat vaqt ajratilgan bulsa, endi shuning 1 baʻzan esa 2 soati qisqarishga tushadi. Oqibatda o'quvchi shu mavzu haqida yuzaki maʻlumot olish bilan cheklanadi, xolos. Endi uzingiz xolisona ayting: mana shu o'quvchi oliy o’quv yurtiga kirish imtihonida lisey gimnaziyani qo’ya turaylik, shahardagi oddiy maktabning bitiruvchisi bilan tengma-teng bellasha oladimi? Mana sizga tengsizlikning ikkinchi ko’rinishi. Agar oliy o’quv yurtiga kirish ballari lisey va gimnaziya bitiruvchisi uchun oddiy maktabni bitirgan tengdoshiga nisbatan yuqoriroq qilib belgilansa, tarozining posangisi teng bo’ladi, menimcha. Davlat test markazidagi, Oliy taʻlim vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlardagi masʻul kishilar shu xususda o’ylab ko’rsalar maʻqul bo’lardi. Sizchi, siz nima deysiz aziz gazetxon,