Vazifalar Belgilandi

By O'z muxbirimiz, in 1997

O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasining navbatdagi Plenumi bo’lib o’tdi. Unda «Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlarida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida kichik va xususiy korxonalarni ochish, shuningdek tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishda xotin-qizlar qo'mitalarining faoliyati haqida»gi hamda «Andijon va Samarqand viloyatlari xotin-qizlar kumitalarining aholini mehnat bilan taʻminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari hamkorlikda qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni ish bilan taʻminlashda olib borayotgan ishlari to’grisida»gi va boshqa dolzarb masalalar muhokama etildi.Yig’ilishda taʻkidlanganidek, viloyatlarda xotin-qizlarni kichik va xususiy tadbirkorlikka jalb etish, ularga amaliy yordam berish, qishloqqa sanoatni olib kirish va shu orqali u yerda istiqomat qilayotgan xotin- qizlar uchun ish o'rinlari yaratish borasida qator ibratli ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hali muammolar, hal qilinishi zarur bo’lgan dolzarb vazifalar ham oz emas.Plenumda kurilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.Plenum ishida respublika. Bosh vaziri o'rinbosari, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Dilbar Gulomova, republika Oliy Majlisi raisi o'rinbosari Bo'ritosh Shodieva qatnashdi.14 yanvar kuni O'zbekiston Xotin- qizlar qo'mitasi rayosatining yig’ilishii ham bo’lib o’tdi. Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi tomonidan tayyorlangan «Qizlarni turmushga tayyorlash» dasturini bajarish va oila ajrimlarining oldini olish bo’yicha Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo’- mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda Qoraqalpogiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mita- sining ayollar salomatligini muhofaza etish va ekologik muhitni yaxshilash borasida olib borayotgan ish- lari muhokama etildi. Shuningdek, O’zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasining 1997 yilning birinchi yarmiga mo’ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.Rayosat yig’ilishida Respublika Bosh vaziri o'rinbosari, O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi raisi Dilbar Gulomova, "Vazirlar Mahkamasi xotin qizlar bilan ishlash bulimi mudiri Oynisa Musurmonovalar qatnashdi.